Xotin qizlar organizmi o`ziga xosligi va ularning sport bilan shug`ullanishi


Download 0.59 Mb.
Sana29.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1140312
Bog'liq
Xotin qizlar organizmi o`ziga xosligi va ularning sport bilan sh

  • Xotin-qizlar sportini rivojlantirish masalalari keyingi yillarda juda dolzarb muammo bo‘lib kelayapti. Bu masalani ijorbiy hal etish yo‘llari Prezidentimiz I.Karimovning nutq va ma’ruzalarida, shaxsni barkamol etib rivojlantirishdagi asarlarida, ilmiy adabiyotlarda o‘z aksini topgan.
  • Keyingi yillarda sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimiz soni tobora oshayapti. Endilikda ular nafaqat respublika, qolaversa, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishayapti. Bugungi kunda xotin-qizlar sambo, dzyudo, kurash, karate, taekvando, og‘ir atletika, futbol kabi ko‘plab sport turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishayaptilar. Iroda To‘laganova (tennis), Alina Kabayeva (badiiy gimnastika), Sofiya Kaspulatova (karate), “Sevinch” qizlar futbol komandasi, Nafisa Mo‘minova (shaxmat), Lutsiya Baybulatova (karate) va boshqa yuzlab О‘zbekistonlik sportchi qizlarimiz mamlakatimiz dovrug‘ini dunyoga namoyish etdilar.
  • Shahar va tumanlarda ayollar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish ham an’ana tusiga kirgan. Bu hol joylarda xotin-qizlar sportini yanada ommaviylashishiga yordam bermoqda. Minglab xotin-qizlar mahoratlarini oshirish va namoyon qilish barobarida, sog‘liklarini ham mustahkamlashmoqda.
  • O`ZBEKISTONDA SPOTRCHI XOTIN-QIZLAR TUTGAN O`RNI VA RO`LI
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlanishi, sportchi qizlarimizga bo‘layotgan g‘amxo‘rlik, ularning sportdagi yutuqlarini elga mashhur qilish va sport inson hayotida jismoniy yetuklik, sog‘lomlik, imon-e’tiqodlilik, bilimlilik, yuksak ma’naviyatlilik, mardlik va jasurlik, vatanparvarlik kabi tushunchalarni tarbiyalashi masalalarini e’tiborga olib, biz bitiruv malakaviy ishimizni “O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlanishi va uning tarbiyaviy ahamiyati” deb nomladik.
  • XOTIN-QIZLAR JISMONIY TARBIYASI VA SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING VAZIFALARI
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini rivojlanishi va uning tarbiyaviy ahamiyati davlat siyosatining ustuvor masalasi va dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini jadal rivojlantirishda ayol salomatligida jismoniy o‘yinlarning o‘rni masalalarini yoritish.
  • Xotin-qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini dunyoga mashhur etishda Qarshi davlat universiteti sportchi qizlarining yutuqlari va ularning yoshlarni jismoniy tarbiya etishdagi o‘rni haqida ma’lumot berish. Xotin-qizlar sportini rivojlantirish va uning tarbiyaviy ahamiyatini xalqimiz orasida ommalashtirish.
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni, “Barkamol avlod” Davlat Dasturi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport haqidagi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning jismonan barkamol insonni shakllantirishda xotin-qizlar jismoniy tarbiyasi va sportning ahamiyati, bolalar sportini rivojlantirish haqidagi nutq va ma’ruzalari, xotin-qizlar sportiga oid Davlat dasturlari, qarorlari, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlar mavjud.
    • XOTIN-QIZLAR JISMONIY TARBIYASI VA SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
  • Jahon xalqlari orasida onalarga e’tibor, mehr-muhabbat eng yuqori o‘rinda turadi. O‘zbek xalqi onalar, xotin-qizlarini e’zozlash, ularga, xizmat qilishda o‘ziga xos alohida xususiyatlarga egadir.
  • Oilada barcha kishilar, ayniqsa, farzandlar onaning hurmatini hamma narsadan ustun qo‘yadi. Xotin-qizlarga mehr-oqibat g‘oyat kuchlidir. Ayniqsa, qizlarning turmushga chiqishi, oila qurishi va doimo sog‘lom, oqibatli, oila a’zolariga sadoqatli bo‘lishga o‘rgatiladi. Aksariyat xotin-qizlar bunday e’tibor va hurmatga yaxshi munosabatda bo‘ladi, asosiy ishonchlarni sabr-qanoat bilan oqlashadi.
  • “...Kamon otib, yoyi uzgan merganga tegaman, kurashib halol yengan polvonga tegaman...” Bu satrlar hammamizga tanish, albatta. Alpomish dostonida qalmoqlarga talash bo‘lgan Barchin o‘zbeklarga xos dovyuraklik bilan o‘zbek qizlarining mardligini mana shu tarzda ifodalashda ham bir ma’no bordek. Balki, bu bir dostondir. Biroq, xotin-qizlarimizning mardlik va tantiliklari ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan xislatdir. O‘sha halinchagu halpak, besh toshu arqonda sakrash o‘yinlarida ham bizga ayon bo‘lmagan, biroq, harakatlarida jismoniy sog‘lomlikni targ‘ib etuvchi mazkur o‘yinlarning ijobiy ta’siri ham kattadir.
  • E’tirof etish kerakki, jismonan zaif yoki kasalmand xotin-qizlarga tibbiy yordamlar doimiy ravishda berib borilmoqda. Jismonan ojiz va kasalmandlikning sabablari tug‘ma yoki oziq-ovqatlarni yetarli darajada iste’mol qilmaslik bilan ko‘proq bog‘liqdir. Shuningdek, og‘ir vaznli (ortiqcha semiz) xotin-qizlar ham oz emas. Bu ikki holatda barcha dori-darmonlarga nisbatan jismoniy mashqlar, turli o‘yin (raqs) bilan shug‘ullanish natijasida sog‘lom bo‘lish holatlari ilmiy-amaliy jihatdan tajribada isbotlangan. Shu sababdan, markaziy shaharlarda turli kasalliklarni davolash yo‘lida jismoniy mashqlar vositasidan foydalanish usullari, sog‘lomlashtirish maskanlari kun sayin ko‘paymoqda. Yaqin o‘tmishimizda sport kiyimlari bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlar ancha ko‘paygan edi. Bu jihatlar jismoniy tarbiya darslarining majburiyligi va sport musobaqalarining qoidalarida qat’iy chegaralangan edi, lekin keyingi yillarda milliy xususiyatlar, urf-odatlar natijasida odmiroq (mos) kiyimlardan foydalanish amalda qo‘llanilmoqda. Bu jihatlar milliy xususiyatlarni rad etmagan holda yanada takomillashmoqda.
  • Jismoniy mashqlar, ayniqsa, sport turlari xotin-qizlarning jismonan barkamol bo‘lishi, sog‘lom, tetik bo‘lib, sog‘lom farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishlarida eng muhim omillardan biridir. Bu jihatlar barcha oilalarga, ayniqsa, yosh oilalarga tobora tez singib bormoqda. Bunga qaramasdan ko‘pchilik keksa avlodlar, shuningdek, zamonaviy yosh oilalarda ham xotin-qizlarning jismoniy tarbiyasiga e’tiborsizlik hamon kuchliroq. Buning eng asosiy sabablari shundaki, urf-odatlarni ro‘kach qilib (bahona) xotin-qizlarga ertalab yoki bo‘sh vaqtlarda gimnastika, o‘yinlar bilan shug‘ullanishni erkaklar ep ko‘rmayotir. Qolaversa, erkaklar va ayollarning ko‘pchiligi jismoniy mashqlarni ishlatish yo‘llari, ularning salomatlikni yaxshilashdagi tarbiyaviy jihatlarini yaxshi bilmaydi. Shu sababdan ham, eng avvalo, oila, mahallalarda xotin-qizlarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratish lozim. Milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda xotin-qizlar uchun maxsus mashqlar majmuasi, osonlashtirilgan texnik qoidalar bo‘yicha sport turlarini ishlab chiqib, amalda joriy etish lozim. Bu yo‘lda teleradio va ommaviy axborot vositalari orqali mutaxassis olimlar, shifokorlar, ayniqsa, xotin-qizlarning ma’ruzalar bilan chiqishini tashkil etish lozim.
    • Xotin-qizlar sportini rivojlantirishning
    • o‘ziga xos xususiyatlari
  • Istiqlol yillarida yurtimizda har bir sohada yangiliklar kuzatilmoqda. Ayniqsa sport sohasini rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlarning samarasi o‘laroq sog‘lom turmush tarzi shakllandi. Chekka-chekka tuman va qishloqlarda ham sport inshootlari qad rostladi. Ayniqsa Yurtboshimiz rahnamoliklarida tashkil etilgan bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashi tashabbusi bilan bolalar sport inshootlari va suzish havzalari qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash dasturi ishlab chiqildi. Yoshlar sportini rivojlantirish masalalari nazoratga olindi.
  • Vatanimiz va xalqimizning dunyodagi shuhratini tobora orttirishda sportning ahamiyati beqiyosdir. Bu haqiqatni o‘zbek yoshlarining, ayniqsa sportchi qizlarimizning yirik miqyosdagi musobaqalardagi ulkan g‘alabalari tasdiqlaydi.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlantirilishi uzoq tarix bilan bog‘liqdir.
  • Ayolning sog‘ligi – bu buyuk yurtning ertangi kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • O‘tgan asrlarda ham ayolarimiz go‘zalliklarini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya o‘yinlari bilan shug‘ullanib kelganlar. Xususan, “Ohuva”, “Poygon”, “Kurash”, “Taka lov-lov”, “Ona-bola”, “Kuyov tanlash”, “Chavgon” singari xotin-qizlarga xos milliy o‘yinlar faqatgina salomatlikka hissa qo‘shibgina qolmay, ular o‘rtasidagi ahillikni, do‘stlikni yanada mustahkamlashga ham xizmat qilgan.
  • Bu kabi o‘yinlarda xalqning ijtimoiy hayoti, yashash tarzi, milliy xususiyatlariga keng e’tibor berilgan.
  • Eposda tasvirlangan qizlarga xos o‘yinlarning biri “Ohuvo” yoki halinchak uchishdir. Bu o‘yinni qizlar sevib o‘ynashgan. Halinchak uchish jarayonida yuqori tezlik va balandlikka erishish jismoniy kuch va quvvatni hamda jasurlik, qo‘rqmaslikni talab qilgan.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirish va ta’lim tizimida qo‘llashning usullari
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining qabul qilinganligi ham O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning tarbiyaviy ahamiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim qadam bo‘ldi.
  • Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor barcha davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, soha xodimlari, shuningdek, ota-onalar oldiga yuksak mas’uliyatni yuklaydi va quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
  • oilada qizlarni ommaviy sportga jalb qilish, sportning har xil turlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida ota-onalar o‘rtasida keng ko‘lamdagi tushuntirish – targ‘ibot ishlarini olib borish;
  • sportning inson salomatligiga foydasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qizlarga batafsil ma’lumot berishga qaratilgan risola va bukletlarni chop etish va tarqatish orqali qizlarning sportga qiziqishlarini yanada oshirish;
  • ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab sportning bir necha turlaridan to‘garaklarning ochilishi va muntazam faoliyat olib borishlarini ta’minlash;
  • to‘garaklarga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
  • to‘garak a’zolari bilan sportning har xil turlaridan musobaqalar sovrindorlari bo‘lgan sport masterlari va chempionlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, master klasslarni tashkil etish;
  • qizlarni sport yo‘nalishlaridagi kasb-hunar maktablari, oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
  • sportchi qizlarning erishayotgan yutuqlari va joylarda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalari orqali kengroq yoritish;
  • joylarda, ayniqsa, qishloqlarda sportni rivojlantirishda davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik mas’uliyatini oshirish hamda uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
  • Хоtin-qizlar salоmatligi va turmush madaniyatini yaхshilashda jismоniy tarbiya va spоrtning ahamiyati.
  • O`zbеk ayollarining kiyinish, zеbu-ziynatlarni taqish, bеzanish bоra-sidagi sa’y harakatlari, оrzu-umidlari qadimgi davrlarda ham bоshqa хalq-lardan kam bo`lmagan. Hоzirgi mustaqillik davridagi ayollarning milliy madaniyati, ayniqsa milliy va zamоnaviy kiyimlarni kiyishi, qimmatbahо bеzaklarni taqishi, turmush madaniyatini barcha sоhalaridagi amaliy faо-liyatlari Еvrоpa va Оsiyo mamlakatlaridagi ayollar madaniyatidan kam emas, balki ustunrоqdir ham.
  • O`zbеk хalqining eng ulug’оvоr ur-оdatlaridan biri sunnat, o`g’il uy-lantirish va qiz chiqarish to`y marоsimlaridir. Bunday ko`p qirrali va kеng qamrоvli madaniy tadbirlarni o`tkazish uchun har bir оta-оna bir umr yig’i-nadi, tоpgan-tutganlarini farzandlar baхti uchun sarf etadi. Bu оdatlar jahоndagi mamlakatlarda kamdan-kam uchraydi, dеsak unchalik lоf va mubо-lag’a bo`lmasligi kеrak. Bu yo`lda o`zbеk ayollarining оr-nоmus, qavm-qarin-dоsh, mahalla-qo`shinchilikdagi ma’naviy-ma’muriy tadbirlar, хayriyalari-dagi оdamiylik amalga оshirilmоqda. Bu jahоn хоtin-qizlari оrasidagi eng ulug’vоr va ustuvоr madaniyat hisоblanadi.
  • Tananing yaxshi holatini saqlashga qaratilgan jismoniy mashqlar turi - bu fitness. Agar biror kishi fitness bilan shug'ullansa, unda uning sog'lig'i yaxshilanadi, u ortiqcha funtdan qutuladi va o'zini kuchli, baquvvat his qiladi. Treningdan tashqari fitnes o'qituvchilari o'zlarining tarbiyalanuvchilariga ovqatlanish va turmush tarzini o'zgartirishni maslahat berishadi. Muntazam jismoniy mashqlar motorni muvofiqlashtirish, qaror qabul qilish tezligi, reaktsiyalar, chidamlilik, moslashuvchanlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
  • FITNES NIMA?
  • Fitness sport mashg'ulotining mashhur va izlanuvchan shakli hisoblanadi. Bu professional sportdan farq qiladi, chunki maqsad medal va mukofotlarni olish emas, balki tanangizning holatini yaxshilash, metabolizmni faollashtirishdir. Trening davomida barcha mushak guruhlari shug'ullanadi.
  • Agar "mos" so'zini inglizchadan tarjima qilsak, bu "yaxshi holatda bo'lish, sog'lom bo'lish" degan ma'noni anglatadi. Sportchilarning fikriga ko'ra, fitnes - bu maxsus kun tartibi. Bu turli xil mashqlarni bajarish, tanadagi uzoq muddatli stressdan so'ng ovqatlanish, mashg'ulot va dam olish uchun vaqtni oqilona taqsimlashni o'z ichiga oladi.
  • Odatda fitnes mashqlari va parhez murabbiy tomonidan alohida tanlanadi. Hisobga olingan:
  • inson salomatligi holati;
  • kontrendikatsiyalar mavjudligi;
  • yoshi;
  • jarohatlarning mavjudligi yoki yo'qligi;
  • maqsadlar;
  • raqamning xususiyatlari.
  • Odamlar ma'lum natijalarga erishish uchun sport zaliga borishadi. Bu sog'liqni mustahkamlash, xususan, yurak va qon tomirlari faoliyatini yaxshilash bo'lishi mumkin. Yana bir maqsad - ingichka va kelishgan shaklga ega bo'lish, ortiqcha funtdan qutulish va tanangizni o'zgartirish. Yangi boshlanuvchilar uchun mushak massasini ko'paytirish yoki kamaytirish, mushaklarini kuchaytirish uchun fitnes bilan shug'ullanish odatiy hol emas. Fitness shuningdek, tanani yanada chidamli qiladi va depressiya va stressni engishga yordam beradi
  • Fitnesning ko'p turlari mavjud, shuning uchun har kim o'zi uchun eng qulay mashqlarni tanlashi mumkin. Sizda aerob mashqlari bilan kurashish kerak bo'lgan fitness joylari mavjud. Bunday holda, yurak-qon tomir tizimining ishi yaxshilanadi, metabolik jarayonlar tezlashadi va umumiy jismoniy shaklni saqlash osonroq bo'ladi.
  • Agar biz fitness mashg'ulotlarida anaerobik mashqlar haqida gapiradigan bo'lsak, unda bu sizga mushaklarni ko'paytirish, chidamlilikni yaxshilash va aqliy kuchni rivojlantirish imkonini beradi. Ko'pincha aerobika va cho'zish fitnes mashg'ulotlarining afzalliklarini ta'kidlaydi. Cho'zish yordamida mushaklarni yuklagandan so'ng ular bo'shashadi. O'rtacha jismoniy faollik bo'g'imlarga, ligamentlarga va mushak to'qimalariga foydali ta'sir ko'rsatadi.
  • FITNESNING PAYDO BO'LISHI
  • VA RIVOJLANISHI TARIXI
  • Fitnes tarixi ming yillar o'tmishga borib taqaladi, chunki qadimgi davrlarda odamlar ov qilish, yashash joylarini begonalardan himoya qilish uchun yaxshi shaklda bo'lishlari kerak edi. Qadimgi davrlarda odamlar fitnes bilan ataylab emas, balki ongsiz ravishda shug'ullanishgan. Ular cho'kdilar, yugurdilar, sakrab tushdilar va faol edilar. Hayot odamlarni egilishga, uzoq masofalarga sayohat qilishga majbur qildi. Aks holda, ular shunchaki o'lishadi.
  • Erkaklar nayzalar, bumeranglar, ishlatilgan klublarni uloqtirishdi. Ularning aniqligi, epchilligi va chidamliligi rivojlandi. Qabiladagi eng yaxshi va yorqin odamlar oziq-ovqat bilan mukofotlandilar. Fitness qadimgi tsivilizatsiyalarda yanada rivojlana boshladi. Odamlar ko'p mehnat qilib, o'tirmaydiganlar yaxshi yashashadi va kasal bo'lmaydi, deb ishonishgan.
  • Qadimgi davrlarda qadimgi yunonlar tanani rivojlantira boshladilar. Ular ichki uyg'unlik tashqi go'zallikda aks etishini xohlashdi. Jamiyatda fitnessning paydo bo'lishi g'ayrioddiy narsaga aylandi. Bu faylasuflar, olimlar va shifokorlar tomonidan tarqatilgan. Sizga qandaydir jismoniy mashqlar qilish kerak, masalan, ot minish, mushtlashish yoki musobaqalarda qatnashish kerak, deyishdi.
  • Hozirda gimnastika uchun maxsus ajratilgan joylar mavjud. Birinchi fitness zallari Peloponnesiya yarim orolidagi g'orlar hisoblanadi. U erda olimlar sport anjomlariga o'xshash toshlardan yasalgan birinchi simulyator va moslamalarni kashf etdilar.
  • Sport dasturlari:
  • Fors imperiyasi;
  • Sparta;
  • Afina.
  • Yoshlar maxsus bo'lim va zallarga tashrif buyurishdi. Ular kurash bilan shug'ullanishgan, shuningdek cho'zish, aerob va anaerob mashqlariga vaqt ajratishgan. Olympia turli yo'nalishlarda musobaqalar o'tkazishni boshladi.
  • Rim imperiyasida faqat harbiy xizmatchilar ularning sog'lig'ini kuzatishi va mashq qilishi kerak edi. Xitoy va Hindistonda mahalliy aholi har doim hamma narsada mukammallikka intilgan. Faylasuflar odamlarni sport bilan shug'ullanishga da'vat etgan. Vaqt o'tishi bilan paydo bo'ldi: kung-fu, raqs, kurash, qilichbozlik va boshqa jismoniy mashqlar turlari.
  • FITNESS YO'NALISHLARI
  • Fitnesning har xil turlari mavjud, ular yuklanish, jismoniy mashqlar bilan ajralib turadi va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir yo'nalish ham erkaklar, ham ayollar uchun javob beradi. Ommabop: fitnes raqsi, stresing, qigong, shakl berish, pilates, yoga.
  • Agar kishi raqs yoki klassik yo'nalishni tanlasa, u holda u nafas olish mashqlarini bajarish, mushaklarning har xil turlarini mashq qilish, plastika va egiluvchanlik ustida ishlash zarurati bilan duch keladi. Aerobika yangi boshlanuvchilarning vaznini kamaytiradi, ichki organlarni mustahkamlaydi va immunitetni yaxshilaydi.
  • Aerobikaning maxsus turi suv aerobikasidir. Darslar hovuzda o'tkaziladi. Suvga chidamliligi tufayli ko'proq kkal yoqiladi. Quyidagi yo'nalishlar talab qilinadi: Pilates (murabbiylar matbuot, orqa, qorinni ishlash bo'yicha mashg'ulotlar olib boradilar), cho'zish (o'qituvchilar mushaklarni to'g'ri tortish, qon aylanishini yaxshilash, selülitten xalos bo'lishga yordam beradi), bodfleks (sinfda yangi boshlovchilar bir vaqtning o'zida mushaklarni torting va cho'zing, nafas olish mashqlari bilan shug'ullanasiz) ...
  • Yaqinda yoga mashhur tendentsiya deb hisoblanadi. Bu nafaqat nafas olish amaliyoti, balki statik, dinamik harakatlardir. Yoga stress, depressiya bilan kurashishga yordam beradi. Trening davomida siz barcha muammolarni unutishingiz va tanangizga vaqt ajratishingiz kerak.

E’TIBORINGIZ

  • E’TIBORINGIZ
  • UCHUN
  • RAXMAT!

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling