Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissimilatsiya
- Nazalizatsiya
Akkomodatsiya — turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan undoshning o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: kisht «i»ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa «k» undoshiga moslashgan — qish (qbish: «i»ning orqa qator ottenkasi, u chuqur til orqa «q» undoshiga moslashgan). Ba’zan unli undoshga emas, aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labio-dental) «f» undoshi lablashgan «u» unlisi ta’sirida lab-lab «f» ga aylanishi mumkin. Qiyos qiling: faqat («f» — lab-tish), nufuz («f» — lab-lab), aft («f» — lab-tish), ufq («f» — lab- lab), saf («f» — lab-tish), tuf («f» — lab-lab) kabi.
0‘zaro ta’sirda bo‘lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga ko‘ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo‘linadi: progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta’sir qiladi: kulmoq so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «u»ni old qator «y» ga aylantirgani kabi. Qiyos qiling: qul («u» — orqa qator unli) — kul («y» — old qator unli), qo‘l («o‘» — orqa qator «o» unlisi) — ko7 («o‘» - old qator «e» unlisi); regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qiladi. Masalan: to‘k so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «o‘» unlisini old qator «o‘»ga aylantiradi. Assimilatsiyada bo‘lganidek, akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi. Dissimilatsiya — so‘z tarkibidagi bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining boshqa tovushga ko‘chishi: birorta > bironta (ror > ron), kissa > kista (ss > st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumkin. Dissimilatsiya hodisasi yo‘nalishiga qarab ikki xil bo‘ladi: progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o‘zgaradi: zarur > zaril regressiv dissimilatsiya. Bunda oldingi tovush o‘zgaradi: maqtanmoq > maxtanmoq kabi. Tovushning o‘zgarish darajasiga ko‘ra dissimilatsiya yana ikki turga bo‘linadi: to ‘liq dissimilatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash tovushga aylanadi: kissa > kista (ss > st) kabi; to‘liqsiz, dissimilatsiya (qisman dissimilatsiya). Bunda tovushning artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o‘zgaradi. Masalan, uchta > ushta (ch > sh) kabi: «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo «t»ning ta’sirida «ch» sirg‘aluvchi «sh» ga o‘tgan. Tovushlar o‘rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilatsiya ikki xil ’ bo‘ladi: kontakt dissimilatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o‘zgaradi: kissa > kista kabi; distant dissimilatsiya. Bunda dissimilatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo'ladi. Masalan: birorta > bironta kabi. Nazalizatsiya — so‘z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida shu sonantlar yonida qo'llangan unlining rezonator ton bilan aytilishh non, nok, men, meng kabi. Bunday hollarda ham fonemaning kombinator ottenkasi (unlining kö'rinishi) paydo boiadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling