Xossalari ishlatilishi. Modda tuzilishi. Reja: Oksidlar, Asoslar, kislotalar


OKSIDLARNING SINFLANISHI, OLINISHI VA XOSSALARI


Download 61.66 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi61.66 Kb.
#1624171
1   2
Bog'liq
2.Oksidlar, Asoslar, kislotalar va Tuzlarning olinishi

OKSIDLARNING SINFLANISHI, OLINISHI VA XOSSALARI


Oksidlar to’rt sinfga bo’linadi: asosli, kislotali,amfoter va betaraf oksidlar.
Oksidlariga asoslar to’g’ri keladigan birikmalar asosli oksidlar deyiladi.Asosli oksidlar barcha metallarning oksidlaridir.Har bir asosli oksidga asos to’g’ri keladi.
Li2O LiOH Na2O NaOH K2O KOH Rb2O RbOH Cs2O CsOH
CaO Ca(OH)2 SrO Sr(OH)2  BaO Ba(OH)2 FeO Fe(OH)2
MgO Mg(OH)2 CrO Cr(OH)2 MnO Mn(OH)2 Mn2O3 Mn(OH)3
1 va 11  guruh asosiy guruh elementlari metallarining oksidlari ВеО va МgО dan tashqari suv bilan ta’sirlashganda asoslar hosil bo’ladi:
K2O + H2O = 2KOH Cs2O + H2O = 2CsOH
Li2O + H2O = 2LiOH CaO + H2O = Ca(OH)2
Na2O + H2O = 2NaOH BaO + H2O = Ba(OH)2
Rb2O + H2O = 2RbOH SrO + H2O = Sr(OH)2
CuO + H2O # MnO + H2O #
FeO+H2O # CrO+H2O #
ВеО va MgO va boshqa ko’pgina metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashmaydi.Bunday metallarning gidroksidlari bilvosita usullar bilan ,ya’ni tuzlarga kuchli asoslar ta’sir ettirib olinadi.
Asosli oksidlar metallarga bevosita kislorod ta’sir ettirib hosil qilinadi:
2Cu + O= 2CuO 2Mg + O= 2MgO 2Ca + O= 2CaO
Ba’zi metallarga kislorod ta’sir ettirilganda avval peroksidlar hosil bo’ladi:
2Na + O= 2Na2O2 2K + O= K2O2
So’ngra bu peroksidlarga metall ta’sir ettirilib oksidlarga aylantiriladi:
Na2O+ 2Na = 2Na2O K2O2 + 2K = 2K2O
Tuzlarni yoki gidroksidlarni parchalash jarayonida ham asosli oksid hosil bo’ladi:
Cu(OH)= CuO + H2O CaCO= CaO + CO2 MgCO= MgO + CO2
Murakkab moddalarni qizdirishda ham asosli oksidlar hosil boladi:
(СuOH)2CO= 2CuO + CO+ H2O
Asosli oksidlarning kimyoviy xossalari
Asosli oksidlar suvda eriganda asoslar hosil bo’ladi:
Na2O + H2O = 2NaOH K2O + H2O = 2KOH
BaO + H2O = Ba(OH)2
Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:
СaO + CO= CaCO3 CuO + SO= CuSO4
3MgO + P2O= Mg3(PO4)2
Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashadi:
СuO + H2SO= CuSO+ H2O MgO + 2HNO= Mg(NO3)+ H2O
Kislotali oksidlar. Oksidlariga kislotalar to’g’ri keladigan oksidlar kislotali oksidlar deyiladi.Kislotali oksidlar metallmaslarning oksidlari va ba’zi bir metallarning yuqori valentli oksidlari ham kislotali oksidlar hisoblanadi (СrO3; Mn2O7 ;MnO3).
Har bir kislotali oksidga kislota to’g’ri keladi:
SO2 H2SO3 SO3 H2SO4 N2O3 HNO2 N2O5 HNO3
P2O5 H3PO3 P2O5 HPO3  P2O5 H3PO4 P2O5 H4P2O7  Cl2O HClO Cl2O3 HClO2 Cl2O5 HClO3 Cl2O7 HClO4 CrO3 H2CrO4 CrO3 H2Cr2O7 SiO2 H2SiO3 Mn2O7 HMnO4 B2O3 HBO2 B2O3 H2B4O7 B2O3 H3BO3 CO2 H2CO3
Odatda kislotali oksidlarni suv bilan o’zaro ta’siridan kislotalar hosil bo’ladi. Faqat kremniy(1V) oksidgina suv bilan o’zaro ta’sir etmaydi.
SO+ H2O = H2SO3 SO+ H2O = H2SO4
P2O+ 3H2O = 2H3PO3 P2O+ 3H2O = 2H3PO4
N2O+ H2O = 2HNO2 N2O+ H2O = 2HNO3
CO+ H2O = H2CO3 Cl2O + H2O = 2HClO
Cl2O+ H2O = 2HClO2 Cl2O+ H2O = 2HClO3
Cl2O+ H2O = 2HClO4 SiO+ H2O = ?
Kislotali oksidlar ishqorlar ta’sirida tuzlar hosil qiladi:
2NaOH + CO= Na2CO+ H2O 2KOH + SO= K2SO+ H2O
6NaOH + P2O= 2Na3PO+ 3H2O Ca(OH)+ N2O5 = Ca(NO3)+ H2O
2KOH + Cl2O= 2KClO+ H2O Ba(OH)+ N2O= Ba(NO2)+ H2O
CrO+ 2NaOH = Na2CrO+ H2O 2KOH + Mn2O= 2KMnO+ H2O
Ma’lum sharoitda kislotali oksidlar tuzlar bilan ta’sirlashadi:
СаСО3 + SiO= CaSiO+ CO2 3CaCO+ P2O= Ca3(PO4)+ 3CO2
Amfoter oksidlar. Amfoter oksidlar bir paytning o’zida ham kislota ham asos hosil qiladi. Bunday oksidlar ikki yoqlama xossaga ega.
H2ZnO2 Cr(OH)3 Al(OH)3
ZnO Cr2O3 Al2O3
Zn(OH)2 HСrO2 HAlO2
H2BeO2 Mn(OH) Sn(OH)2
BeO MnO2 SnO
Be(OH)2 H4MnO4 H2SnO2
Amfoterlik xossalari SnO, PbO,GeO va MnOda ham kuzatiladi.Amfoter oksidlar ham kislotalar bilan va ham asoslar bilan o’zaro ta’sirlashadi va mos kislotalarining tuzlarini hosil qiladi:
ZnO + 2HCl = ZnCl+ 2H2O ZnO + 2NaOH = Na2ZnO+ H2O


Al2O+ 6HCl = 2AlCl+ 3H2O Al2O+ 2NaOH = 2NaAlO+ H2O
Betaraf oksidlar.Bunday oksidlar qatoriga indifferent, ya’ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar kiradi.Ushbu oksidlar kislota ham asos ham hosil qilmaydi.Betaraf oksidlarga CO, NO,N2O, SiO kabi oksidlar kiradi.
Asoslar. Elektrolit sifatida asoslarning dissosilanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo’ladi.Agar asos ko’p kislotali bo’lsa dissotsilanish bosqichli boradi.
KOH = K+ + OH- NaOH = Na+ + OH-
Ca(OH)= Ca2+ + 2OH- Mg(OH)= MgOH+ OH-
Al(OH)= Al(OH)2+ MgOH+= Mg2+ + OH-
Al(OH)2= AlOH2+ + OH-
AlOH2+ = Al3+ + OH-
Kislotalar. Kislotalar eritmada dissotsilanib vodorod kationlarini hosil qiladi.Agar kislota ko’p asosli bo’lsa bunday dissitsilanish jarayoni bosqichli boradi:
HCl=H++Cl- HNO3=H++NO3- HclO4=H++ClO4-
H2SO4= H++SO42- H3PO4=H++HPO42-
HSO4-= H++SO42- HPO42-=H++PO43-
Kislota eritmalari nordon ta’mli bo’lib ,lakmus indikatorini qizil rangga kiritadi.Fenolftalein indikatori kislotalar ishtirokida o’z rangini o’zgartirmaydi.
Tuzlar. Tuzlar beshga bo’linadi:o’rta tuzlar,nordon tuzlar,asosli,qo’sh va kompleks tuzlar.
O’rta tuzlar tarkibiga ko’ra faqat metall atomi va kislota qoldig’idan tuzilgan. Ular to’la dissotsilanadi.Shuning uchun ular dissotsilanganda faqat metall kationlari va kislota qoldig’i anionlari hosil bo’ladi:
NaCl=Na++Cl- K3PO4= 3K++PO43-
CuSO4=Cu2++ SO42- Fe2(SO4)3=2Fe3++3SO42-
Al(NO3)3=Al3++SO42- Na2SO4=2Na++SO42-
FeCl3=Fe2++3Cl- MgSO4=Mg2++SO42-
K4P2O7=4K++P2O74-
Nomlanishi.Nomlashda avval metall, keyin kislota qoldig’i aytiladi. CuSO4 –mis(11) sulfati;
Al(NO3)3 – alyuminiy nirati; Fe2(SO4)3- temir(Ш)sulfati; K4P2O7-kaliy difosfati yoki kaliy pirofosfati; FeSO4  - temir (П) sulfati va hokazo. Ba’zan tarixiy nomlashlar ham uchraydi. AgNO3 kumush nitrat yoki lyapis; Na2CO3 – natriy karbonat yoki soda;
Nordon tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi ,vodorod atomi va kislota qoldig’i bo’ladi.Nordon tuzlar ko’p asosli kislotalardan hosil qilinadi.Agar tuz hosil qilish uchun olingan kislota tarkibida faqat bitta vodorod atomi bo’lsa undan nordon tuz hosil bo’lmaydi.Nordon tuzlar quyidagi kislotalardan hosil bo’lishi mumkin:
Kislotalar Kislota Nordon tuzlarning
Qoldig’i tuzlar nomlanishi
H2CO3  HCO31 NaHCO3 Natriy gidrokarbonat
H2S HS1 KHS Kaliy girosulfid
H2SO HSO31 NaHSO3 Natriy gidrosulfit
H2SO4 HSO41 KHSO4 Kaliy gidrosulfat
H3PO4 H2PO41 NaH2PO Natriy digidrofosfat
HPO411 Na2HPO Natriy gidrofosfat
H4P2O H3P2O71  KH3P2O7 Kaliy trigidrodifosfat
H2P2O711  K2H2P2O7 kaliy digidrodifosfat
HP2O7Ш  K3HP2O7 kaliy gidrodifosfat
Nordon tuzlarning dissotsilanishi bosqichli boradi. Eritmada metall kationi, kislota qoldig’i anioni va vodorod kationi mavjud bo’ladi.
KHCO3«K++HCO3- Na2HPO4«2Na++HPO42- H2PO4- «Na++H2PO4-
HCO3-« H+ +CO3- HPO42-«H+ +PO43- H2PO4-«H+ + HPO42-
HPO42-«H+ +PO43-
CaHPO4«Ca2++HPO42- Ca(H2PO4)2«Ca2++2H2PO4-
HPO42-«H++PO43- H2PO4- «H+ +HPO42
NaHS«Na+ +HS-
HS-« H+ +S2-
Nordon tuzlarning olinishi .  Nordon tuzlarni olishda ko’p asosli kislotalarga kuchli asoslar ta’sir ettiriladi.Reaksiyada kislotalar mo’l miqdorda olinadi.Reaksiya bosqichli borib avval nordon tuzlar keyin esa o’rta tuzlar olinadi.
КОН+H2S=KHS+H2O; NaOH+ H2SO4=NaHSO4+H2O
Mo’l   mo’l
KHS+KOH=K2S+H2O NaHSO4+NaOH=Na2SO4+H2O
Ca(OH)2+H3PO4=Ca(H2PO4)2+H2O
mo’l
Ca(H2PO4)2+Ca(OH)2=CaHPO4+H2O
CaHPO4+Ca(OH)2 = Ca3(PO4)2+H2O
KOH+H4P2O7=KH3P2O7+H2O
mo’l
KH3P2O7+ KOH=K2H2P2O7+ H2O
K2H2P2O7+KOH=K3HP2O7+H2O
K3HP2O7+KOH=K4P2O7+H2O
Ca(OH)2+2H2SO4=Ca(HSO4)2+2H2O
mo’l
Сa(HSO4)2+Ca(OH)2=CaSO4 +H2O
Nordon tuzlarni grafik formulasi yozish uchun shu tuz hosil qilgan kislotani grafik formulasini yozib olish kerak. So’ngra kislota qoldig’ini aniqlash va uni asosida nordon tuzni grafik formulasini yozish kerak.Oxirida shu kislota qoldig’iga metall atomi qo’yiladi.
Asosli tuzlar.Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, gidroksil guruhi va kislota qoldig’i bo’ladi.Asosli tuzlar bir kislotali asoslardan hosil bo’lmaydi.Ularni tarkibida metall atomi gidroksil guruhi va kislota qoldig’i mavjud bo’ladi.Bunday tuzlar quyidagi asoslardan olinishi mumkin:
Asosli Asosli Asosli TuzningQoldiq tuz nomlanishi
Mg(OH)2 MgOH1 MgOHCl magniygidroksi xlorid
Сu(OH)2 CuOH1 CuOHNO3 misgidroksi(11) nitrat
Al(OH)3 Al(OH)2 Al(OH)2NO3 alyuminiydigidroksi nitrat
AlOH11 AlOH(NO3)2 alyuminiygidroksi nitrat
AlOHSO alyuminiygidroksi sulfat
|Al(OH)2|2SO4 alyuminiydigidroksisulfat
Cr(OH)3 Cr(OH)21 Cr(OH)2 NO3 xromdigidroksi(111) nitrat
CrOH11 CrOH(NO3)2 xromdidroksi(111) nitrat
Fe(OH)3 Fe(OH)21 |Fe(OH)2|2SO4 temirdigidroksi(111) sulfat
FeOH11 FeOHSO temirgidroksi(111) sulfat
Mg(OH)2 MgOH1 (MgOH)3PO4 magniygidroksi fosfat


Kimyoda asos vodorod ionlari (protonlar) ni qabul qila oladigan, yoki keng aytganda, elektron juftlarini bera oladigan moddadir. Eruvchan asosga, agar u gidroksid ionlariga (OH-) ega boʻlsa va ularni qoʻyib yuborsa, ishqor deyiladi. Brønsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) nazariyasi asoslarni proton akesptorlari, Lewis (talaffuzi: Luis) nazariyasi esa elektron juftlari donorlari, deydi.[1] Eski Arrhenius (talaffuzi: Arrenius) nazariyasi asoslarni gidroksid anionlari, deydi,[2] lekin bugunda bu taʼrif faqat ishqorlarga tegishli. Suvda asoslar kimyoviy muvozanat avtoionlanishini oʻzgartirib, sof suvdagidan kamroq faollikli vodorod ionili eritmalar beradi, yaʼni pH normal sharoitda 7 dan yuqori boʻladi. Keng tarqalgan asoslarga misol qilib natriy gidroksid olish mumkin. Metall oksidlari, gidroksidlar va ayniqsa alkoksidlar kuchli, kuchsiz kislotalarning teskari anionlari esa kuchsiz asoslardir.
Asoslar kislotalarga kimyoviy jihatdan qarama-qarshidir deb qarash mumkin. Asos va kislota orasidagi kimyoviy reaksiya neytrallashish, deyiladi. Asos va kislotalar qarshiligi shundaki, kislota suvda gidroksoniy ioni (H3O+) konsentratsiyasini oshiradi, asos esa, aksincha, pasaytiradi. Asos va kislotalar odatda suvli eritma shaklida bo'ladi. Asos suvli eritmasi kislota suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirib, suv va tuzlar hosil qiladi, bunda tuz suvli eritmada uni tashkil etuvchi ionlarga ajraladi. Agarda suvli eritma tegishli tuz bilan toʻyingan boʻlsa, reaksiya natijasida eritmada tuz choʻkmasi hosil boʻladi. 2.ASOSLARNING OLINISH USULLARI. Asoslar bir nеcha usullar yordamida olinadi. Masalan: 1). Aktiv mеtallarni suvga ta'sir ettirib : 2Na+2H2O=2NaOH+H2; Ca + 2H2O = Ca(OH)2 +H2
2) Asosli oksidlarga suv ta'sir ettirib: Na2O + H2O =2NaOH, CaO + H2O = Ca(OH)2
3) Suvda yomon eriydigan asoslar olish uchun ularning tuzlarga ishqor ta'sir ettiriladi: CuSO4 + 2NaOH = Cu(OH)2 + Na2SO4 FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3 + 3NaCl MgCl2 + 2NaOH =Mg(OH)2 + 2NaCl Bu usul bilan suvda yaxshi eriydigan asoslar ham olish mumkin. Bunday hosil bo’layotgan tuz suv va ishqorda erimaydi. Masalan: Na2CO3 + Ca(OH)2 = 2NaOH + CaCO3 K2SO4 + Ba(OH)2 = BaSO4 = BaSO4 + 2KOH
Kislota (rus. кислота - "nordonlik") asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigʻidan iborat boʻladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH koʻrsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH boʻlsa, kislota shunchalik kuchlidir.
Rux, tipik metallxlorid kislota, tipik kislota bilan reaksiyaga kirishmoqda.
Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi (sirkada), sulfat kislotasi (akkumulatorlarda) va vino kislotasi (mevalarda) kiradi. Kislotalar eritmasuyuqqattiq yoki gaz holatlarda boʻladi. Kuchli va baʼzi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq karboran va bor kislotasi kabilarda bu xususiyat mavjud emas.
Kislotalar uchun keng tarqalgan uchta taʼrif bor: Arrhenius (talaffuzi: Arrenius), Brønsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) va Lewis (talaffuzi: Luis) taʼriflari. Arrhenius taʼrifi kislota eritmada gidroksoniy ionlari (H3O+) konsentratsiyasini oshiradigan moddadir, deydi. Brønsted-Lowry taʼrifi qoʻshimcha qiladi: kislota proton donori boʻla oladigan moddadir. Kundalik hayotda duch keladigan aksariyat kislotalar suvli eritma yoxud suvda eriydi, shuning uchun ushbu ikki taʼrif koʻproq qaraladi. Kislota pHi 7 dan kamligi sababi gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi 10-7 mol/l dan oshiqligidadir. pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb taʼriflangani uchun kislota pHi 7 dan kichikdir. Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra osonlikcha protonsizlasha oladigan har qanday birikma kislota, deb hisoblanishi mumkin. Misol qilib O-H yoki N-H qismlarini oʻz ichiga oladigan spirt yoki aminlarni olish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI


1.Мухленов И.П. Практикум по обќей химической технологии. М:Вўсшая школа, 1973.
2. Атрошенко В.И. Курс технологии связанного азота М:Л: Химия 1968.
3. Атрошенко В.И. Технология связанного азота М-Л. Госхим изд.

  1. Позин М.Е. Руководство к практическим занятиям по технологии неоргонические вешеств. Л.: Химия 1980.

  2. Позин М.Е. Технология минералнœх удобрений и солей. М.: Госхимиздат 1957.

  3. Позин М.Е. Технология минералнœх солей. М.: Госхимиздат 1961.

  4. Мухленов И.П. Практикум по общей химической технологии. М:Высшая школа, 1973.

Download 61.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling