Mavzu: Ayrim unli va undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi.(459-461-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy


Download 51.57 Kb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi51.57 Kb.
#1360857
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5307562233247573862



ONA TILI 4 sinf
1-Soatlik dars ishlanma


Mavzu: Ayrim unli va undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi.(459-461-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Ayrim unli va undosh tovushlarning aytilishi va yozilishini o‘rgatish va takrorlash, b-p, d-t, g-k kabi undoshlarning talaffuzi; FK1: og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish;
tarbiyaviy: mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish; TK3:o‘quv fanlarini o‘rganadi va bir-biridan farqlay oladi; mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topadi va namuna asosida so‘zlar tuza oladi;
rivojlantiruvchi :imlo qoidalariga amal qilish malakasini hosil qilis; FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. oladi. TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: yangi bilim,ko‘nikma,malakani mustahkamlash darsi.
Darsning metodi: analiz-sintez metodi, ta’limi o‘yin.
Darsning jihozi: mavzuga mos plakat, tarqatmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Ahdi borning baxti bor.
458-mashq shartiga ko‘ra nuqtalar o‘rniga zarur unli harfni qo‘yib ko‘chiriladi.
Ko‘pr.k, to‘l.q, bo‘l.m, bo‘y.n, to‘s.q, bo‘l.q, bo‘rs.q, avg.st, ah.I, ul.g‘, ad.r, cho‘z.q.
Bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirilmaydigan so‘zlarning tagiga chiziladi. Nima uchun ular bo‘g‘inlab ko‘chirilmaydi?degan savol beriladi.
O‘quvchilarga qiziqarli o‘yin topshiriq beriladi. t—d tovush juftlari ishtirokida soz‘lar yasaladi. Ushbu so‘zlar yordamida jumla tuziladi.
Namuna: 1) tor—dor, tosh—dosh,tog‘—dog‘ ,tol—dol ,tot—dot v. h.
III. Mustahkamlash.
459-mashq sharti o‘qitiladi. So‘zlarni alifbo tartibida juftlab yozdiriladi. Juftlab berilgan so‘zlar ma’nosini farqlayotgan harflarning tagiga chiziladi.
Yod — yot, eg — ek, sut — sud, darz — dars, o‘zdi — o‘sdi, yoriq — yorug‘.
Soʻzni toping?” ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi.Buning uchun oʻquvchilar kitob daftarlarini yopib qoʻyadilar. Oʻquvchi boʻsh katakka birinchi ustundagi soʻzlarning bir harfini oʻzgartirib yangi soʻzlar yozadilar.
Namuna:


Download 51.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling