Qadimgi Turkiy etnonimlar yuzasidan suhbat


Download 30.5 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1114886
Bog'liq
1405746099 56439


Qadimgi Turkiy etnonimlar yuzasidan suhbat

Reja:



  1. Qadimgi turkiy til.

  2. Etimologiya.

  3. Matn ustida ishlash.

Tayanch tushunchalar.


O’zbek tili turkiy tillar turkumiga kiruvchi yirik tillardan biridir. Qadimgi turkiy yozma yodgorligi. Etnonimlar tahlili.
Qadimgi turkiy til oldingi davrlardan X asrlargacha. Bu tilda qadimgi turkiy yozma yodgorligi, ya’ni O’rxun Enasoy yodgorligi, “Irq bitigi” yaratilgan.
Eski turkiy til davrida yozilgan asar barcha turkiy xalqning umumiy yodgorligi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu davr tili umumturkiy adabiy til sifatida qaraladi. O’rxun-Enasoy yodgorligi haqida ham shunday deyish mumkin.
Tilshunoslikda so’z va qo’shimchalarning kelib chiqish tarixi,taraqqiyoti muhim masala hisoblanadi.Etimologiya tilshunoslik fani bo’lib, unda so’z va qo’shimchaning kelib chiqishi o’rganiladi. U yunoncha “etymon” (“harakat”) va “logos” (“ta’limot”) so’zidan olingan. Masalan: BILAK. O’zbek tilining eng qadimgi davrida bundan o’ttiz-o’ttiz besh asr burun, oltoy tillari / belgili til hisoblanar edi. Shuninguchun hozirgi tilimizda iste’molda bo’lgan ayrim o’zak tarkibidagir / z / d / t / sh / s undoshi o’rnida qo’llangan. Bilak so’zida esa bunday fonetik o’zgarish sodir bo’lmagan, unda eng qadimgi holat saqlanib qolgan. Hozirgi o’zbek tilida bu so’z “beshlik” so’zining o’zgargan ko’rinishi sifatida qo’llanadi. Ko’rinadiki, hozirgi tilimizda faol qo’llanadigan so’zning tarixi juda qadimgi zamonga borib taqaladi. Maktab darsligida etimologiyaga oid maxsus bo’lim yoki mavzu kiritilmagan, lekinso’zning etimologik xususiyati ustida bosh qotirish, so’zning lisoniy –tarixiy qiyosiqiziqarli. So’z iboraning etimologik tavsifini o’zlashtirish juda murakkab. Chunki buning uchuntilimizning nafaqat hozirgi belgisini, balki uning tarixini, tarixiy fonetik va grammatik qonuniyatini, shuningdek qardosh til bilan umumiy xususiyatini va hatto,tilni tarixiy-qiyosiy o’rganish usulidan xabardor bo’lishni talab etadi.Bundan tashqari, mazkur tilda so’zlovchi xalq tarixini ham bilish zarur, chunki xalq tarixi bilan til tarixi chambarchas aloqadorlikda rivoj topadi.
So’z, qo’shimcha yoki ibora etimologiyasini taxminiy hamda noilmiy dalil asosida keltirib chiqarishga yo’l qo’ymaslik kerak. Chunki taxminiy etimologiya ko’p holda noto’g’ri yoki yolg’on bo’lib chiqadi. Masalan, qaychi so’zini so’z tarkibi jihatidan tahlil etganda, shakl va ma’no nomutanosibligini sezish qiyin emas. Bu so’zni zohiran qay o’zagi hamda –chi yasovchi qo’shimchasiga ajratish mumkin. Biroq har ikki ma’noli qism ham shakl va ma’no jihatdan nomutanosib. Qay tarixan qiy fe’lining fonetik o’zgargan shakli (bu yerda y tovushining r tovushiga almashishi natijasida qirq so’zi yuzaga kelganligini ham aytib o’tib lozim). –chi esa –g’ich yasovchi qo’shimchasining fonetik jihatdan ham o’zgargan, ham qisqargan shakli.Demak, har bir so’zning etimologiyasi ongli ravishda idrok etish zarur, aks holda mohiyat noto’g’ri anglashilishi mumkin.O’quvchi shuni yaxshi bilishi lozimki, etimologik talqin barcha so’zga ham to’g’ri kelavermaydi. Unumli so’z yasovchi orqali hosil bo’lgan so’zga bu tahlil mos tushmaydi, chunki bu yerda mohiyat so’zning morfemik tuzilishida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham ishchi, ochqich, to’plam, o’rin, o’sma, suvoq, qatlama singari so’zning hosil bo’lish imkoniyati aniq. Bu tizimdagi so’zni o’quvchi o’z idroki bilan talqin qila oladi va talqin qilishi lozim. Boshqa so’zda esa etimologik talqin umuman boshqacha. Bunday so’zda uning tarixiy taraqqiyoti leksik ma’nosining, Grammatik yoki fonetik xususiyatining o’zgarganligida aks etgan bo’ladi. Bu uning kelib chiqishini tahlil qilish, tarixi va etimologik talqiniga bog’liq. So’zning ichki shakli etimologik jihatdan bir qadar soda. Masalan: kiyim kiy so’zidan, bu so’zning dastlabki ko’rinishi kir o’zagi bilan bog’liq bo’lib,so’zning keying tarixida rtovushiygaaylangan.Quduqquyi so’zidanso’zidan o’sgan; o’ra o’y so’zidan kelib chiqqan, o’yiq, o’ymoq(angishvona) so’zi bir o’zakdan yasalgan so’z hisoblanadi; to’g’rituz so’zidan o’sgan, tuzuk ham shu so’zga o’zakdoshdir.

Adabiyotlar:



  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”.

  2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23

Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996

  1. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.

  2. Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2

  3. Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986

  4. www.ziyonet.uz

Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling