Xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali kompyuter foydalanuvchilari bilishardi


Download 0.76 Mb.
bet1/7
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1126489
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mustaqil ish(raqamli)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan



2-Mustaqil ish


Mavzu: Flesh-xotira


Guruh: 20-01
Bajardi: Xaniyev. N
Qabul qildi: Norqulov. A
Samarqand – 2022
Mavzu: Flesh - xotira
Reja:
Kirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Bundan bir necha o‘n yil oldin “flesh” xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali kompyuter foydalanuvchilari bilishardi. Chunki u paytlarda flesh xotira modullari shaxsiy kompyuterlarda, asosan, PCI shinali 486 prosessorli kompyuterlarda ilk bora ishlatila boshlangan edi.
Ammo bugunga kelib bunday xotira modullari nafaqat kompyuter texnikalarida balki mobil aloqa telefonlarida (telefon raqamlarini saqlab qolish, so‘zlashuv vaqtini hisoblash va boshqa funksiyalarni bajarishda), raqamli diktofonlarda (ovozni saqlash va qayta eshitish), mp3-pleyerlarida (musiqiy formatdagi fayllarni saqlash va qayta eshitish), aloqa kommunikasiya raqamli modemlarida, raqamli fotokameralarda (fotosuratlarni saqlab qolish va ko‘rish), video kameralarda (video formatdagi axborotlarni saqlash, ko‘rish va eshitish) axborotni samarali saqlash va uzatishda qo‘llanilmoqda. Ularning qo‘llanish sohasi kun sayin yanada kengayib bormoqda.

Flesh-xotira o‘zi nima?
Flesh-xotira (inglizcha flash-memory) — bu yarim o‘tkazgichlar (integral mikrosxemalar) asosida yaratilgan, axborotning saqlanishi uchun qo‘shimcha energiya talab qilmaydigan (energiya faqat axborotni yozishda ishlatiladi), ma’lum bir o‘lchamdagi axborotni dasturiy yozish sikli cheklangan, axborotni dasturiy qayta o‘qib olish sikli cheklanmagan, axborotni dasturiy yo‘llar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan ixcham o‘lchamdagi zamonaviy xotira qurilmasi hisoblanadi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling