Ko’rish xotirasi rivojlanish darajasining ko’rsatkichi, masalani yechish vaqtidan (minut hisobida) qilingan xatolar sonini ayirish va ularning yig’indisiga 1 sonini qo’shish bilan aniqlanadi. - Ko’rish xotirasi rivojlanish darajasining ko’rsatkichi, masalani yechish vaqtidan (minut hisobida) qilingan xatolar sonini ayirish va ularning yig’indisiga 1 sonini qo’shish bilan aniqlanadi.
- Bola tomonidan qaysi bir sababga ko’ra noto’g’ri ko’rsatilgan uchburchaklar xato deb qaraladi.
- Bu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi: Har biri 6 ta uchburchakni o’z ichiga olgan 4 ta kartochkalardagi to’g’ri topilgan uchburchaklar yig’indisini topib. uni 4 ga bo’linadi, bu to’g’ri javoblarning o’rtacha miqdoridir.
- Ushbu sonni 6 dan ayriladi va hosil bo’lgan natija xatolarning o’rtacha sonini ifodalaydi. Shundan so’ng bolaning vazifani yechish uchun sarflagan o’rtacha vaqti barcha vazifalarni yechish uchun sarflagan umumiy vaqtini 4 ga bo’lish orqali aniqlanadi. Bolaning 24 ta uchburchakni kartochkadan to’g’ri topishi uchun sarflayotgan vaqtining oxirini bilish uchun tekshiruvchi tomonidai: «Sen ko’lingdan kelganicha vazifani yechib bo’ldingmi?» degan sanolii berish orqali aniqlanadi. Bola berilgan savolga to’liq ivdonch bilan javob berib, uchburchaklarni qidirishni to’xtatsagina u o’z ishini yakunladi, deb hisoblanadi
«Eshitish xotirasini baholash» - «Eshitish xotirasini baholash»
- Bu xotira turini aniqlash uchun bolaga 1 sekund oralig’ida 4 ta so’zlar to’plami ketma-ket o’qib beriladi.
- I. Oy, daraxt, sakramoq, sariq, qo’g’irchoq, sumka;
- II. Gilam, stakan, suzmoq, og’ir, kitob, olma;
- III. Divan, hazillashmoq, palto, telefon, sanchqi, dovyurak;
- IV. Maktab, odam, uxlamoq, qizil, daftar, gul.
- Shu so’zlar to’plamini eshitib bo’lgandan so’ng, sinaluvchiga taxminan sekund o’tgach, keyingi 36 ta so’zlar to’plami shoshilmay, har bir so’z 1 sekunddan oraliq bilan o’qib eshittiriladi.
- Stakan, maktab, sanchqi, tugma, gilam, oy, stul, odam, divan, sigir, televizor, daraxt, kush, uxlamoq, dovyuraq hazillashmoq, qizil, oqqush, surat, o’g’ri, suzmoq, to’p, sariq, sakramoq daftar, palto, kitob, gul, telefon, olma, qo’g’irchoq, sumka, ot, yetmoq, fil, uy.
- Bu 36 ta so’zlar to’plami tasodifiy ketma-ketlikda barcha qatordagi so’zlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |