Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- U, bu, shu
- – dir
- 40- mashq. 1- topshiriq.
- 41- mashq.
- 42- mashq.
- Qo ‘shma so ‘zlarning imlosi I. Quyidagi tarkibdagi qo ‘ shma so ‘ zlar qo
- II. Chiziqcha bilan yozish. 1.
Men, sen olmoshlariga –ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda bir n undoshi aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, men+ni>meni, sen+niki>seniki kabi.
U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi. Fe’lning orttirma nisbat qo‘shimchasi –dir qo‘yidagicha yoziladi: a) jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda –tir, shaklida yoziladi: bo‘shat+dir>bo‘shattir, ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi; b) jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel so‘zi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq,cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq, sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi. 39- mashq. Berilgan so‘zlarning o‘zak va qo‘shimchalariga e’tibor bering, so‘z qismlarining o‘zgarish sabablarini tahlil qiling. Anglamoq, og‘zim, o‘g‘li, taroq, sanoq, burni, saylovchi, qurshov, tashuvchi, o‘rnida, o‘rnatmoq, sayroqi, ulg‘aymoq, bag‘ishlovchi, bo‘yoqchi, ishlovchi, sarg‘aymoq, qayroqi, o‘quvchi, tergovchi, ikkovlon, sanamoq, atamoq. 40- mashq. 1- topshiriq. Berilgan so‘zlarga g tovushi bilan boshlanadigan –ga, -gan, gach, -gancha, guncha, -gani qo‘shimchalaridan mosini qo‘shib chiqing. So‘z qismlarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga e’tibor bering. 2- topshiriq. Yuqoridagi topshiriqni kirill yozuvi asosida ham bajaring. Imlodagi farqlarni izohlang. Avlod, adabiyot, ayt, barg, bog‘, chiq, boq, birik, ko‘ylak, oshiq, terak, tug, teg, eshit, sog‘, tog‘, qishloq, yaproq, pedagog, miting, ayiq, arxeolog, belbog‘, bodiring, bong, botqoq, bug‘, tig‘, vag‘-vug‘, yog‘, dialog, kiprik, ek, tik, tuk. 41- mashq. Quyidagi berilgan buyruq fe’l shakllariga orttirma nisbat yasovchi –dir, -tir qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib ko‘chiring va so‘zlarni kirill yozuvi asosidagi alifboda qayta yozing. Adash, aralash, baqir, bez, ber, berkit, bil, bor, buk, bur, bo‘l, gapir, yoz, yop, kel, ich, kuchay, ko‘r, to‘l, tut, top, tort, chaqir, chiz, chert, shodlan. 42- mashq. Taqlidiy so‘zlardan –illa qo‘shimchasi yordamida fe’l yasang. Yasalgan fe’llarni kirill yozuvi asosidagi alifboda qayta yozib chiqing. Ularning imlodagi farqlarini tahlil qilib bering. Qo‘shma so‘zlarning imlosi I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlardan biri qatnashgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi. 2. Ikkinchi qismi –ar (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi. 3. O‘xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo‘shma otlar va qo‘shma sifatlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi. 4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi. 5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 6. Biror maqsad, ish uchun mo‘ljallangan narsani bildiruvchi qo‘shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi. 7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning so‘zga aylanishi bilan Yuzaga keluvchi qo‘shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi. 8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so‘zi bo‘lgan joy nomlari: Sirdaryo, Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi. Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi. 9. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi. 10. Qisqartma otlar qo‘shib yoziladi: O‘zMU (O‘zbekiston Milliy Universiteti), O‘zXDP (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi. II. Chiziqcha bilan yozish. 1. Juft va takror so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi. Kirill yozuvi asosidagi imloga ko’ra agarda juft so‘z qismlari –u (yu) bog‘lovchisi yordamida bog‘lansa chiziqcha qo‘shilmaydi: katta-kichik = kattayu kichik, el-yurt = elu yurt, or-nomus = oru nomus, tun-kun = tunu kun, kecha-kunduz = kechayu kunduz kabi. Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o‘zgartirish kiritilgan, ya’ni juft so‘z qismlari orasida –u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qo‘yilgan. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling