Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet100/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

51-mashq. Nuqtalar o‘rniga qaratqich yoki tushum kelishigi qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni o‘qing.
1.Bobir mirzo... opasi Xonzoda begim mulla Fazliddin...ko‘pdan beri beri hayratga solib keladi. (P.Qodirov) 2. Munisxon... to‘yi shu yil... kuzida bo‘ladigan edi. (A.Qahhor) 3. Chopiq... tugatib, boy... bog‘iga keldi. Yo‘lchi... kelgani... bilib, Hakimboyvachcha... to‘qqiz-o‘n yashar o‘g‘li Rafiqjon non olib chiqdi. (Oybek) 4. Muqimiy... Shahrixonga nima uchun kelgani... eshitgan ziyolilardan va oddiy mehnatkashlardan bir to‘pi ertasiga zargar hoji... uyiga keldi. (R.Abdulla) 5. Inobat Ertoev... ismi... eshitganida badaniga izg‘irin tekkanday seskanib ketdi. (O.Yoqubov) 6. U... nazarida Muhabbat o‘g‘li... ko‘tarib kelayotgandek bo‘laverardi. (V.G‘ofurov)
Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzi

Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzi ham o‘ziga xos bo‘ladi. O‘zlashgan ayrim so‘zlarning talaffuzidagi o‘ziga xoslikni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:
1.Arab tilidan o‘zlashgan Ra’no, ma’no, da’vo, e’lon, ba’zan, ma’muriyat, ma’mur kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unli cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Bu arab tiliga xos xususiyat hisoblanadi. Bunday cho‘ziqlikning yo‘qolishi ayrim holatlarda boshqa so‘zning talaffuzini yuzaga chiqaradi.
Qiyoslang: da’vo-davo, ta’na-tana kabi.
2. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning tarkibidagi lab-tish v undoshi jarangsiz f tarzida talaffuz qilinadi: aktiv-aktif, passiv- passif, ustav-ustaf, avtomat-aftomat, avtomobil- aftomobil kabi.
3.Urg‘u talaffuz me’yorini belgilab beruvchi asosiy hodisadir. Shuning uchun o‘zlashgan so‘zlarning urg‘ulanishiga alohida e’tibor berish kerak. Ba’zi holatlarda rus tilidan o‘zlashgan ayrim so‘zlardagi urg‘uning o‘zgarib qolishi talaffuz me’yoriga ham ta’sir etadi.
Qiyoslang: rezinka-rezinka, rediska-rediska kabi.
52-mashq. Quyida o‘zlashgan so‘zlarni orfoepik qoidalarga rioya qilgan holda talaffuz qiling. So‘zlarning urg‘ulanishiga e’tibor bering.
Abonement, aviatsiya, akkreditatsiya, aktyor, aksiz, aksioner, aksiya, aeroport, apparat, zaryad, doktor, tonna, konstitutsiya, demokratiya, professor, laboratoriya, rektor, traktor, televizor, lift, sirk, vistavka, prezidium, muzika, reduksiya, byudjet, dirijor, suflor, etud, bulleten, salut, sujet, arxitektor.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling