Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


- mashq. Matnni o‘qing. Unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning yozilishiga e’tibor bering


Download 1.8 Mb.
bet95/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

26- mashq. Matnni o‘qing. Unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning yozilishiga e’tibor bering.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT BAYROG‘I
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy- madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang - tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang - muqadds tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik, soflik va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir.
3. Yashil rang - tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar - vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridar.
5.Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq.
6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning 12 nulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimiy tafakkurida «Nujum ilmi» taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog`imizdagi o`n ikki yulduz tasviri o`zbek xalqi madaniyatini qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`da saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

27- mashq. Berilgan so‘zlarni yangi lotincha alifbo asosida qayta yozib chiqing, amaldagi e, yo, yu, ya harflarining yangi alifboga ko‘ra yozilishiga e’tibor bering.
Adabiyot, alyuminiy, antenna, arxeolog, ashyoviy, ahyon-ahyon, bedapoya, bejirim, belbog’, biologiya, boyagi, broker, bunyod, bufet, buxgalteriya, buyuk, buyum, byudjet, byuro, byurokrat, byust, valyuta, dastyor, dehqon, diyor, dunyo, yelvizak, yer, yong’oq, yefreytor, yodnoma, yozuvchi, yoshlik, yoqut, jonkuyar, zayom, zarpechak, ziyoda, ideolog, illyuziya, investisiya, internat, intonasiya, iyul, kamyob, kelajak, kollej, kombinasiya, konveyer, kredit, kuyov, kuryer, ko’payuvchi, mezon, mo’miyo, nazariya, noyob, nortuya, oktyabr, peyjer, pensioner, perpendikulyar, premyera, priyomnik, razyezd, rejissyor, sayyora, salyut, saryog’, sarmoyador, sentyabr, suyukli, suyanch, tayyor, uyushiq, uyat, xiyobon, she’r, she’riyat, shlyuz, shlyapa, elektr, yuvosh, yuz, yutuq, yagona, qiyom, quyushqon, quyuq, hayot.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling