Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet113/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Boshida danak chaqmoq-boshida yong’oq chaqmoq.

Ushbu iboralar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra ...
a) sinonim iboralardir b) paronim iboralardir
c) ko‘p ma’noli iboradir d) antonim iboradir

  1. "Po‘stagini qoqmoq" iborasining sinonimini belgilang.

a) qattiq jazolamoq b) ayovsiz tanqid qilmoq
c) ozor yetkazmoq d) talabchan bo‘lmoq

113.1) parvoyi falak; 2) dunyoni suv bossa, to‘pig’iga chiqmaslik 3) oshig’i olchi;


4) do‘ppisi yarimta
Ushbu iboralardan qaysi birlari o‘zaro sinonim bo‘la oladi?
a) 1,2,3,4 b) 1,2,3 c) 2,3,4 d) 1,2,4

114. Qaysi iboraning ma’nosi beparvo , beg’am so‘zlariga sinonim bo‘ladi?


a) qush kabi yengil tortmoq b) do‘ppisi yarimta
c) chuchvarani xom sanamoq d) kayfi xush
115."Ko‘ziga cho‘p solmoq" iborasining ma’nosi nima?
a) aldanmoq b)aldamoq c) almashmoq d) hazillashmoq
116.."Laganbardorlik" ma’nosini bildiruvchi iborani toping.
a) soyasiga salom bermoq b) soyasiga ko‘rpacha solmoq
c) soyasidan o‘tmoq d) soyasiga ko‘rpacha solmoq, soyasiga salom bermoq
117. Gap tegdi iborasining ma’nolarini toping.

  1. Gapirishga navbat tegdi, Hafa bo’ldi b) Koyish eshitdi, gapirishga navbat tegdi c) Hafa bo’ldi, Urushib qoldi d) Urushib qoldi, koyish eshitdi

118. Quyida berilgan gapdagi ibora qanday ma’noni anglatayapti?
Qish kuni uyingda o‘tirsang bo‘lmaydimi, qo‘ni-qo‘shnikiga burningni suqaverasanmi?
a) kirmoq b) aralashmoq
c) tumshug’ini suqmoq d) tumshug’ini tiqmoq

120. Quyidagi iboralardan qaysilari "hech qachon" ma’nosini anglatadi?


a) tuya ko‘rdingmi-yo‘q, qizil qor yoqqanda b) tush(i)da ham ko‘rmaslik
c) tuyaning dumi yerga yetganda, qizil qor yoqqanda d) qizil qor yoqqanda, tush(i)da ham ko‘rmaslik
121. Qaysi iboraning ma’nosi tegajoq so‘zining ma’nosiga teng keladi?
a) Tutgan yeridan kesadi b) Tepa sochi tikka bo‘ladi
c) Tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi d) Yerga ursa, ko‘kka sakraydi
122. O‘n qo‘lida o‘n hunar iborasida ma’no ko‘chishining qaysi turi uchraydi?
a) metafora c) sinekdoxa b) metonimiya d) vazifadoshlik

123. Barmog’ini tishlab qolmoq iborasining sinonimi qaysi qatorda berilgan?


a) g’azablanmoq c) afsuslanmoq b) aldamoq d) hayratlanmoq

124. Quyidagi iboralarning qaysi biri ruhiy holat natijasini ifodalaydi?


a) dumni tugmoq c) qo‘li egri
b) ko‘zlari yashnamoq d) ko‘z tikmoq

125. O‘xshatishli birliklardan qaysi biri "yarashmoq" so‘zi bilan birika oladi?


a) Tomdan tarasha tushganday b) Yog’ tushsa yalagudek c) Oyog’i kuygan tovuqdek d) Uzukka ko‘z qo‘ygandek

126."Qimmat" so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani belgilang


a) oshig’i olchi b) bozori chaqqon c) mehri baland d) suv tekin

127."Bezovta" so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani belgilang


a) ko‘zi och b) cho‘ntagi baquvvat
c) qo‘li ochiq d) ko‘ngli to‘q

128. Quyidagi iboralarning qaysi biri "uzun" so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladi?


a) ikki enlik, ikki odim d) bir chimdim, ikki enlik b) ikki odim, bir chimdim c) ikki qadam, ikki odim

129. Frazeologik omonimlar qaysi qatorda berilgan?


a) keng bo‘shliqlar, zumrad qirlar b) dam bermoq, ko‘z yummoq
c) yuragini hovuchlamoq, hang - mang bo‘lmoq d) dilini siyoh qilmoq, havsalasi pir bo‘lmoq
130. Frazeologik sinonimlar qatorini belgilang.
a) tutgan yeridan kesadi, o‘jar b) solishtirmoq, taqqoslamoq, qiyoslamoq
c) qizg’inchiq, qo‘li ochiq d)og’ziga tolqon solmoq, mum tishlamoq
131. Quyidagi qaysi gapda ibora qo‘llangan?
a) Uning ko‘zi novchadan kelgan odamga tushdi.
b) Uning ko‘zi oldida uchqun chaqnab ketdi.
c) U charchaganidan qo‘ltig’idagi tarvuzi tushib ketdi.
d) Bolalar to‘y oldidan nog’ora chalib o‘tirishardi.

132. Seni boshiga ko‘tarib yuraman deganlar son mingta.


Ushbu gapdagi ibora shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday ibora bo‘la oladi?
a) sinonim ibora b) lug’aviy ibora
c) antonim ibora d) omonim ibora
133. Ibora qo‘llanmagan qatorni toping.
a) Ma’rakaga borganda, oyog’i olti, qo‘li yetti bo‘lib yuradi-yu, uyga kelganda, yana g’alati bo‘lib qoladi. b) Ularning qo‘li qisqalik qilib qoldi. c) Oyog’ida oyoq qolmadi. d) Katta tuginni boshiga ko‘tarib oldi.
134. Quyidagi iboralarning qaysi biri bog’lovchi bilan sinonim bo‘la oladi?
a) shunga qaramay d) ammamning buzog’I b) bo‘lsa, bordir c) u yoqda tursin
135. Quyidagi iboralarning qaysi biri nisbatan keng tushuncha ifodalaydi?
a) ko‘ngil bermoq d) yaxshi ko‘rmoq
b) ko‘ngil bog’lamoq c) muhabbat bog’lamoq
136. Frazeologik sinonimlar berilgan qatorni aniqlang
a) tilshunoslik, lingvistika, kosmos, fazo, doston, poema
b) qo‘lini yuvib qo‘ltiqqa urish-hafsalasi pir bo‘lish, kayfi uchib ketdi-yuragi yorilayozdi
c) kuldi, iljaydi, tirjaydi, ishshaydi, jilmaydi
d) yuz, bet, chehra, ko‘klam, bahor, oftob, quyosh, keldi, tashrif buyurdi
137. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysi biri omonimlik xususiyatiga ega?
a) yuragiga g’ulg’ula tushmoq
b) og’zi qulog’ida bo‘lmoq
c) boshga ko‘tarmoq
d) boshida yong’oq chaqmoq
138. Qaysi qatorda ibora qo‘llanmagan?
a) Ming xil masala bilan bosh qotirishga to‘g’ri keladi
b) Tepa sochi tikka bo‘ldi
c) Hammamiz bir yoqadan bosh chiqaraylik
d) O‘rmon malikasi - archani ehtiyot qiling

139. Turnalar uchdi,bulutlar ko‘chdi,


Yig’ochlar bargi yerlarga tushdi.
Qo‘shiqdagi ostiga chizilgan so‘z -...
a) arabcha so‘z c) asl turkiy so‘z b) forscha so‘z
d) Yevropa tillaridan kirgan so‘z
140. Fors-tojik tilidan o‘tgan so‘zlar qatorini ko‘rsating
a) yur, og’a, qil b) ini, bosh, non c) uzum, qirg’ich, tosh d) kaptar, go‘sht, peshona
141. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorini toping
a) kimyo, ta’lim, muallim b) mashina, yog’moq, qo‘l
c) qizil, texnika, suv d) oyoq, qalam, quloq
142. Lug’at boyligimizga tojik - fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar qatorini aniqlang.
a) avlod, xat, tanqid, shoir b) bola, kel, yaxshi, siz
c) kontsert, kostyum, metro, radio d) shirin, gul, kamtar, baho
143. O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorini belgilang.
a) rais, xizmat, ayol, asal b) fizika, mashina, tufli, patnis
c) imorat, bosh, ovqat, odam d) suv, qo‘l, yashil, qara 368. 144, 144. So‘zlarning bir va ko‘p ma’noligi tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
a) fonetikada b) frazeologiyada
c) leksikologiyada d) morfologiyada
145. Polisemiya va polisemantik so‘z deganda nima tushuniladi?
a) shakldoshlik va shakldosh so‘zlar b) zid ma’nolilik va zid ma’noli so‘z c) ma’nodoshlik va ma’nodosh so‘zlar d) ko‘p ma’nolilik va ko‘p ma’noli so‘zlar
146. Qanday so‘zlar bosh ma’no va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘ladi?
a) bir ma’noli so‘zlar d) barcha mustaqil so‘zlar
b) ko‘p ma’noli so‘zlar c) tildagi barcha so‘zlar

147. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?


a) ko‘p ma’nolilik b) omonimiya c) sinonimiya d) paronimiya
148. Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi sanaladi?
a) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
b) so‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglatadigan ma’nosi
c) so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri d) so‘zning gap tarkibida anglatgan ma’nosi
149. So‘zning ko‘chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi?
a) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
b) nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi
c) morfologik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi
d) sintaktik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi
150. Quyidagi gaplarni qaysi birida "tomoq" so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
a) Yigit kelganini bildirib, tomoq qirib qo‘ydi b) Bemorning tomog’idan suv ham o‘tmay qoldi
c) Xo‘ra oshdan o‘lar, to‘ra-tomoqdan d) Kechga borib tomog’im og’rib qoldi
151. Ko‘p ma’noli o‘tkir so‘zi qaysi gapdagi ma’nosiga ko‘ra ta’sirchan so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
a) Botirali to‘qay oralab borar ekan, garchand o‘zi o‘tkir ovchilardan bo‘lsa ham, bu holni xayoliga keltirmagan.
b) Xayollar dunyosi keng, o‘tkir fikrli bu qiz kichik-kichik hikoyalar yozar edi.
c) Xalqona o‘tkir iboralar, chuqur hikmatli maqollar uning nutqining jonli, yorqin bezaklari edi.
d) O‘zini hammadan o‘tkir hisoblash adashishning eng to‘g’ri yo‘lidir.
152. Gaplardagi ajratilgan so‘zlarning qaysi birida "voqea" ma’nosi ifodalangan?
a) Gaplariga diqqat bilan quloq soling b) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar
c) Yig’iq gaplar ko‘pincha ega va kesimdan tuziladi d) Uch yil burungi gapni aytmasang ham bo‘ladi
153. Quyidagi sinonimik qatorga mansub so‘zlarning qaysi biri ko‘chma ma’noda?
a) ayyor b) mug’ombir c) hiylagar d) shayton
153. Quyidagi gapda "bo‘lmoq" so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Sen ularning o‘tirishlarida bo‘lganmiding?
a) yuz bermoq b) amalga oshmoq c) tamomlamoq d) ishtirok etmoq
154. Quyidagi gapda "bo‘sh" so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Ishdan bo‘sh paytlarimda kitob o‘qiyman.
a) zaif b) bo‘shang c) yumshoq d) xoli
155. Quyidagi gapda "demoq" so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Jamoa nima desa, shu bo‘ladi.
a) bildirmoq b) xohlamoq c) hisoblamoq d) nomlamoq



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling