Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 166.78 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi166.78 Kb.
#1280428
Bog'liq
PF-5325 02.02.2018




[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. Jumladan:
birinchidan, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi mavjud emas, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan, xotin-qizlar o‘rtasida bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat samarasiz tashkil etilgan;
ikkinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilmayapti, erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha choralarning samaradorligi past darajada qolmoqda;
uchinchidan, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyat yetarli darajada tashkil etilmagan, onalar kasalligi va perinatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini olish bo‘yicha samarali tizim, ayniqsa, chekka qishloq hududlarida mavjud emas;
to‘rtinchidan, xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmayapti, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularga yuridik maslahatlar berish mexanizmi zamon talablariga javob bermaydi;
beshinchidan, xotin-qizlar qo‘mitalarining keng ko‘lamli vazifalari zarur vakolatlarning yo‘qligi va tashkiliy-shtat birliklarining yetishmasligi sharoitida xotin-qizlarning eng muhim muammolarini hal etish borasida ularning kuch va imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish imkonini bermayapti;
oltinchidan, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkiliy bo‘ysunuvining noaniqligi va zarur moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi, oila muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy, ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha unga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishiga to‘sqinlik qilmoqda;
yettinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilani mustahkamlash, nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish sohasida kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ishlar tashkil etilmagan.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni inobatga olgan holda:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchidan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;
uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;
to‘rtinchidan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari eng avvalo:
joylarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash;
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralarni amalga oshirish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga shaxsan javobgardir.
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 1-apreldan fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga tegishli shtat birliklarini tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmasiga o‘tkazgan hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis (keyingi o‘rinlarda — mutaxassis deb yuritiladi) lavozimini joriy etish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
mutaxassis lavozimi har bir fuqarolar yig‘inida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida esa 2 tadan joriy etiladi;
mutaxassis fuqarolar yig‘ini binosida joylashadi, lavozimi bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashining tarkibiga kiradi va fuqarolar yig‘ini bilan yaqin hamkorlikda o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan birgalikda 2018-yilning 1-apreliga qadar fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha har bir maslahatchisi faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqsin va natijalari bo‘yicha yangidan kiritilgan mutaxassis lavozimlariga yetarli bilim darajasiga, yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan shaxslarni tayinlash choralarini ko‘rsin.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar, tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qo‘mitalari ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari 3, 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Xotin-qizlar qo‘mitalari ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar, tumanlar (shaharlar) ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati xodimlariga nisbatan, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorining 1-bandida belgilangan har oylik ustamalar qo‘llaniladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda “Oila” markazi deb yuritiladi) va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, bu sohada normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Download 166.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling