Xosiyat ahmedova mehring qalb bulog‘imda xush galibsizla


Download 61.5 Kb.
bet4/10
Sana25.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1231651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xosiya Axmedova sherlari

To‘y bo‘lsin

To‘ya aytdila bizlara,


Xizmat atamiz sizlara,
Yoshingiz yetgay yuzlara,
To‘y bargaysiz o‘g‘il-qizlara.

To‘y bo‘lsino, to‘y bo‘lsin,


Boshlog‘on to‘y o‘ng bo‘lsin,
Bo‘lsin, yenam to‘y bo‘lsin,
To‘ylar to‘ylara ulansin

To‘yda qorindosh do‘g‘onlo,


Azaldan yaqin bo‘lg‘onlo,
Galgayla qutlop mehmonlo,
Bo‘lg‘oyla hamma hayronlo.

To‘yni bo‘lardi mozosi,


To‘ychini chiqmadi sozosi,
Xolpani go‘ymagay sozi,
Bulbuldin sayroq ovozi.

Xosiyat niyating bo‘lgay,


Aytgoning daganing galgay,
El-yurt xizmating dagay,
Davlating doshib yurgay.

Bo‘sin yenam, to‘y bo‘lsin,


To‘ylo tuyloro ulansin.
To‘y bo‘lsino tuy bo‘lsin
Xosiyat xizmatda dursin.


Dushimni

Oppoq go‘ynakli hurla,


Ham oshiq oydin pirla,
Hammasini qo‘lin diklab
Mongo potyala bardi.

Yig‘lab uzotdim pirni,


Xosiyat oytmo sirni,
Xudoyimni yozg‘iti,
Mongo g‘oyibdon galdi.

O‘ya oqshom dushumda,


Bir mo‘ysafid chol galdi.
Dushim o‘ngdin, hushimdo,
Do‘li dunyo mol galdi.

Do‘shimda bu bo‘lg‘on gap,


Dishlari inju sadaf.
Oltinnon duyma qadop,
Oq giyingan pir galdi.

Oq-oppoq go‘ynak giygan,


Bela duyinjik duygan,
Dushimda man qorosom.
Oshiq oydin pir galdi.

Soz dutori qo‘ynindo,


Oq tumori bo‘ynindo,
Duo barish o‘yindo,
Oshiq oydin pir galdi.

Sezdim ko‘ylatish dardi,


Pirim qo‘lo soz bardi,
She’r yoz, qo‘shiq kuyla dab,
Yoqimli ovoz bardi.

Qo‘shiq oytdim soz bilan,


Yoqimli ovoz bilan,
Ol dab sozni, ovozni,
Oshiq oydin pir galdi.

Pirim bilan soz choldiq,


Yerni larzaga soldiq,
Birga avjlarni oldiq,
Xudodan ovoz galdi,

naqorat
Hayronmanay, hayronmanay, hayronmanay,


Shugun oqshom aziz mehmonmanay,

Dim yaxshi go‘raman, so‘vip yorimni,


Barasim galar harna borimni,
Mani dim qiynidi so‘king zolimni.

naqorat
Geja kutip yotdim galgay ozondo,


Og‘o tani joning bo‘lg‘oy omondo,
Hazatipla qoling yaxti johonda.

Xosiyatni jonim yaxshi bilarsan,


Ko‘nglim topsang dimam o‘ynop gularsan,


Gunda-gunda galmin bog‘rim dilarsan,
Hayronmon, hayronmon, hayronmon,
Mani dasang shu gun aziz mehmonman.

Shu gun siza mehmonmon.


Har-xil go‘ynak giyip iching yoqorman,


Sani go‘rsam arkalanip boqormon,
Rashk atgannan boshqolorom doqormon.

naqorat
Man oynonin sanam ayrilma mannan,


Mani dasang manam ayrilmom sannan,

Bir bor go‘rganingda yurakni yording,


Vujudimo yomon alanga solding,
Shundan buyon arkam yurakda qolding,

naqorat
Mani go‘rip go‘zzing bilan yejaksan,


Indamasam har nalani dajaksan
Qo‘yip barsam na ishlani atjaksan.



Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling