Xotira haqida tushuncha Xotira turlari Xotira jarayonlari Xotira haqida tushuncha
Download 27.98 Kb.
|
6-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotira jarayonlari
Xotira turlari
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikatsiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida quyidagi klassifikatsiya uchraydi: Faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiq xotira. Faoliyatning maqsadlariga ko‘ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida quyidagi xotira klassifikatsiyasi qayd qilinadi: Psixik faolligiga ko‘ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira. Faoliyat maqsadiga ko‘ra: harakat, emotsional, obraz va so‘z-mantiq xotirasi. Muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira. Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin. Xotira jarayonlari Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po‘stida muvaqqat nerv bog‘lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o‘zining faolligi jihatidan ikkiga bo‘linadi: a) ixtiyoriy esda qoldirish; b) ixtiyorsiz esda qoldirish. Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindanmaqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O‘zining go‘zalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo‘yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi: maqsad qo‘yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad; o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish; esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo‘li bilan esda qoldirish. Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o‘ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog‘liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo‘lsa, shu faktlarga tegishli bo‘lgan hamma narsalar oson esda qoladi. Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo‘lsa ham ko‘pincha noaniq bo‘ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi. Ixtiyoriy esda qoldirish ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o‘zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qo‘llanilishi foydalidir. Nemis psixologi German Ebbingauz xotira jarayonlarini tadqiq qiladi U ma’nosiz 3 harflardan iborat o’rtda unli ikki chekkada undosh bo’lgan harflarni yozadi. U har yerdan tanlab, takrorlaydi. Va o’zini test qiladiUshbu ro’yhatni bir kun o’rganib o’zidan so’ng ebbingauz bir nechta so’zlarni ayt deydi lekin ular butunlay esidan chiqib ketadimi? Ebingauz shuni topdikiki u qanchalik so’zlarni bir kundan ko’p qaytarsa ikinchi kunda bu so’zlarni qaytarishi kamroq vaqt ketgazgan ekan Biz qanchalik yangi a cxborotlarni o’rganganimizda ko’p vaqt sarflar ekanmiz shunchalik ko’p eslab qolamiz Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud: Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish. Egallash yoki o‘zlashtirish zarur bo‘lgan materiallarni ko‘rib idrok qilish yordamida esda olib qolish. Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish. Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko‘rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks ettirish. Mana shu yo‘llar orqali eshitish, ko‘rish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bo‘sh ekanligini aniqlash mumkin. Esda olib qolishda assotsiatsiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog‘lanishlari paydo bo‘lish sur’atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi: Sabab oqibat bog‘lanish. Bo‘lak va yaxlit munosabati. Qarama-qarshilik munosabati. Inkor etish holati. Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi. Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo‘lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo‘yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo‘lganligi aniqlangan. Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo‘llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov o‘tkazgan tajribasida shuni ko‘rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o‘zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o‘quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bosqichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o‘sishga qarama-qarshidir. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘quv materiallarining ma’nosiga tushunib esda olib qolish yo‘li oqilona yo‘l bo‘lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o‘zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi. Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta o‘qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma’nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli bo‘lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O‘rganilayotgan materialning mazmuni va ma’nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta’kidlaganidek, materialni o‘zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning shaxsiy fikriga ko‘ra o‘zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib qolishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi. Jahon psixologiya fani to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda o‘zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib o‘zlashtirish bir necha marta mahsuldordir. Esda olib qolish jarayonida o‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi muhimdir. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo‘lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo‘lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko‘lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi. Xotirani «sof» ko‘rinishda o‘rganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan bo‘g‘inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo‘llanishiga xos to‘g‘ri yo‘nalishdir. G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o‘z-o‘zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo‘yilgan ilmiy tajribaviy metod yutug‘i sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o‘z oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu materialni o‘zlashtirish o‘rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so‘zdan, 11 ta so‘z o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan so‘zlardan foydalangan. Bu materialni o‘zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 91 nisbatga to‘g‘ri keladi. Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bo‘lgan materialni o‘zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo‘nalish, ko‘rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o‘rganganlar. Shuningdek, ular o‘qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o‘quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar. I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag‘ishlangan bo‘lib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to‘g‘ri yo‘nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to‘liqligi ta’minlanadi. A.A.Smirnovning ta’kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o‘quvchilariga ahamiyatli bo‘lgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari ko‘rsatilmagan. Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib o‘zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to‘g‘ri, Meymon fikriga ko‘ra, inson ulg‘ayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma’noga ega bo‘lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o‘xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to‘plangan bo‘lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o‘z aksini topgan. A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlarda va ma’no kasb etuvchi so‘zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o‘tkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bo‘g‘inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi. A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo‘g‘inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz bo‘g‘inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‘lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. Shuningdek, ma’no anglatmaydigan materialni o‘zlashtirish jarayoni tez ko‘chadi, mahsuldorroq bo‘ladi. Ma’nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir. Esda olib qolishga hech qanday yo‘nalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog‘liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun yengil ko‘chishi ularning yosh xususiyatlariga bog‘liq narsa emasligini ta’kidlab o‘tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go‘yo ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uyg‘otadi. Odatda ma’nosiz so‘zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi. Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog‘liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so‘zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir. Download 27.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling