Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet90/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

ifoda plani — so‘roq (?) belgisining optik-grafik tasviri.

? (grafema)


  1. mazmun plani - so‘roq ohangi (intonema, prosodema).

  1. ifoda plani - 5 raqamining optik-grafik tasviri.

5 (grafema)


  1. mazmun plani - «olti» bilan «to‘rt» orasidagi miqdor tushunchasi.

Yuqorida keltirilgan grafemalardan birinchisi (J grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? grafemasi) finish belgisiga, uchinchisi (5 grafemasi) esa raqamga asoslanadi, shunga ko‘ra birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday belgilar majmuyidan tarkib topadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, grafema yozuv birligi, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa til birliklaridir. Binobarin, grafema bilan fonema, intonema yoki leksema o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (tabiiy holda) bolishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun grafema bilan fonema, intonema va leksema o'rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta’minlanadi: har bir grafemaning mazmun plani oldindan (grafik tizim shakllantirilgan va joriy qilingan paytda) kodlashtirib qo‘yiladi.
Grafemalar o‘zlarining tildagi muqobiliga (kodlashtirilgan referentiga) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemogräfema, logografema, morfografema kabi tiplarga bo'linadi.
Fonografema tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi: a fonografemasi «a» fonemasini, z fonografemasi «z» fonemasini ifodalagani kabi.
Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, k) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monograf (bir harfli fonografema) va poligraf (ko‘p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflar o‘z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to‘rt harfli shakllarda bo'lishi mumkin. Hozirgi lotin o‘zbek yozuvida ng, sh, ch poligraflari mavjud. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladi32.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling