Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet93/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Diakritik belgilar bir xil grafik shaklga ega bo'lgan harfiardan birini ikkinchisidan farqlash uchun ishlatiladigan qo'shimcha (yordamchi) vositalar — nuqtalar, chiziqcha, ilmoqcha yoki «belbog‘»lar. Ular harflarning ustiga, o'rtasiga, yoniga qo'yiladi: ä, ä, ä, ö, o, ö , 6, §, k,, f, e, o', g‘.
Qiyos qiling: o (o‘zbek tilining quyi keng, kuchsiz lablangan unlisi) - o ‘ (o‘zbek tilining o‘rta keng, lablangan unlisi) — Q (o‘zbek tilining chuqur til orqa, portlovchi undoshi); g (sayoz til orqa, portlovchi undosh) — g‘ (chuqur til orqa, sirg‘aluvchi undosh).
Eslatma.Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvida tutuq belgisi (’) va o‘, g‘ kabi diakrtik belgili bosma harflarning mavjudligi so‘zlarning yozuvdagi optik-grafik tasvirini bir qadar dag‘allashtirayotganligi ham shubhasizdir. Qiyoq qiling: Fpp (kirill o‘zbek yozuvida) — g‘o‘r (lotin o‘zbek yozuvida), öyFMa (kirill o‘zbek yozuvida) - bo‘g‘ma (lotin o‘zbek yozuvida) kabi. Demak, u yoki bu tilning gfarik tizimi shakllantirilayotganda yozuvning estetik jihatlari bilan bog‘liq ayrim talablar e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Tekshirish savollari

  1. Lotin o‘zbek yozuvining fonografik xarakterini qanday tushunasiz?

  2. Harfiy va noharfiy belgilar tizimiga nimalar kiradi?

  3. Grafema nima?

  4. Nima uchun grafemalar bilateral hodisa sanaladi?

  5. Grafemaning ifoda va mazmun planlarini (ifodalovchi va ifodalanuv- chilarini) nimalar tashkil etadi?

  6. Grafemaning qanday tiplari bor?

  7. Fonografema, prosodemografema, logografema, morfografemalar va simvojlar qanday farqlanadi?

  8. Monograf, digraf va trigraflar nima?

  9. Monofonemali va polifonemali grafemalar qanday farqlanadi?

  10. Analitik grafemalarni qanday tushunasiz?

  11. Orfografik va diakritik belgilar yozuvda qanday vazifalarni bajaradi?



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling