Xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali kompyuter foydalanuvchilari bilishardi


Download 0.76 Mb.
bet4/7
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1126489
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mustaqil ish(raqamli)

Flesh – xotira tarixi
Bugungi kunda zamonaviy inson mobil bolishini yoqtiradi va, hayotini engillashtirish, qiziqarli o‘tkazish uchun turli xil yuqori texnologiyali qurilmalarni, ya’ni gadjetlarni (ingliz tilidan olingan) o‘z yonida olb yurishga harakat qiladi. Va shunday qurilmalar oxirgi 10-15 yilda paydo bo‘ldi. Kichik, yengil, qulay, raqamli…
Bunday qurilmalarni maydonga kelishiga yangi mikroprotsessorli texnologiyalar va aynan, ma’lumotlarni saqlash texnologiyalari sabab bo‘ldi.
Shunday qilib, Flesh – xotira. Ayrim fikrlarga ko‘ra, xotira turlariga nisbatan, FLESH nomi “chaqnash” manosini bildiradi. Ammo bunday emas. 1989-1990 yillarda Toshiba kompaniyasi o‘zini yangi mikrosxemalari ta’rifida “tez, tezkor”, ya’ni Flesh so‘zini ishlatgan.

Flesh xotira qurilmasini 1984 yilda Toshiba firmasining xodimi Fudzi Masuoka ixtiro etgan. «Flesh» nomini ham shu firmaning boshqa bir xodimi Syodzi Arizumi o‘ylab topgan. Bunday nomni u xotiradagi ma’lumotlarni o‘chirish jarayoni fotochaqmoqqa (ingl. flash) o‘xshaganligi sababli tavsiya qilgan.
Masuoka o‘z ixtirosini Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda (IEEE 1984 International Electron Devices Meeting) namoyish etgan. Intel kompaniyasi 1988 yilda ilk bor flesh xotira chiplarining NOR turini sotuvga chiqgan.
Flesh-xotiralarning NAND-turi Toshiba firmasi tomonidan 1989 yilda International Solid-State Circuits Conference’da e’lon qilindi. Bunday turdagi-flesh xotira qurilmalari katta yozish tezligiga va chiplarning ixchamroq maydoniga egaligi bilan ajralib turar edi. NAND turiga oid flesh-xotiralarni standartlashtirish bilan Open NAND Flash Interface Working Group (ONFI) kompaniyasi shug‘ullanadi.
Qabul qilingan standart sifatida 2006 yil 28 dekabrda chiqarilgan. ONFI 1.0 turdagi flesh-xotiraning ixtisoslashtirilgan versiyasi hisoblanadi. ONFI guruhi NAND chiplarning Intel, Micron Technology va Sony kabi yirik ishlab chiqaruvchilari tomonidan qo‘llanib turadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling