Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
25- mashq. Matnlarni daftaringizga ko‘chirib yozing. Harflarning qanday tovushlarni ifodalashiga va yozilishiga e’tibor bering.
ISTIQLOL Na molim bor, na joyim bor, O‘zim kimman unutgandim! Tilim gung-u dilim gung-u, Alamni ichga yutgandim. Tutab milt etmadi yillar, Xazondek yurtda istiqbol. Nechun erkin nafas olmoq, Agar yo‘q bo‘lsa Istiqlol? Dilim bandi, tilim bandi, Umr bandilikda o‘tkazdim. Tilim, hayqir, dilim, hayqir: Xudoyim erkka yetkazdi! Ovozing boricha hayqirgil, Tirilganingni bilsinlar! Bugun mag‘rib-u mashriqda Temur zotin eshitsinlar! Bugun yurtimda Istiqlol! Abad yurtimda Istiqlol! (Shukrullo) Amaldagi alifboning o‘zbek tilining fonemalar tizimi bilan mutanosibligi quyidagicha: hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi jami 31 ta fonema alifboda 33 ta harf orqali ifodalanadi. Shundan 6 ta unli fonema yozuvda 10 ta harf: a, o, i, e, u, ґ, e, yo, yu, ya yordamida; 25 ta undosh fonema 23 ta harf: b, v, g, d, j, z, i, k, l, m, n, y, p, r, s, t, f, x, s ch, sh, і, e, µ, yordamida ifodalanadi. Amaldagi o‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1. Alifbomizda o‘zicha tovushni ifodalamaydigan grafik belgilar mavjud. Bularga ‘, belgilari kiradi. 2. Alifboning asosiy qismini bir fonema ifodalaydigan harflar tashkil etadi: a, b, v, g, d, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, ch, sh, e, ґ, і, І, µ. 3. Bir vaqtning o‘zida ikkita fonemani ifodalay oladigan harflar: e, yo, yu, ya. 4. Ikkita fonemani bildiradigan harf: j- a) Jo‘ra jang, jiddiy, javob (Jґra, jang, jiddiy, javob) kabi so‘zlarda til oldi qorishiq dj fonemasini; b) gijda, ajdar, jurnal, jargon (gijda, ajdar, jurnal, jargon) kabi so‘zlarda til oldi sirg‘aluvchi j fonemasini ifodalaydi. 5. Amaldagi alifboda ham harfiy birikma (n va g) ng yordamida ifodalanadigan til oldi burun tovushiga maxsus harf berilmagan: tong - tong, teng - teng, ґіing - o‘qing, ґzing - o‘zing kabi. 24- mashq. Berilgan matnni o‘qing va so‘zlardagi harflar qanday tovushlarni ifodalashini tushuntiring. Jelabuxi qishlog‘i uchun bo‘lgan jangda dushman besh marta qarshi ataka qilib, nihoyat hiylagina kata bir guruhi qurshovda qoladigan bo‘ldi. Yosh ofitser Sobkoning plumyotchilari dushmanni o‘rmon tomoniga ketgali qo‘ymasligi kerak edi. Besh marta qarshi ataka qilib, hech ish chiqara olmagandan keyin quturgan, endi qurshovda qolib jon talvasasiga tushgan dushman o‘rmonga kirib ketish uchun qanday urinishini, buning natijasida qanday dahshatlar ro‘y berishi mumkin ekanligini Sobko yaxshi bilar, tasavvur qilar edi. Oltita «Yunkers» shu daxshat boshlangandan xabar berib, tepalikka behisob mayda bomba yog‘dirib o‘tdi. Nemislarning mo‘ljaliga ko‘ra, bu tepalikda bomba tushmagan biron qarich ham er qolmasligi kerak edi. Haqiqatan ham, jangchilardan bir necha kishi nobud, ancha kishi yarador bo‘ldi. Bu jang qancha vaqt davom etganligi Ahmadjonning esida yo‘q, faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutdi. O‘ng tomondagi pulemyot to‘satdan jim bo‘lib qoldi. (A.Qahhor) Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling