Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
- mashq. «O‘zbek tilining lotin alifbosi asosidagi imlo lug‘ati»dan ma’nosi x
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
38- mashq. «O‘zbek tilining lotin alifbosi asosidagi imlo lug‘ati»dan ma’nosi x va h hamda p va f bilan farqlanadigan so‘zlarga misollar tanlab daftaringizga yozing, ularning yozilishini bilib oling.
So‘z qismlarining imlosi So‘zning o‘zak qismiga turli so‘z yasovchi yoki shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan ularda turlicha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Talaffuzdagi bunday o‘zgarishlar imloda ham o‘z aksini topadi. Masalan: son+a>sana, ong+la>angla, yosh+a>yasha, ot+a>ata, tara+q>taroq, so‘ra+q> so‘roq, chanqa+q>chanqoq, bo‘ya+q>bo‘yoq kabi. So‘z qismlarining imlosi haqida fikr yuritilganda amaldagi imlo qoidalari bilan yangi lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari o‘rtasida bir oz farq borligini hisobga olish zarur. Amaldagi imloga ko‘ra taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi -illa qo‘shimchasi asliga ko‘ra yoziladi: sharillamoі shaіillamoі, іarsillamoі, shovillamoі, guvillamoі, Іuvillamoі, gurillamoі, varillamoі, chiyillamoі kabi. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidlariga ko‘ra esa taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi –illa qo‘shimchasi tarkibida v yoki u tovushi bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilganda asliga ko‘ra emas, aytilishiga ko‘ra –ulla shaklida yozilishi belgilab qo‘yildi. Qiyoslang: zuvillamoі – zuvullamoq, shovillamoі - shovullamoq, guvillamoі - guvullamoq, Іurillamoі - g‘urullamoq kabi. Qolgan holatlarda esa lotin yozuvi asosidagi imloda ham asliga ko‘ra -illa shaklida yoziladi: shaqillamoq, sharillamoq, qirsillamoq, chiyillamoq, g‘izillamoq kabi. Ammo g bilan tugagan ba’zi o‘zlashma so‘zlarda o‘zgarish bo‘lmaydi, g bilan yoziladi: pedagog+ga>pedagogga, xirurg+ga> xirurgga, Lyuksemburg+ga> Lyuksemburgga kabi. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra esa tarkibi g va g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga g tovushi bilan boshlanadigan -ga, -gacha, -guncha, -gani, gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari qo‘shilganda aytilishiga mos holda emas asliga ko‘ra yozilishi belgilab qo‘yildi. Qiyoslang:
Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k tovushi g kabi, q tovushi g‘ kabi aytiladi va shunday yoziladi: chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlog‘im, o‘rtoq+im>o‘rtog‘im kabi. Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan ba’zi bir bo‘g‘inli hamda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda ham yuqoridagi kabi o‘zgarish bo‘lmaydi: tok+i>toki, chek+im>chekim, o‘q+im>o‘qim, nok+i>noki, sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi kabi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling