Xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali kompyuter foydalanuvchilari bilishardi


Download 0.76 Mb.
bet3/7
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1126489
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mustaqil ish(raqamli)

Dasturlanuvchi doimiy xotira (DDXQ – dasturlanuvchi DXQ, PROM – Programmable ROM), unga foydalanuvchi tomonidan maxsus usullar yordamida axborot kiritilishi mumkin (cheklangan marta). DDXQ da ham axborot uning elektor ma’nbaidan uzib qо’yilganda ham yо’qolmaydi, yaʻni u ham energiyaga bog’liq bо’lmagan xotiradir.

  • Operativ xotira (OXQ – operativ xotira qurilmasi, RAM – Random Access Memory –xohishiy ega bо’lishli xotira), unga axborot yozish eng sodda va foydalanuvchi tomonidan mikrosxemaning ishlash muddati davomida xohlagancha marotaba amalga oshirish mumkin. Ma’nbadan uzib qо’yilsa undagi axborot yо’qoladi.

    Bir-biridan tubdan farq qiluvchi xotira turlari yuqorida keltirilgan xotira turlaridir, ammo oraliq turlar va tur ostilari ham mavjutdir, lekin keltirilgan xotira turlari eng asosiylaridir. Vaholangki loyihalashtiruvchi nuqtayi nazaridan DXQ va DDXQ о’rtasidagi farq unchalik katta emas, ammo alohida holatlarda, masalan, flesh-xotira(flash-memory) deb ataluvch xotirani ishlatish vaqtida, u о’zi axborotni kо’p marotaba elektr yordamida о’chiriluvchi va qayta yoziluvchi DDXQ bо’lib, bu farq haqiqatdan ham juda muxim. Flesh-xotira OXQ va DXQ о’rtasidagi holatni egallovchi xotira qurilmasi deb hisoblash mumkinki.
     Manzil chiqishlari (kirishlari), xotiraning manzil shinasini tashkil etuvchi. Manzil yо’llaridagi kod xotira yacheykasining ikkilik tizimdagi nomerini bildiradi, unga ushbu vaqtda murojaat etish amalga oshiriladi. Manzillarning razryadlar soni xotira yacheykalarining sonini aniqlab beradi: manzillar razryadining soni n bо’lganda xotira yacheykalarining soni 2 darajasi n teng bо’ladi.
     Axborotlar chiqishi (chiqishdagi) xotiraningaxborotlar shinasini tashkil etadi. Axborotlar yо’lidagi kod, ushbu vaqtda murojat etilgan xotira yacheykasidagi kodlarni tashkil etadi. Axborotlarning razryadlar soni xotiraningbarcha yacheykasini razryadlar sonini aniqlab beradi (odatda u 1, 4, 8, 16ga teng bо’ladi). Odatda chiqish axborotlari chiqish kaskadini OK yoki 3S turiga ega bо’ladi.
     Operativ xotira bо’lgan holda axborotni chiqish shinasidan tashqari yana alohida axborotlarni kirish shinasi bо’lishi mumkin, unga tanlangan xotira yacheykasiga yozilishi kerak bо’lgan axborot kodi beriladi. Boshqa bо’lishi mumkin bо’lgan variant – kirish va chiqish shinalarini bitta qilib ishlatish, yani ikki yо‘nalishli axborotlar shinasi, axborotni uzatish yо’nalishi boshqarish signali bilan aniqlanadi. Ikki yо’nalishli shinadan odatda 4-razryadli axborotlar shinasini ishlatilganda yoki undan kо’p razryadli axborotlar shinasini ishlatilganda foydalaniladi.
     Boshqarish kirishlari, ular mikrosxemaning ish tartibini belgilab beradi. Kо’pchilik hollarda xotirada mikrosxemani tanlash CS kirishi(ular VA funksiyasi bо’yicha birlashtirilgan bir necha bо’lishi mumkin, ) mavjud bо’ladi. Operativ xotirada shuningdek albatta yozish kirish WR bо’ladi, undagi signalningfaol holati mikrosxemani yozish ish tartibiga о’tkazadi.

    Chizma. Xotira mikrosxemalari: DXQ (a), ikki yо„nalishli axborotlar shinasi bо„lgan OXQ (b), alohida kirish va chiqish axborotlar shinasi bо’lgan OXQ (v).




    Download 0.76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling