Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaplologiya
- Tovushlarning o‘rin ahnashinuvi (metateza).
- Geminatsiya
- Degeminatsiya
Sandxi hodisasi — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodirbo'ladigan fonetik o'zgarishlar. Masalan: ishlaredi> ishlardi, borgan emish > borganmish kabi. Bu hodisa o'z tabiatiga ko'ra eliziyaga juda yaqin turadi.
Aferezis — oldingi so'zning so'nggi tovushi (yoki tovushlari) ta’sirida keyingi so'z boshidagi tovushning (yoki tovushlarning) tushishi: ne uchun > nechun, mulla aka > mullaka kabi (16, 85—86). Bu hodisa sandxining bir ko'rinishi, xolos. Gaplologiya - yasama so'z tarkibida birin-ketin kelgan ikkita bir xil bo'g'indan birining tushirib qoldirilishi. Bu hodisa ham ko'proq ixchamlashtirish, energiyani tejash asosida sodir bo'ladi. Masalan, tragikomediya < tragikokomediya. Bu so'zning tarkibida ikkita bir xil bo'g'in («ko» — uchinchi bo'g'in va «ko» — to'rtinchi bo'g'in) birin-ketin kelganligidan talaffuzda ulardan biri tushirib qoldirilgan va so'zning ana shu ixchamlashtirilgan shakli adabiy til uchun me’yorbo'lib qolgan. Bunday hodisa mineralogiya < mineralo/ogiya, morfonologiya < morfofonologiya so'zlarida hanYkuzatiladi. Tovushlarning o‘rin ahnashinuvi (metateza). Bu hodisa ko'proq jonli so'zlashuvga, ayniqsa, shevalarga xos bo'lib, adabiy tilda kam uchraydi: tuproq > turpoq (Toshkent shevasida), daryo> dayro (qipchoq lahjasi shevalarida), to ‘g‘ramoq > to ‘rg'amoq (ayrim shevalarda) kabi. O'rin almashinuviga uchragan tovushlar so'z tarkibida bir-biriga yaqin yoki uzoq joylashgan bo'lishi mumkin, shunga ko'ra metatezaning ikki turi farqlanadi: kontakt metateza — yonma-yon joylashgan tovushlarning o'rin almashinuvi: tuproq > turpoq (pr > rp), ahvol > avhol (hv > vh) kabi; distant metateza — bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘rin almashinuvi: aylanayin > aynalayin (bunda ikkinchi bo‘g‘in boshidagi «1» bilan uchinchi bo‘g‘in boshidagi «n» tovushlari orasida «a» unlisi bor). Tarkibida metateza hodisasi yuz bergan ayrim so‘zlar hozirgi adabiy tilda me’yor darajasiga ko‘tarilgan: yog‘mir (etimologik shakli) > 'yomg‘ir (hozirgi adabiy tildagi shakli) kabi. Geminatsiya - ikkita bir xil undoshning so‘z tarkibida qavatlanishi: muddat, izzat kabi. Bunday qavatlanish ma’lum uslubiy maqsadlarda yuzaga keltirilishi ham mumkin: Masalan, mazja ’(bitta «z», bunda uslubiy bo‘yoq yo‘q.) — mazza (ikkita «z», So‘zning bu shaklida ma’no kuchaytirilgan). Yana qiyos qiling: yashamagur> yashshamagur, uchalasi > uchchalasi, rosa > rossajuda > judda kabi. Geminatsiya hodisasi so‘z yasalishida ham uchraydi: achimoq (fe’l) — achchiq (sifat), isimoq (fe’l) — issiq (sifat), qotmoq (fe’l) - qattiq (sifat) kabi. Sifatlarning kuchaytiruv (intensiv) formalarida ham geminatsiya hodisasi uchraydi: oq > oppoq, sog‘> soppa- sog‘ kabi. Degeminatsiya — so‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi: men+ning > mening, sizni > sizzi > sizi; qayyer > qayer kabi. Sinerezis — so‘z tarkibida yondosh qoilangan ikki unlining diftonglashuvi - bir cho‘ziq unli holiga kelishi: mutolaa > mutola: matbaa > matba: saodat > so:dat kabi. Bu hodisa ikki unli orasidagi undoshning tushib qolishi hisobiga yuz berishi ham mumkin: zahar > za:r, shahar > sha`.r kabi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling