Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet94/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

4-SEMINAR MASHG’ULOTI.
Orfoepiya qoidalari va adabiy talaffuzning bugungi holati.
Orfoepiya
Orfoepiya adabiy tilning talaffuz me’yorlarini belgilab beradigan fan bo‘lib, grekcha orfos – «to‘g‘ri», epos – «nutq» degan ma’nolarni anglatadi.
Adabiy talaffuz me’yorlari ikkita muhim omil asosida yuzaga keladi. Birinchisi orfografiya, ikkinchisi og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlari hamda turli xil sheva talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi. Lekin ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi.
Unli fonemalarning ifodalanishi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar 6 ta, ularga alifboda 6 ta harf berilgan. Ular qo‘yidagilar: Ii, Uu, Ee, O‘o‘, Aa, Oo.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga bir vaqtning o‘zida ikkitadan fonemani ifodalay oladigan amaldagi e, yo, yu, ya harflarining o‘rnini bosadigan yangi harflar kiritilmagan. Endilikda ularning tarkibidagi har bir fonema alohida-alohida harflar yordamida quyidagicha ifodalanadi:
Kirillcha Lotincha
e - ye - yer, yelkam, yetakchi kabi.
yo - yo - yordam, yorqin, yosh kabi.
yu - yu - yulduz, yumshamoq, yurmoq kabi.
ya - ya - yaxmalak, yaxshi, yashin kabi.

Undosh fonemalarning ifodalanishi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undosh fonemalar 25 ta. Ularga alifboda 20 ta harf va 3 ta harfiy birikma, jami 23 ta grafema berilgan. Yangi alifboda 2 ta harf, ya’ni s va j harflarining har biri bittadan emas, ikkitadan fonemani ifodalaydi. Ya’ni: s harfi: 1) sovuq, sovg‘a, soya kabi so‘zlardagi til oldi sirg‘aluvchi s fonemasini; 2) sirk, sement, silindr kabi rus tilidan o‘zlashgan so‘zlardagi til oldi qorishiq ts fonemasini.
J harfi: 1) jamg‘arma, janub, javob kabi so‘zlardagi til oldi, qorishiq dj fonemasini; 2) ajdar, gijda, jurnal kabi so‘zlardagi til oldi sirg‘aluvchi j fonemasini.
Yangi alifboning o‘ziga xos yana bir xususiyati shuki, alifbo sirasiga 3 ta harfiy birikma maxsus grafema sifatida kiritilgan. Demak, yangi alifbo faqat harflardangina emas, balki harfiy birikmalardan ham tarkib topgan.
Bular: 1) til oldi sirg‘aluvchi sh fonemasini ifodalovchi sh harfiy birikmasi: Alisher, shahar, shoh kabi;
2) til oldi qorishiq ch fonemasini ifodalovchi ch harfiy birikmasi: barcha, chashma, chek kabi;
3) sayoz til orqa, sonor ng fonemasini ifodalovchi ng harfiy birikmasi: jangovor, ko‘ngil, singil kabi.
Rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlar tarkibida keluvchi til oldi, qorishiq ts fonemasi ts harfiy birikmasi bilan ham beriladi: konstitutsiya, litsey, militsiya kabi. Lekin u yangi alifbo sirasida maxsus grafema sifatida berilmagan.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling