Xotira registrlari


Download 46.13 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi46.13 Kb.
#220339
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XOTIRA REGISTRLARI


XOTIRA REGISTRLARI
Saqlash yoki xotira registrlari ma’lumotni parallel qabul qilib chiqaradi. Xotira registrlari ikkilik ma’lumotni bir yo‘la barcha razryadlari bilan yozadi, saqlaydi va chiqarib beradi, ya’ni ma’lumot parallel shaklda bo‘ladi (shuning uchun bunday registrlarni parallel registrlar deb ham atashadi). Kiritilayotgan va chiqarilayotgan ma’lumotning ko‘rinishiga ko‘ra parallel registrlar bir fazali va parafazali bo‘lishi mumkin. Bir fazali registrning informatsion kirishlariga ikkilik sonning bir fazali kodi yuboriladi (sonning inversiya raqamli razryadlari berilmaydi), parafazali registrlar kirishlariga ikkilik sonning ikki fazali kodi yuboriladi, shu jumladan inversiya raqamli razryadlari ham. Parafazali registrni RS yoki JK sinxron triggerlardan foydalanib qurish mumkin. Registr triggerlarning holatlari ularning kirishlarida mavjud bo‘lgan ikkilik sonni parafazali signali (01 yoki 10) bilan aniqlanadi. Bunda ma’lumotni registrga yozilishi faqat taktli impuls (sinxroimpuls) kelganida amalga oshiriladi.

Bir fazali parallel xotira registrini bir pog‘onali D-triggerlar asosida qurish mumkin. Ma’lumot yozilishi boshqaruv kirishiga ega bo‘lgan 8ta razryadli parallel xotira registr sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (v) 1-rasmda keltirilgan.



(a) (v)



Download 46.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling