Xotira -abadiy,xotira-mangu


Download 27.44 Kb.
bet4/6
Sana05.02.2023
Hajmi27.44 Kb.
#1167741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
,,,,,,,,

O`quvchi:Frontdan omon qaytgan,front orqasida o`z mehnatlari bilan g`alabaga hissa qo`shgan yurtdoshlarimiz,urush faxriylari bu kun e`zozda.

O`quvchi:
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,


Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,


Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli
1-Boshlovchi:
Yangi davr keldi o`zgardi zamon,
Zamon zayli bilan o`zgardi inson.
O`zgardi jamiyat o`zgardi hayot,
O`zgardi qo`shig`-u , o`zgardi bayot.

2-boshlovchi: Xotira va qadrlash kunidek ulug` kun haqida so`z borar ekan,avvalo,xotira nima ekanligini tushunib olishimiz kerak.bunda yurtboshimizning so`zlari diqqatga sazovor; Xotir bu-foniy dunyodan o`tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog`ini yoqib ezgu ishlarini davom ettirishdir.
O`quvchi: Mamlakatimiz mustaqillik erishgach, azaliy qadriyatlarimiz tantana qilib , yurtimizda ko`plab bayramlar nishonlana boshlandi.barcha bayramlarimiz o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra xalqimizning azaliy an`ana, urf-odatlarini,orzu-umidlarini namoyon etadi. Shu jumladan,o`tganlar yodga olinayotgan,nuroniy bobo,momolarimiz qadrlanayotgan bugungi kun ham.
O`quvchi:Insonlar xotirasiga azim shahrimizning “Xalqlar do`stligi” maydonida yodgorliklar majmui ham o`rnatildiki,u bizlarni har doim tinchlikning qadriga yetishga, yurtimizga munosib farzand bo`lishiga undaydi.
O`quvchi:Poytaxtimiz markazidagi mustaqillik maydonida janglardan qaytmagan askar farzandlarini intizor kutayotgan onalar hurmatiga bunyod etilgan yodgorliklar bor.Undagi munis ona haykali go`yo: “Sen mening qalbimdasan, jigarim!” deyayotgandek.
Haykal qarshisidagi yonib turgan mangu olov onaning umid chirog`ini yoritibturgandek. Bu holatlar ziyoratga kelganlarning qalbini larzaga soladi. Ajdodlarni eslab ulardan ibrat olsak , o`zimizdan keying avlodlarga ibrat bo`la olamiz.

Download 27.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling