Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
Y harfi tushirib qoldirilganda ham ma’no anglata oladigan so‘zlar qatorini aniqlang
a) kiyma, piyma, chaynak c) mayda, qayda, soyda b) siyla, ziyrak, biyron d) qiyma, qayirma, sayla Paronim so’zlar berilmagan qatorni toping. A) matal-ma’tal, diplomat-diplomant B) dadal-dalil, yonilg’i- yoqilg’i S) borlik-borliq, jodi-jodu, yoriq-yorug’ D) demak-demoq, aro-ora, rasm-rasim Ki hisob ichra bor erdi o‘n lak, Har laki o‘n tuman kelib beshak. (Navoiy) Navoiyning misralarida qo‘llangan "bir lak" nechaga teng? a) yuz b) yuz ming с) o‘n ming d) bir million “Mufassal” so‘zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g’ri izohlangan? a) uzluksiz, to‘xtovsiz b) mutloq, absolyut c) qisqa, lo‘nda d) to‘liq, batafsil Quyidagi sinonim so‘zlarni qaysi so‘z o‘zaro bog’lab turibdi? a) tulki c) ayyor b) tullak d) shayton Quyidagi so‘zlarning qaysi biri bir sinonimik qatorga mansub emas? a) pushaymon b) taassuf c) afsuslanmoq d) attang Bo‘zchi belboqqa yolchimas, kulol mo‘ndiga. Ushbu maqoldagi "mo‘ndi" so‘zi ishlatilish davriga ko‘ra qanday so‘zlar deyiladi? a) atamalar b) shevaga xos so‘zlar c) eskirib qolgan so‘zlar d) yangi so‘zlar Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qaysi lahjaga kiradigan shevalar asos qilib olingan? a) qarluq lahjasi b) qipchoq lahjasi c) o‘g’uz lahjasi d) qarluq va qipchoq lahjalari Gulchi so’zidagi –chi qo’shimchasining ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) So’z yasovchi qo’shimcha bo’lib, shaxs otini yasagan. b) Gul ekib yetishtiruvchi shaxs otini yasagan. S) Gul sotuvchi ma’nosidagi shaxs otini yasagan. D) - chi ko’p ma’nolikni hosil qiluvchi qo’shimcha bo’lib xizmat qilgan. Ispan tilidan o’zlashgan so’zlar qatorini toping? A) tomat, limon, silos, marmelad B) vergul, palto, triko, tort S) klub, tramvay, boks D) anor, barg, poytaxt, qog’oz, baxt E) Arab tilidan o’zlashgan so’zlar qatorini toping? A) korxona, qog’oz, maktab, kitob B) ma’no, asbob, davlat,majlis S) tosh, qol, ket, manti, lag’mon, shiypon D) vazirlik, guldasta, vatandosh, ijarachi Qaysi qatordagi so‘zlar tarixan ikki so‘zdan iborat bo‘lgan? a) so‘roq, talon b) sakson, to‘qson c) tarqoq, ishqor d) chanqoq, pishloq Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang. a) xursand va dili siyoh c) oq ko‘ngil va ichi qora b) yupqa va qalin d) ishladi va ishlamadi Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasiga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorini toping. a) baho, xaridor, shamol b) metro, kino, konfet c) kishi, bola, bosh d) shoir, xalq, inson Ulus , bitik , dudoq kabi so‘zlar qaysi qatorga tegishli? a) shevalarga xos so‘zlar b) kasb-hunarga oid so‘zlar c) umumxalq ishlatadigan so‘zlar d) arxaizmlar Qanday so‘zlarga paronim so‘zlar deyiladi? a) Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar b) Aytilishi bir-biriga yaqin, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar c) Aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar d) Shakli bir xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar Qaysi qatordagi gapda paronimlar qo‘llanishi bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? a) Shu kecha unga boshpana berib qurut ayron bilan mehmon qildilar. b) Rais kamchiliklarni tuzatish kerakligini qayd qilib o‘tdi. c) To‘rt devor asiri bo‘lib o‘tirishdan cho‘lga borib ishlashni afzal ko‘rdi. d) Ot chopsa, gumburlar tog’ning darrasi, botirni ingratar nayza yarasi. Yelar oqshom nafasi - salqin tun ibtidosi. Ushbu misradagi "ibtido" so‘zining sinonimini toping a) oxiri b) tugashi, oxiri c) tugashi d) boshlanishi Qaysi qatorda paronimlar berilgan? a) gado-gadoy b) asta-ohista c) battar-badtar d) yuvindi-yuvundi Turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkinmi? a) Bir til doirasidagina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin b) Faqat arab va fors-tojik tillaridan olingan so‘zlargina o‘zaro sinonim bo‘ladi c) O‘zlashma so‘zlar qaysi tildan olinganligidan qat’iy nazar o‘zaro sinonim o‘ladi d) O‘zlashma so‘zlar faqat o‘zbekcha so‘zlar bilangina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin Ikki yoki undan ortiq so’zning shakliy munosabati va talaffuziga ko’ra o’zaro birlik hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos? a) omonimlar uchun xos B) ko’p ma’noli so’zlar uchun S) paronimlar va omonimlar uchun D) omonimlar va ko’p ma’noli so’zlar uchun xos Tarixiy (istorizm) so’zlarni belgilang. A) qopqa, shamshir, ash’or B) tilmoch, qo’sh, alg’ov, alam S) xon, sovut, udaychi, charxD) ulus, cho’ri, baqqol, lang Eskirib qolgan so’zlarni belgilang? A) paranji, chachvon, chig’iriq B) jild(papka), amin, mingboshi S) o’miz, lang, dorilfunun, qopqa D) berilgan so’zlarning barchasi eskirgan so’zlar. Mahsido’z kosiblar nutqiga tegishli kasb-hunar so’zlarni toping. a) angob, taqsir, gulbo’ta, bigiz, bargi bodom b) shonlar, qolip, charm rezgisi, shirach kosa, eski lattalar c) poshna, bigiz, naycha, shopcho’p, yo’rmaduz d) A va S Hazorasp shevasiga xos o’jak so’zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) echki B) uloq S) qo’zi D) buzoq Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling