Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet47/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Logografemalar (logogrammalar). Grafemalarning bu tipi tushun- chalarni yoki tushuncha nomi bodgan sozlarni yozuvda ifodalashga asoslanadi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham foydalaniladi. Yozuv tizimining murakkab optik-grafik sistema ekanligi ham shundan.
Rus grafïkasi asosidagi ozbek yozuvida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi:
Raqamlar son turkumiga mansub sozlarning manolarini ifodalovchi logografemalar. Ular oz navbatida ikki turga bodinadi:

  1. g‘arbiy arab (g'ubor) raqamlari: 0, 1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.

Arab raqamlari aslida Hindistonda (V asrga yaqin) kashf etilgan bodsa- da, Arabistonga buyuk ozbek olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan «Arifmetika» asari orqali kirib kelgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropaga (X asrda Ispaniyaga, XII asrda Yevropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Demak, Hindistonda yuzaga kelgan yuqoridagi raqamlarning «arab raqamlari» nomi bilan ommalashib ketishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor;

  1. rim raqamlari — qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar bodib, ular quyidagi belgilardan tarkib topgan: I (bir), V (besh), X (on), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming). Qolgan raqamlar shu belgilar kombinatsiyasiga asoslanadi: 1 (1), II (2), III (3), IV (4), V (5), VI (6). VII (7), VIII (8), IX (9), X (10), XI (11), XII (12), XIII (13), XIV (14), 98

XV (15), XVI (16), XVII (17), XVIII (18), XIX (19), XX (20), XXX (30) XL (40), L (50), LX (60), LXX (70), LXXX (80), XC (90), C (100), CD (400), D (500), DC (600), CM (900), M (1000), MC (1100), MD (1500) va boshqalar.
Rim raqamlari miloddan oldingi 500-yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan.
Morfografemalar va simvollar

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling