Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Qiyoslang: komil, sokin, begona, ogoh, kotib, qosh, naqqosh, g‘oya, g‘oz, g‘or, xolis, xom, xona, xola kabi. 47 -mashq
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi
Qiyoslang: komil, sokin, begona, ogoh, kotib, qosh, naqqosh, g‘oya, g‘oz, g‘or, xolis, xom, xona, xola kabi.
47 -mashq. Matnni o‘qing. Unlilarning talaffuziga e’tibor bering. Ularning tor-keng, cho‘ziq-qisqa, qattiq-yumshoq talaffuz qilinish sabablarini izohlang. Kun botay deb qolgan, «Qorovultepa»ning ko‘lankasi pastdagi soyni tamom egallagan, faqat olisdagi kapalar, o‘ng qo‘ldagi hali o‘roq tegmagan qizg‘ish bug‘doy dengizi ipakday mayin tovlanib yotipdi... Qo‘chqor ko‘rinmaydi, Mashrab esa Akmaldan biroz nariroqda, qizlarga yordamlashish uchun bo‘lsa kerak, ancha joyni egallab, qo‘li qo‘liga tegmay o‘ryapti. Yigitlar, Komilning iltimosi bilan o‘roqqa o‘tgan kunlari Mashrab ancha zahmat chekkan edi. Ilgari o‘roq o‘rib ko‘rmagan odam, sira qo‘li kelishmas, bug‘doyni yaxshi qamrayolmas, bug‘doyga qo‘shilib yantoq va to‘ng‘iztaroq ilinar, qo‘li bir lahzada qop-qora qon bo‘lardi. Mana endi Qo‘chqor bilan Akmaldan qolishmaydigan, hatto qizlarning o‘rtasiga tushib yordamlashadigan bo‘lib qoldi. Akmal bir jilmayib, yana o‘roqqa kirishdi. O‘zi qayrab o‘tkirlab olgan o‘roq uning qo‘lida xuddi sartaroshning ustarasiday o‘ynaydi. U g‘ir-g‘ir shabadaga ko‘ksini tutib, doim anqib turadigan issiq non hidini to‘yib-to‘yib hidlarkan, butun vujudi yayrab ketadi, go‘yo og‘ir qo‘l mehnati emas, kishiga ilhom baxsh etadigan bir ish qilayotganday zavq oladi. (O.Yoqubov) Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi Undosh tovushlarning talaffuzdagi o‘zgarishlari, asosan,yonidagi tovushlarga bog‘liq bo‘ladi. Tovushlarning o‘zaro bir-biriga ta’siri natijasida kombinator variantlar yuzaga keladi. Shuningdek, pozitsion o‘zgarishlar natijasida ham tovushlarning talaffuzidagi o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan: 1) jarangli b,d undoshlari so‘z oxirida jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi: kitob-kitop, javob-javop, maktab-maktap, olib-olip, obod-obot, ozod-ozot, avlod-avlot kabi; 2) b,d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon kelganda p,t tarzida talaffuz qilinadi: ibtidoiy-iptidoiy, ketdi-ketti, aytdi-aytti kabi; 3) so‘z oxirida yoki o‘rtasida unli tovushdan keyin kelgan v undoshi f yoki p tarzida talaffuz etiladi: aktiv-aktif yoki aktip, Avtor-aptir yoki aftir, avtomobil-aftamabil yoki aptamabil, Sobirov-Sobiruf yoki Sobirup kabi; 4) j,z undoshlari sh,s tarzida talaffuz etiladi: ijtimoiy-ishtimoiy, mazkur-maskur kabi; 5) jarangsiz f undoshi p tarzida talaffuz etiladi. Ma’lumki, turkiy tillarda f undoshi bo‘lmagan. Shu sababli arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida kelgan f undoshi p tarzida talaffuz etiladi: Fan-pan, faqat-paqat, fosh-posh, kulfat-kulpat, Orif-Orip, faner-paner, ferma-perma, fabrika-pabrika kabi; 6) z undoshi bilan tugagan so‘zlarga s yoki ch bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar qo‘shilganda, z tovushi s yoki ch tarzida talaffuz etiladi: yozsa-yossa, kezsa-kessa, qizcha-qichcha, izchil-ichchil, bo‘zchi-bo‘chchi kabi; 7) ch undoshi sh tarzida talaffuz etiladi: uchta-ushta, pochta-poshta, ko‘chdi-ko‘shdi, qochdi-qoshti kabi; 8) so‘z oxirida kelgan k va q undoshlari g va g‘ kabi talaffuz etiladi: kurak-kurag, chelak-chalag, kerak-kerag, yutuq-yutug‘, chiroq-chirog‘, pichoq-pichog‘ kabi. 48-mashq. Quyida berilgan so‘zlarning tarkibidagi ayrim undoshlarning talaffuziga e’tibor bering. Ularning talaffuzidagi o‘ziga xos jihatlarini izohlang. Ong, ongli, singdirmoq, sindirmoq, ko‘ngil, singan, tingan, ulug‘, talabchan, madadkor, majlis, mijoz, ajdar, dirijor, jurnal, dublaj, tejamkor, farg‘onlik, parkentlik, tuf, tup, sopol, falak, palak, fakt, pakt, to‘fon, to‘pon, ham, xam, hil, xil, hol, xoll, tub, tuf, tup, faqir, paqir, sifat, falsafa, faol, vafo, xirgoyi, hanuz, harbiy, hodisa. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling