Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet101/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

5-SEMINAR MASHG‘ULOT.
Talaffuzning imloga ta’sirlari .
Adabiy talaffuz me’yorlari ikkita muhim omil asosida yuzaga keladi. Birinchisi orfografiya, ikkinchisi og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlari hamda turli xil sheva talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi. Lekin ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi. Qiyoslang:
Yozilishi talaffuzi
Kitob kitop
Oftob oftop

Maktab maktap


Izsiz issiz
Uchta ushta
Uch so‘m usso‘m
Besh so‘m besso‘m
Xursand xursan

Samarqand Samarqan
Bo‘lsa bo‘sa
Kelsa kesa
Keltirilgan so‘zlarning talaffuzi adabiy talaffuz me’yoridan chekinish hisoblanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, orfoepik me’yorlar xalq jonli tili faktlari asosida ham yaratiladi.
Orfoepiyaning qonun-qoidalari asosida milliy tilning yagona talaffuz mezoni yuzaga keladi, nutq madaniyati shakllanadi. Bu mezon adabiy til doirasida unli va undosh tovushlarning talaffuzi, so‘z va so‘z qismlarining talaffuzi, shuningdek, so‘z birikmalarining talaffuzini belgilash asosida amalga oshiriladi.
TOPSHIRIQ.

  1. «O‘zbek tilining imlo lug‘ati»dan foydalanib, ma’nolari f va p hamda h va x tovushlariga ko‘ra farqlanadigan so‘zlarga misollar to‘plang va ular ishtirokida garlar tuzing.

  2. Etimologik yoki grafik prinsip asosida yoziladigan so‘zlarga misollar keltiring va izohlang.

6-SEMINAR MASHG’ULOT.
Talaffuz va ohangning nutqdagi o‘rni.
Orfoepik me’yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi - jonli tildagi turlicha talaffuz ko‘rinishlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.. Masalan, o'zbek shevalarida bir so'z turlicha talaffuz qilinadi: yo'q-jo‘q, ko‘z-go‘z, ota-ata, aka-oka, anor-onar kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qo‘shimchasi shevalarda -yap(ti), - op(ti), -utti, -vot(ti) shakllarida qo‘llanadi: boryapti, boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yo‘q, ko‘z, ota, aka, anor boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan. To‘g‘ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham o'quvchi va talabalarda to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining shakllantirilishiga ta’limning barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling