GLOSSARIY*
Atama
|
Etimologiyasi
|
Qisqacha izohi
|
Til -
|
|
Nutq tashkil etib, fikr va sh.k. ifodalashda xizmat qiladigan fonetik, leksik, grammatik vositalar tizimi, aloqa,fikrlashuv quroli, ijtimoiy hodisa
|
Nutq -
|
ar.
|
Tilning amaliy shakli, voqelanishi, til vositalaridan foydalanish jarayoni, shu jarayon yuzaga keltirgan hodisa
|
Turkiy -
|
|
Qadimiy qabila, qavm, elatlar birlashmasi, hozirgi turkiy millat va tillar asosi – bobo til
|
O’zbek tili-
|
|
XI asrdan boshqa turkiy tillardan ajralgan, hozirgi qarluq-uyg’ur shohobchasiga mansub til
|
Qadimgi turkiy til -
|
|
Eng qadimgi davrlardan VIII asrgacha barcha turkiy qabila-elatlar uchun umumiy bo’lgan til
|
Eski turkiy til -
|
|
XI-XIV asrda amalda bo’lgan turkiy til, Sharqiy-turkiy, hoqoniy-turkiy nomlari bilan ham yuritilgan
|
Chig’atoy tili-
|
|
Mo’g’ul ulusi ta’sirida shakllangan eski o’zbek tili, Navoiy turkiysi, chig’atoy turkiysi, qipchoq tili nomlari bilan ham yuritilgan
|
Sart -
|
f-t.
|
Aslida tojiklar, shuningdek, o’troqlashib eronlashgan turkiy shaharliklar shevalariga nisbatan ishlatilgan. Rus istilosidan so’ng butun o’zbek xalqiga nisbatan ishlatilgan
|
Tilshunoslik(lingvistika)
|
|
Lot. lingva – til, fr. lingvistique – tilga oid, til haqidagi, ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, faoliyat qonuniyati, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan va sohalar tizimi
|
Milliy til -
|
ar.
|
Muayyan xalq uchun, uning barcha qatlam va ko’rinishlarini qamrab olgan umumxalq tili
|
Adabiy til -
|
ar.
|
Milliy tilning mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan, sayqallangan, yozuv va qoidalariga ega yuksak shakllangan ko’rinishi
|
Dialektal nutq -
|
gr.
|
Tilning hududiy chegaralangan shevaga oid so’zlashuv
|
Orfoepiya-
|
gr.
|
Til birliklarini adabiy til me’yorlari asosida to’g’ri talaffuz qilishni o’rgatuvchi soha
|
Grafika-
|
gr.
|
Yozuv tizimi, tarixi, turlarini o’rganuvchi soha
|
Orfografiya-
|
gr.
|
To’g’ri yozish qoidalari, tamoyillari
|
Leksikologiya-
|
gr.
|
Lug’aviy ma’noli so’z haqidagi ta’limot
|
|
|
|
Semasiologiya-
|
gr.
|
So’z ma’nosi va ma’no tarkibi bilan bog’liq tushunchalar, ma’no taraqqiyoti va sh.k. o’rganuvchi bo’lim
|
Onomastika-
|
gr.
|
Atoqli otlar, maxsus qo’yilgan nomlarni o’rganuvchi bo’lim
|
Toponim-
|
gr.
|
Geofrafik joy nomlari
|
Antroponim-
|
gr.
|
Kishi ismi, laqab va sh.k. nomlari
|
Etimologiya-
|
gr.
|
So’zlarning kelib chiqishini o’rganuvchi bo’lim
|
Terminologiya-
|
lot.
|
Ma’lum soha bilan chegaralangan so’zlar – atamalarni o’rganuvchi bo’lim
|
Dialektologiya-
|
gr.
|
Hududiy cheg. dialektizmlarni o’rg. bo’lim
|
Stilistika-
|
lot.
|
Uslubiy xoslangan so’zlarni o’rg. Soha
|
Frazeologiya-
|
gr.
|
Ma’nosi bir so’zga teng ko’chma ma’noli turg’un birikmalar – iboralarni o’rg. bo’lim
|
Leksikografiya-
|
gr.
|
Lug’atchilik, tarixi, tur va tiplarini o’rg. bo’lim
|
Grammatika-
|
gr.
|
Til grammatik qurilshini tekshiriuvchi fan
|
Punktuatsiya-
|
lot.
|
Tinish belgilari tizimi
|
Fonetika-
|
gr.
|
Nutq tovushlarini o’rg. bo’lim
|
Fonologiya-
|
gr.
|
Fonemalarni sotsial jihatdan baholovchi fonetikaning yuqori bosqichi
|
Fonologik oppozitsiya-
|
gr.
|
Fonemalarning korrelyativ mun. asosidagi zidlanishi
|
Fonema korrelatsiyasi-
|
gr.
|
Fonemaning int.-diff. belgi asosida bog’liqligi
|
Fonema ottenkasi-
|
gr.
|
Fonema qirrasi, darajalanishi, xili
|
Fonema variatsiyasi-
|
gr.
|
Ottenka, oppozitsiya asosida muqobillashuv jarayoni, o’zgarish bilan qo’llanish
|
Alternatsiya-
|
lot.
|
Tovushlarning muqobil almashinuvi
|
Tovush-
|
|
Havo oqimining ikki jism ta’sirida to’lqinlanishi, kesishuvidan hosil bo’ladigan fizik-biologik akustik hodisa
|
Fonema-
|
gr.
|
Nutqning eng kichik tovush birligi
|
Vokalizm-
|
lot.
|
Unlilar tizimi
|
Konsonantizm-
|
gr.
|
Undoshlar tizimi
|
Affrikata-
|
lot.
|
Qorishiq undosh: j (djo’dja), ch (chiroq)
|
Sonor-
|
lot.
|
Ovoz miqdori k’op, biroq qisman shovqini mavjud jarangli fonemalar
|
Nutq apparati-
|
|
Fonemalar hosil bo’lishini fiziologik ta’minlovchi inson a’zolari
|
Artikulyatsiya-
|
lot.
|
Tovushning talaffuz(fiziologik) xususiyati
|
Akustika-
|
gr.
|
Tovushning eshitilish(fizik) xususiyati
|
Fonemaning sotsial aspekti-
|
|
Tovushning ma’no ajratish(lingvo-funksional) tomoni
|
Transkripsiya-
|
lot.
|
Tovushlarni moslashtirib yozish tizimi
|
Sillabema-
|
lot.
|
Bo’g’inning fonologik nomi
|
Intonema-
|
lot.
|
Ohangning fonologik atamasi
|
Aksentema-
|
lot.
|
Urg’uning fonologik nomi
|
Kombinator fonetik hodisalar-
|
lot.
|
(Pozitsion o‘zgarishning) yonma-yon kelgan tovushlarning o’zaro ta’siri asosida yuz beradigan turi
|
Pozitsion tovush o’zgarishi-
|
lot.
|
Tovushlarning o’rin almashish asosidagi o’zgarishi
|
Assonans-
|
gr.
|
Aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik.
|
Aferezis-
|
gr.
|
Oldingi so’zning so’nggi tovushi ta’sirida keyingi so’z boshidagi tovushning tushishi. Aytar edi → aytardi.
|
Geminatsiya-
|
lot.
|
Qo’sh undoshlik. Ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi: uchchida, teppasida...
|
Metateza-
|
gr.
|
So’zdagitovushlarning o’rin almashinishi: kiprik-kirpik, tuproq-turpoq kabi.
|
Assonans-
|
gr.
|
Aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik.
|
Assimilyatsiya-
|
lot.
|
Tovushlarning moslik asosidagi o’zgarishi
|
Dissimilyatsiya-
|
lot.
|
Noo’xshashlikka asoslangan tovush o’zgarishi
|
Epiteza-
|
gr.
|
So’z oxirida tovush orttirilishi hodisasi
|
Eliziya-
|
lot.
|
ayn. Aferezis
|
Epenteza-
|
gr.
|
So’z orasida tovush orttirilishi
|
Proteza-
|
gr.
|
So’z boshida tovush orttirilishi
|
Singarmonizm-
|
gr.
|
O‘zak va qoshimchalar tarkibidagi unli uyg‘unligi
|
Prokopa-
|
gr.
|
So’z boshida ba’zan unli yoki undosh tovushning tushib qolishi
|
Apokopa-
|
gr.
|
So’z oxirida unli yoki undosh tovushning tushib qoIishi
|
Reduksiya -
|
lot.
|
Tovush artikulyatsiyasi kuchsizlanishi asosidagi tovush o‘zgarishi, bunda o‘zak boshidagi(1-2) bo‘g‘in tarkibidagi unli yo aytilmaydi, yo kuchsiz talaffuz etiladi
|
Sinkopa-
|
gr.
|
So‘z tarkibidna tovush yoki tovushlar guruhining tushishi
|
Sinerezis-
|
gr.
|
So‘z orasida qator kelgan unli tushirilib, ikkinchisining cho‘zib aytilishi
|
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013.
Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent, 2009.
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova М., Yunusova М., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - Toshkent: Universitet, 2006.
Hojiyev A.O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari. -Toshkent: Fan, 2010.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017.
Mirziyoyev Sh.M. ‘‘0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni. 07.02.2017. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil, 28-(6722) soni. 2007.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori. - “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil, 21-aprel.
Mahmudov N., Nurmonov A. 0‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent, 1995.
Jamolxonov H., Sapayev Q. Imlo muammolari. 0‘quv qo‘llanma. - Toshkent, 2008.
Saparniyozova М., Ahmedova N. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. -Toshkent, 2010.
Rahmatullayev Sh. 0‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. - Toshkent: Universitet, 2002.
Hojiyev A. 0‘zbek tili so‘z yasalish tizimi. - Toshkent: Fan, 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |