28- mashq. Keltirilgan so‘zlarni lotin yozuvi asosida qayta yozib chiqing, s harfining yozilishiga e’tibor bering.
Aviasiya, aksiz, aksioner, antisiklon, assimilyasiya, aseton, vaksina, vulkanizasiya, gerbisid, gorchisa, deduksiya, dezinfeksiya, deklorasiya, delegasiya, desimetr, dissertasiya, dissimilyasiya, investisiya, indeksasiyalash, inssenirovka, intonasiya, irrigasiya, kinossenariy, konstitusiya, kontribusiya, konsentrasiya, konsern, konsert, kooperasiya, korrupsiya, lisey, lisenziya, milisioner, milisiya, motosikl, obligasiya, operasiya, penisillin, pinset, publisist, punktuasiya, radiasiya, reduksiya, sanksiya, sosiologiya, ssenariy, farmasevtika, federasiya, sement, sex, siklon, sirk, shpris, evolyusion, ekspluatasiya, emigrasiya, ensiklopediya.
29- mashq. Lotin alifbosi asosida harflar sirasini yoddan aytib bering. Alifbodagi harflar tartibini raqamlar yordamida ifodalang. qo‘yidagi misollar tarkibidagi so‘zlarning keltirib chiqargan raqamlar qatorini yozib chiqing.
Namuna: Vatanimiz 21,1,19,1,13,8,12,8,24.
Dunyoda har ishning bordir o‘z gali,
Olis xotiralar hamroh ishimga.
Shoirlik yodimdan chiqqan mahali
Cho‘ponlik yillarim tushar esimga. (A. Oripov)
Yozilishi talaffuzi
Kitob kitop
Oftob oftop
Maktab maktap
Izsiz issiz
Uchta ushta
Uch so‘m usso‘m
Besh so‘m besso‘m
Samarqand Samarqan
Bo‘lsa bo‘sa
Kelsa kesa
Keltirilgan so‘zlarning talaffuzi adabiy talaffuz me’yoridan chekinish hisoblanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, orfoepik me’yorlar xalq jonli tili faktlari asosida ham yaratiladi.
Orfoepiyaning qonun-qoidalari asosida milliy tilning yagona talaffuz mezoni yuzaga keladi, nutq madaniyati shakllanadi. Bu mezon adabiy til doirasida unli va undosh tovushlarning talaffuzi, so‘z va so‘z qismlarining talaffuzi, shuningdek, so‘z birikmalarining talaffuzini belgilash asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |