Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lab undoshlari lab-lab lab-tish
- Til undoshlari til oldi til o‘rta
- Undosh tovushlar klassifikatsiyasi
- 9 - AMALIY MASHG ‘ULOT. Fonetik o ‘zgarishlar . Fonetik hodisalar va ularning turlari. Fonetik o ‘zgarishlar yuzasidan mustaqil amaliy mashqlar bajarish.
2. Til undoshlari:
1) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, dj, ch, n, l, r, ts. 2) til o‘rta undoshi: y; 3) til orqa undoshlari: a) sayoz til orqa undoshlari: g, k, ng; b) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x 3. Bo‘g‘iz undoshi: h. Artikulatsiya usuliga ko‘ra undosh fonemalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Portlovchi undoshlar: b, g, d, k, p, t. 2. Qorishiq portlovchilar: ch, dj, ts. 3. Sirg‘aluvchi undoshlar: v, j, z, y, l, s, f, x, sh, g‘, h. 4. Portlovchi-sirg‘aluvchilar (burun tovushlari): m, n, ng. 5. Titroq tovush: r. Un paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlar 2 xil: jarangli undoshlar va jarangsiz undoshlar. O‘zbek tilida jarangli undoshlarning ko‘pi jarangsiz juftlariga ega.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh fonemalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Sonorlar: n, m, ng, l, r, y. 2.Shovqinlilar: b, v, g, d, j, dj, z, k, p, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, g‘, h. 9- mashq. She’riy parchada qatnashgan undosh fonemalarni paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang. Mehnat bilan zar bo‘ldi tuprog‘im mening, Bo‘lmas xazon bu yashnagan bog‘im mening. Ketdi dildan eski qayg‘u dog‘im mening, Past bo‘lmagay baxtim, buyuk tog‘im mening. Ozod elim, ozod vatan, dorilomon, Bo‘ldi ajab saodatli yangi zamon. O‘z erkida ishlaydi hur xalqim omon, G‘ayrat bilan bog‘landi belbog‘im mening. (Habibiy)
10 - mashq. She’rda qatnashgan undosh fonemalarni paydo bo‘lish usuliga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang. Har yurakning bir bahori bor, Har bir qalbga ishq bo‘lar mehmon. Har yurakda gullar muhabbat, Bo‘ston etar uni begumon. Lekin Layli boshiga kelgan, Qora kunlar bizga yot bugun; Bizga yotdir Shirin baxtini, Poymol etgan u qop-qora tun. (H. Olimjon)
11 - mashq. She’rda qatnashgan undosh fonemalarni un paychalarining ishtirokiga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang. Ko‘kda yulduz uchsa nogahon Bitdi derlar qaysi bir taqdir. Bunday g‘amni ko‘tarmak oson, Bu ehtimol bizlar haqdadir. Ba’zi tunlar ko‘kka tikib ko‘z Eslab deyman onamni shu on: Ona ketsa, yulduz-ku, yulduz, Qulab tushsa arziydi osmon. (A. Oripov)
12 - mashq. She’rda qatnashgan undosh fonemalarni ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang. Cho‘qqiga intilsang, tarmashgil toqqa, Toshning tig‘lariga bardosh ber oldin. Ko‘kkamas, oyog‘ing turgan tuproqqa Nazar sol va so‘ngra tashlagil odim. Cho‘qqi juda baland, sanoqli yo‘l bor: Olis, mashaqqatli, tik, o‘nqir-cho‘nqir. O‘zni sinab ko‘rib takror va takror, Komil ishonch bilan cho‘qqi sari yur. (R.Bobojon)
13 - mashq. Matnni o‘qing. Unli va undosh fonemalarni fonetik tahlil qiling. Chorshanba kuni ertalab Turg‘un ikkovimiz maslahatlashib, men onasi oldiga kiraman. - O‘rtog‘im bozorga borsin men bilan, xola! Ruxsat bering, bozor-o‘char qilamiz. Turg‘un epchil, birpasda xaridor topadi, jiyaklarni darrov sotib qaytamiz, - deb yalinaman. -Doim meni aldab-suldab boshlab ketasan. Bugun bolalarga qarasin, kirlarim bor edi, suv tashisin, o‘tin yorsin, - deydi onasi to‘ng‘illab. Hash-pash deguncha yetib kelamiz, - deyman Turg‘unga ko‘zimni qisib. Men oyim tikkan jiyaklarni ko‘tarib Eski Jo‘vadagi bozor rastalarida kezib yuribman. Ayyor va shum Turg‘un ham yonimda. (Oybek) 14- mashq. Tarkibi unli va faqat jarangli undoshlardangina hosil bo‘lgan so‘zlarni ajratib yozing. Maydon, dor, gul, arzon, ariza, armiya, bayram, barometr, volida, vodiy, yengil, yetmish, jigarband, jiringlamoq, ig‘vogar, yilqichilik, maktab, sabab, tovush, karnaygul, majnuntol, maymunjon, g‘arbiy. Undosh tovushlar klassifikatsiyasi
9-AMALIY MASHG‘ULOT. Fonetik o‘zgarishlar . Fonetik hodisalar va ularning turlari. Fonetik o‘zgarishlar yuzasidan mustaqil amaliy mashqlar bajarish. So‘z tarkibidagi turli o‘zgarishlar asosan tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro‘y beradi. Shuningdek, tovushlar so‘zning bosh qismida yoki oxirida, urg‘uli bo‘g‘inida yoki urg‘usiz bo‘g‘inida kelishiga ko‘ra ham turli o‘zgarishlarga uchraydi. Bunday o‘zgarishlar kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari deyiladi. Tovush o‘zgarishlarining quyidagi turlari mavjud: 1. Assimilatsiya so‘z tarkibida yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida o‘zaro moslashuvidir. Assimilatsiyaning 2 turi mavjud: 1) progressiv assimilatsiya. Bunda so‘z tarkibidagi oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga moslab oladi: otdan> ottan, ketdi> ketti, yurak+ga>yurakka, qishloq+ga>qishloqqa kabi; 2)regressiv assimilatsiya. Bunda so‘z tarkibida keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga moslab oladi: birla> billa, tuzsiz> tussiz, atlas> allas kabi. Assimilatsiyaning yana to‘liq va to‘liqsiz turlari mavjud. To‘liq assimilatsiyada tovushlar bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lib qoladi: terakga> terakka, tuzsin> tussin kabi. To‘liqsiz assimilatsiyada tovushlar bir-biriga qisman moslashadi: oqshom> oxshom, shanba> shamba kabi. 2. Dissimilatsiya so‘z tarkibida kelgan o‘xshash yoki qisman o‘xshash tovushlarning noo‘xshash bo‘lib qolishidir. Dissimilatsiyaning ham 2 turi mavjud: 1) progressiv dissimilatsiya. Bunda ikkita o‘xshash tovushning keyingisi noo‘xshash bo‘lib qoladi: birorta> bironta, zarar> zaral kabi; 2)regressiv dissimilatsiya. Bunda ikkita o‘xshash tovushning oldingisi noo‘xshash bo‘lib qoladi: uchta> ushta, maqtanmoq> maxtanmoq kabi. 3. Metateza so‘z tarkibida kelgan ikki undoshning o‘rin almashuvidir: ahvol> avhol, tuproq> turpoq, hiringlamoq> hingirlamoq kabi. 4. Tovush almashishi. So‘zga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan uning tarkibida kelgan unli tovushning ham undosh tovushning ham almashishi uchraydi: Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling