Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet45/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

ifoda plani J harfining bosma va yozma shakllari (optik-grafik tasviri)

  • mazmun plani - sirgaluvchi «j»

    (jurnal sozidagi) va qorishiq «dj»
    (Juda sozidagi) fonemalari.

    1. ifoda plani soroq (?) belgisining optik-grafik tasviri.

    ? (grafema)


    1. mazmun plani - soroq ohangi (intonema, prosodema).

    1. ifoda plani - 5 raqamining optik-grafik tasviri.

    5 (grafema)


    1. mazmun plani - «olti» bilan «tort» orasidagi miqdor tushunchasi.

    Yuqorida keltirilgan grafemalardan birinchisi (J grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? grafemasi) finish belgisiga, uchinchisi (5 grafemasi) esa raqamga asoslanadi, shunga kora birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday belgilar majmuyidan tarkib topadi.
    Shuni alohida takidlash kerakki, grafema yozuv birligi, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa til birliklaridir. Binobarin, grafema bilan fonema, intonema yoki leksema ortasidagi aloqa toppa-togri (tabiiy holda) bolishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yol qo‘ymaydi. Shuning uchun grafema bilan fonema, intonema va leksema o'rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali taminlanadi: har bir grafemaning mazmun plani oldindan (grafik tizim shakllantirilgan va joriy qilingan paytda) kodlashtirib qoyiladi.
    Grafemalarning yozuvdagi lingvistik-funksional xususiyatlarini reallashtirishda ularning differensial belgilari (shakli yoki tasviridagi tafovutlar) muhim rol oynaydi: bu jihatdan grafemalar tovush tilidagi fonemalarga oxshaydi, chunki fonemalar ham, malumki, differensial belgilar tufayli fonologik qiymatga ega boiadi, farqi shundaki, fonemalarning differensial belgilari akustik-artikulatsion omillarga tayanadi, grafemalarning differensial belgilari esa optik-grafik omillarga asoslanadi. Masalan, gulva
    kul sozlarining manolarini farqlashda «g» va «k» fonemalaridan birinchi- sining jarangli, ikkinchisining esa jarangsiz bolishi (akustik tavofuti) tovush tili uchun qanchalik ahamiyatli bolsa, shu tovushlami yozuvda ifodalovchi g va k grafemalarining shakliy tafovutlari (optik-grafik tasviri) tilning yozma formasi uchun shunchalik ahamiyatlidir.
    Grafemalar ozlarining tildagi muqobiliga (kodlashtirilgan referentiga) va yozuvdagi vazifalariga kora fonografema, prosodemogräfema, logografema, morfografema kabi tiplarga bo'linadi.
    Fonografemalar

    Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling