Qiyoslang:
Kattayu kichik - katta-yu kichik
Tunu kun - tun-u kun
Elu yurt - el-u yurt kabi.
2. Amaldagi imloga ko‘ra yildan – yilga, ko’pdan – ko’p, kundan - kunga kabi birikmalar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shunga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidalashtirilgan.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlarning chiziqchasiz yozilishi belgilab qo‘yilgan.
Qiyoslang:
Yildan-yilga - yildan yilga
Kundan-kunga - kundan kunga
Naridan-beri - naridan beri
To’g’ridan-to’g’ri - to’g’ridan to’g’ri
Ko’pdan-ko’p - ko’pdan ko’p
Tekindan-tekin - tekindan tekin
Yangidan-yangi - yangidan yangi
Ochiqdan-ochiq - ochiqdan ochiq
3. Amaldagi imlo qoidalariga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha qo‘yilmaydi: 2003 yil, 1 sentyabr kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yib yozish belgilab qo‘yilgan.
Qiyoslang:
2003 yilning 9 sentyabri -- 2003 –yilning 9 –sentabri kabi.
4. Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi: qop-qora, yam-yashil, yap-yapaloq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug‘ kabi.
5. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida o‘zlashgan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injener–konstruktor, gramm-molekula, kilovat-soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi.
III. Ajratib yozish.
1. Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: imzo chekmoq, ta’sir etmoq, vafo qilmoq, sotib olmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq kabi.
2. Belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi och, to‘q, tim, nim, liq, jiqqa, lang kabi so‘zlar bilan kelgan sifat turkumiga oid so‘zlar ajratib yoziladi: och qizil, to‘q qizil, tim qora, nim pushti, liq to‘la, jiqqa ho‘l, lang ochiq kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |