Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chuqur til orqa undoshlari tavsifi1. «Q» fonemasi
- Bo‘g‘iz undoshi tavsifi
«G» fonemasi — sayoz til orqa, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «k»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘z boshida (gul, go ‘zat), o‘rtasida (legirmon, agar) va oxirida (barg, juvonmarg) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan. So‘z oxirida kelishi ko‘proq o‘zlashma so'zlarda uchraydi, bunday pozitsiyada u jarangsiz «k» tarzida talaffuz etiladi: barg> bark, pedagog> pedagok kabi; «g» dan so‘ng unli fonemalarning faqat old qator ottenkasi qatnashadi: go ‘zal (gozdl), gul (gyl), gilam (gblem) kabi.
«Ng (q)» fonemasi — sayoz til orqa, jarangli, burun sonanti. Bu fonema so‘z boshida qo‘llanmaydi, so‘z o‘rtasida (ko'ngil, singil) va oxirida (ong, ming) ishlatiladi. Bu fonema bilan yonma-yon qo‘llangan unlilar doimo ingichka talaffuz etiladi: jang-jeq, ko ‘ngil-kephl kabi. Bu fonema qattiq o‘zakli so‘zlar yoki so‘z shakllarida chuqur til orqa ottenka bilan talaffuz etilishi ham mumkin; g‘ing (g‘bing), xo ‘ng-xo ‘ng kabi. Chuqur til orqa undoshlari tavsifi1.«Q» fonemasi — chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z boshida (qozon, qor), o'rtasida (to‘qay, soqol) va oxirida (buloq, oziq) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga unli bilan boshlangan aflfiks qo'shilganda, asos oxiridagi «q» undoshi «g‘» ga o‘tadi: taroq- tarog'im, tarog‘ing, tarog‘i kabi. Bir bo‘g‘nli so‘zlarda (yoq, yo‘q so‘zlaridan boshqaiarida), shuningdek, ayrim ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarda asos oxiridagi «q» «g‘» ga o‘tmasligi mumkin: haq — haqim, haqing, haqi; ittifoq — ittifoqimiz, ittifoqingiz, ittifoqi kabi. Jonli so'zlashuvda «q»ning dissimilatsiyaga (maqtanmoq > maxtanmoq) yoki assimilatsiyaga (to‘qson > to‘xson) uchrash holatlari kuzatiladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxiridagi «q» jonli so‘zlashuvda sirg‘aluvchi «g‘» tarzida talaffuz etiladi: baliq > balig‘, taroq > tarog‘kabi. Qadimgi turkiy tilda q-k tovushlari bitta fonemaning ikki ko‘rinishi bo‘lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikkita fonemaga aylangan. Demak, «q»ni «k» ning divergenti deyish mumkin. «G‘» fonemasi - chuqur til orqa (uvular), sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli (ayrim tilshunoslar fikricha - sonor) undosh, «x» ning jarangli jufti. Bu fonema so‘z boshida (g‘or, g‘alvir), o‘rtasida (tog‘ora, sog‘inch) va oxirida (tog1, yog' mablag‘) kela oladi. Qadimgi tiirkiy tilda «g» ning variatsiyasi bo‘lgan va so‘z boshida qo'llanmagan. Demak, tarixan «g»ning divergensiyaga uchrashi natijasida «g‘» yuzaga kelgan, shuning uchun uni «g»ning divergenti deyish mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida «g‘» bilan tugagan so‘zlarga «g» bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda «g‘» va «g» laming «q» ga ko‘chish holatlari uchraydi: tog‘+ga > toqqa, bog‘+ga > boqqa, og‘gan> oqqan, sog‘+gani> soqqani kabi. Shevalarda so‘z oxirida «g‘» o‘rnida «v» ning qo‘llanish hollari uchraydi: tog‘>tov, to‘g‘ri> tuvri, og‘iz > ovuz kabi. Bunday holatlar adabiy til uchun me’yor hisoblanmaydi. «X» fonemasi — chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g‘»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so‘z boshida (xalq, xabar), o‘rtasida (maxsus, maxfiy) va oxirida (do ‘zax, mix, tarix) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda «x» undoshi bo‘lmagan. U eski turkiy til davrida paydo bo'lgan: xan (xon), xayu (qaysi), yaxsaq (oqsoq) kabi [29, -52], Qipchoq lahjasi shevalarida «x» ning o‘rnida «q» ning qo'llanish holatlari uchraydi: xabar > qabar, xalq > qalq, xalta > qalta kabi. «X» undoshidan song qo‘llangan unlilar, odatda, orqa qator ottenka bilan talaffuz etiladi (akkomodatsiya hodisasi sodir bo'ladi): xulq, xavf xato kabi. Bo‘g‘iz undoshi tavsifi Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling