Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Unli tovushlar orfoepiyasi
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslang
Unli tovushlar orfoepiyasiI unlisi: 1) yopiq bo‘g‘inda, xususan, jarangsiz tovushlar orasida, shuningdek, t,s,r,l,z,n tovushlari oldida kuchsizlanib, qisqa talaffuz qilinadi.: qish, tish, qir, qil, qin, bil, sir kabi; 2) chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan kelganda qisqa, qattiq talaffuz qilinadi: qirq, g‘isht, qir, xil kabi; 3) sayoz til orqa k,g hamda bo‘g‘iz undoshi bilan kelganda esa qisqa, yumshoq talaffuz qilinadi: kindik, gijda gij-gij, hil-hil, hikmat, his kabi; 4) ba’zi o‘zlashgan arab-forscha so‘zlarda, shuningdek, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarning urg‘uli bo‘g‘inlarida i unlisi cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: muhim, muhit, din, tanqid, targ‘ib, lirika, tir kabi; 5) ikki undosh orasida kelganda i unlisi ba’zi egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishi natijasida talaffuzda tushib qoladi: og‘iz-og‘zi, ko‘ngil-ko‘ngli, qorin-qorni kabi; 6) i unlisi bilan tugagan so‘zlarga v qo‘shilganda i tovushi u tarzida talaffuz qilinadi: tashi-tashuv, qashi-qashuv kabi. U unlisi: 1) jarangsiz undoshlar orasida juda tor va bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi: tuxum, pushti, pushaymon, puchuq kabi; 2) so‘zning ochiq bo‘g‘inlarida kengroq, o‘ va u oralig‘idagi tovush singari biroz ochiqroq talaffuz qilinadi: butun, tutun, buzuq, quduq kabi; 3) k,g,y undoshlaridan keyin ingichka, old qator unli tarzida, q,g‘.x undoshlaridan keyin esa yo‘g‘on, orqa qator unli tarzida talaffuz qilinadi. Qiyoslang: kul, qo‘l, kunduz, qunduz, turg‘un, norg‘ul kabi. O‘ unlisi: 1) sayoz til orqa k,g, bo‘g‘iz undoshi h hamda y,ch,j undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq talaffuz qilinadi: ko‘ngil, ko‘klam, go‘sht, ko‘l, go‘sha, yo‘lak, yo‘rgak, ho‘kiz, cho‘kma, jo‘ja kabi; 2) chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda qattiq talaffuz qilinadi: qo‘l, qo‘llanma, g‘o‘ra, qo‘shma, g‘o‘r, xo‘r, qo‘r kabi; 3) quyidagi o‘zlashma so‘zlarda cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar, sho‘la, mo‘jaz kabi. E unlisi: 1) so‘z yoki bo‘g‘in boshida kengroq, so‘z o‘rtasida, undosh tovushlar orasida torroq talaffuz qilinadi: el, er, ellik, ehtimol, kel, kech, men, sen kabi; 2) oldingi undosh bilan ochiq bo‘g‘in hosil qilganda kengroq talaffuz qilinadi: kecha, tesha, bedana, semiz, terim kabi. A unlisi: 1) sayoz til orqa k,g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq talaffuz qilinadi: kaklik, kalava, kam, gaz, gal, gap kabi; 2) chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda qattiq talaffuz qilinadi: qavat, qavs, qaymoq, qanot, g‘ayrat, g‘alaba, g‘amxo‘r, xabar, xalq, xarita kabi. O unlisi: 1) sayoz til orqa k,g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq; chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda qattiq talaffuz qilinadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling