Xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali kompyuter foydalanuvchilari bilishardi


Download 0.76 Mb.
bet2/7
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1126489
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mustaqil ish(raqamli)

Xotira mikrosxemalari
Xotira mikrosxemalari (yoki xotira, yoki xotira qurilmalari – XQ, inglizcha - Memory) oldingi boblarda kо’rib chiqilgan mikrosxema guruhlariga nisbattanancha murakkab raqamli mikrosxemalarni tashkil etadi.
Xotira – bu har doim murakkab tarkibli, о’z tarkibiga kо’p elementlarni olgan qurilmadir. Tо’g’ri, xotiraning ichki tarkibi о’zgarmas, kо’pchilik elementlari bir xil, elementlar orasidagi aloqalar nisbatan oddiy, shuning uchun xotira mikrosxemalarining bajaradigan vazifasi ham uncha murakkab emas. Xotira о’z nomidan kelib chiqqan holda qandaydir axborot massivini saqlash uchun mо’ljallangan, sodda qilib aytganda tо’plam, jadvallar, raqamli kod guruhlarini saqlashga mо’ljallangan. Har bir kod xotirani aloxida elementida saqlanadi, uni xotira elementi deb ataladi. Har qanday xotiraning asosiy vazifasi tashqi sо’rov bо’yicha mikrosxema chiqishiga aynan о’sha saqlanayotgan kodlarni berishdan iboratdir.
Xotiraning asosiy kо’rsatgichi – bu uning sig’imi, yani unda saqlanishi mumkin bо’lgan kodlarning soni va bu kodlarning razryadlar soni. Xotira yacheykalariningsonini belgilash uchun quyidagi maxsus о’lchov birligi ishlatiladi:

  • 1K – bu 1024, yaʻni “kilo-” yoki “ka-” deb о’qiladi, taxminan mingga teng;

  • 1M – bu 1048576, yaʻni “mega” deb о’qiladi, taxminan bir millionga teng;

  • 1G – bu 1073741824, yaʻni “giga” deb о’qiladi, taxminan bir milliardga teng.

Xotirani tashkil etilish tamoyili quyidagicha yoziladi: avval yacheykalar soni yoziladi, kо’paytirish belgisidan sо’ng bitta yacheykada saqlanayotgan kodning razryadligi yoziladi. Masalan, xotirani 64K * 8 tashkil etilishi bildiradiki, xotira 64K (yani 65536) yacheykaga ega bо’lib va har bir yacheyka sakkiz razryadlidir. Xotiraning 4M * 1 ravishda tashkillanishi, xotira 4M (yaʻni 4194304) yacheykadan iborat bо’lib, har bir yacheyka faqat 1 razryaddan iborat ekanligini bildiradi. Xotiraning umumiy hajmi baytlarda о’lchanadi (kilobaytlarda – Kbayt, megabaytlarda – Mbayt, gigabaytlarda - Gbayt)yoki bitlarda (kilobitlarda – Kbit, megabitlarda – Mbit, gigabitlarda - Gbit). Axborotni kiritish (yozish) usuli bо’yicha va axborotni saqlash usuli bо’yicha xotira mikrosxemalari quyidagi asosiy turlarga bо’linadi.

    • Doimiy xotira (DXQ – doimiy xotira qurilmasi, ROM – Read Only Memory – faqat о’qish uchun xotira), unga axborot bir marotaba mikrosxemani tayyorlash bosqichida kiritiladi. Bunday xotira yana maskalanganDXQ ham deb ataladi. Xotiradagi axborot uning elektor ma’nbaidan uzib qо’yilganda ham yо’qolmaydi, shuning uchun uni yana energiyaga bog’liq bо’lmagan xotira ham deb ataladi.


    • Download 0.76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling