Xotira turlari va uning jarayonlari
Download 82.46 Kb.
|
XOTIRA TURLARI VA UNING JARAYONLARI
XOTIRA TURLARI VA UNING JARAYONLARITayyorladi: Ravshanov ShohruxReja:
Psixologik manbalarda kо‘rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta’sirotlarning aks etti-rilishidan о‘zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doi-mo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba’zi bir о‘zga-rishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, kо‘nikma, malaka va bi-lim kо‘lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi.
Hozirgi davrda qо‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmokda: «Individning о‘z tajri-basida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluq-li bо‘lgan juda kо‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar о‘z aksini top-magan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan de-yishga hech qanday haq-huquqimiz yо‘q.
. Ushbu qiyin holatdan chiqish-ning birdan-bir yо‘li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevo-sita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yо‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yо‘naltirilgan mnemik (yunoncha tpeta — xotira) faoliyatdir»
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonla-ridan biri bо‘lib hisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraq-qiyoti kо‘p jihatdan xotira muammolarining о‘rganilishiga bog‘liq-dir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, «aqlli» va «sun’iy intellekt»li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat daraja sini kо‘tarish uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda olib borilayotgan ilmiy-tekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizm-lari va kognitivistik nazariyalarga bag‘ishlangan
Shunday qilib, xotira shaxs ruhiy faoliyatining eng muhim tar-kibiy qismlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kid-lash kerakki, xotiraningbosh roli о‘tmishda yuz bergan narsa va hodi-salarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirda, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning rо‘yobga chiqishini ta’minlaydi. Tabiatda va jamiyatda namoyon bо‘ladigan har qanday toifadagi ruhiy hodisa о‘zining tarkibiga kiruvchi har bir qismni muayyan tartibda о‘zaro bog‘langan tarzda saqlab qolinishini talab etadi. Turli kо‘rinishga ega bо‘lgan «bog‘lanish»ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga kelmasa, u holda rivojlanish tо‘g‘risida sо‘z ham bо‘lishi mumkin emas, chunki, I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi »chaqaloqlik holatida» mangu qolib ketgan bо‘lur edi
Download 82.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling