Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- –um, ung
49-mashq. «O‘zbek tilining imlo lug‘ati»dan foydalanib, ma’nolari f va p hamda h va x tovushlariga ko‘ra farqlanadigan so‘zlarga misollar to‘plang va ular ishtirokida garlar tuzing.
Ayrim qo‘shimchalar talaffuzi Qo‘shimchalarning talaffuzi asosan yozma shakliga mos bo‘ladi. Sheva xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim talaffuzlar orfoepik me’yor sanalmaydi. Jumladan, ko‘plik qo‘shimchasi –lar ning –la, -na shakllari adabiy talaffuz me’yori bo‘la olmaydi. Qiyoslang: bolalar-bolala, oyimlar-oyimla, shaharlar-shaharla, kelinglar-kelingla. Egalik qo‘shimchalarining adabiy talaffuz me’yori yozilishi bilan mos keladi. Shunga ko‘ra –um, ung shakllari adabiy talaffuz me’yori sanalmaydi. Qiyoslang: ko‘zim-ko‘zum, ko‘zing-ko‘zung. Qaratqich kelishigining qo‘shimchasi –ning –ni shaklida talaffuz qilinganda ham adabiy talaffuz me’yori buzilgan sanaladi. Qiyoslang: Ahmadjonning dadasi-Ahmadjonni dadasi, o‘zbekning paxtasi-o‘zbekni paxtasi Jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchalarining almashlab qo‘llanishi ham adabiy talaffuz me’yorining buzilishi hisoblanadi. Masalan: -Nonushtani qaerga qilamiz? –Choyxnaga qilamiz. Jo‘nalish kelishigining qo‘shimchasi –ga k,g tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda –ka kabi; q,g‘ tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda –qa kabi talaffuz qilinadi. Bunday talaffuz adabiy talaffuz me’yoriga zid kelmaydi: bilak+ga>bilakka, tilak+ga>tilakka, barg+ga>barkka; qishloq+ga>qishloqqa, o‘roq+ga>o‘roqqa, tog‘+ga>toqqa, bog‘+ga>boqqa kabi. 50-mashq. Nuqtalar o‘rniga jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari affikslaridan mosini qo‘yib, gaplarni o‘qing. 1. Men... Saodat... chin muhabbat boshlandi. (G‘.G‘ulom) 2. Universitet... ko‘p ishlar Saidiy ma’qul bo‘lmadi. (A.Qahhor) 3. Bir qancha kun... so‘ng Balx... xabar keldi. (Oybek) 4. Kunduzgi og‘ir mehnat... va jazirama issiq... so‘ng mayin dasht oqshomi tog‘ havosi ham hushyoqim tuyuladi. (O.Yoqubov) 5. –Chiqqasi kelgan mol... egasi sabab bo‘ladi, deyishadi,- dedi tetiklashib Mirobid. (V.G‘ofurov) 6. Tashqari... ot taqasining hovli toshlari... urilib qarsillagani eshitildi.(P. Qodirov) Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling