Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
3-AMALIY MASHG‘ULOT. Adabiy tilni rivojlantiruvchi omillar
Reja: «Davlat tili haqida»gi Qonun va uning moddalari. Tillarning geneologik tasnifi. Tillarning morfologik tasnifi. Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar. 1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida Qonun qabul qilindi. O‘ylaymizki, bu mustaqillik tomon tashlangan birinchi qadamdir (Bu Qonun 1995-yil 21 dekabrda yangidan tahrir qilinib, unga o‘zgartirishlar kiritildi). O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir». Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunning 1-moddasida ham xuddi shunday yozilgan. Shu bilan birga, respublikamizdagi boshqa millatlar ham o‘z ona tillarini qo‘llash huquqiga egadirlar. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunning 2-moddasida so‘z yuritiladi. Shu qonunning 24-moddasida O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga xusumat bilan qarash taqiqlanishi haqida so‘z yuritiladi. «Davlat tili haqida»gi Qonun jami 24 moddadan iborat. Olimlarning taxmin qilishlaricha, yer yuzida 3 mingdan ortiq til mavjud. Vaholanki, hozirgi kunda yer yuzida 10 mlrd. dan ko‘proq aholi yashaydi. Dunyodagi tillarning ko‘pchiligi milliy tillar va xalq tillaridir. Ayrim joylardagi qabila tillari ham shularga kiradi. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan tillar qarindosh, bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo‘lmagan tillar esa qarindosh bo‘lmagan tillar hisoblanadi. Masalan, o‘zbek, qirg`iz, qozoq, tatar, uyg`ur, boshqird, ozarbayjon, bolqor kabi tillar qarindosh tillar sanaladi. Milliy tillar o‘zlarining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori jihatidan bir xil emas: ayrim tillarda kichik hududdagi va oz miqdorli aholi gaplashadi, ba'zi tillar esa juda katta hududlarda va ko‘p sonli aholi orasida tarqalgan. Bunday tillarga ingliz, fransuz, ispan va shu kabi tillar kiradi. Yer yuzida tillarni o‘rganish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning 1-yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi, bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtiriladi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o‘rganiladi. Shuning uchun ham bu usul qiyosiy-tarixiy usul deb ham yuritiladi. Bu yo‘l bilan tillarni o‘rgangan va ilmiy asarlari bilan tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskin (1787-1832), nemis olimlari Frans Bopp (1791-1867) va Yakob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) ko‘rsatish kerak. Tilshunoslikda tillarning bir necha tasniflari (klassifikatsiyasi) mavjud: 1) areal (geografik), 2) morfologik, 3) genealogik, 4) funksional. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling