1.Nafas apparati. Bunga o‘pka, bir juft bronxlar, traxeya, diafragma kiradi. O‘pka nutq tovushlarining talaffuzida zarur bo‘lgan havo oqimining manbaidir.
2.Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i. Bunga halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar va un paychalari kiradi. Bo‘g‘iz un (ovoz) manbaidir.
3.Og‘iz bo‘shlig‘i. Bunga til, tanglay, kichik til, lab, tishlar kiradi. Og‘iz bo‘shlig‘i shovqin manbaidir.
4.Burun bo‘shlig‘i qo‘shimcha ton manbaidir. Nutq tovushlarining yuzaga kelishida rezonatorlik vazifasini bajaradi.
Nutq tovushlarining fiziologik (talaffuz) jihati nutq a’zolarining faoliyati bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishi paytidagi nutq a’zolarining harakati va holati artikulyatsiya deyiladi. Shu jihatdan nutq tovushlarining yuzaga kelishidagi 2 muhim hodisa farqlanadi: artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli.
Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida qatnashgan nutq organinning o‘pkadan kelayotgan havo oqimi kelib urilgan, to‘siq yuzaga kelgan qismi artikulyatsiya o‘rni sanaladi. Masalan, b, p, m, vo (qovun) undoshlari hosil bo‘lishida ikki lab faol qatnashganligi uchun artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra lab-lab undoshlari; f, v (zavod) undoshlarining hosil bo‘lishida esa to‘siq pastki lab bilan yuqori tishlar orasida bo‘lganligi uchun shu tovushlar lab-tish undoshlari deb yuritiladi.
Nutq tovushining hosil bo‘lishida o‘pkadan kelayotgan havoning qay darajada o‘tishi artikulyatsiya usuli deyiladi. Masalan, b, p undoshlari ikki lab orasidagi to‘siqdan zarb bilan portlab chiqqanligi uchun portlovchi; s, z undoshlari lab bilan tish orasidagi to‘siqdan sirg‘alib chiqqanligi uchun sirg‘aluvchi undoshlar hisoblanadi.
10-SEMINAR MASHG‘ULOT.
Nutq organlari va ularning vazifalari.
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAVSIYA QILINGAN MAVZULAR.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari.
|
Milliy til va adabiy til.
|
Undosh fonemalaming paradigmatik tavsifi.
|
Undosh fonemalarning sintagmatik tavsifi.
|
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani darslik va o‘quv qo‘llanmalarning qiyosiy tahlili.
|
Fonologiyaning jahon va o‘zbek tili miqyosida o‘rganilishi.
|
Imlo muammolari.
|
Fonologik oppozisiyalar tahlili
|
Kombinator omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalar.
|
Pozision omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |