Meyli testi yordamida ko’rish va eshitish xotirasini o’rganish - Meyli testi yordamida ko’rish va eshitish xotirasini o’rganish
- R.Meili testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo’lib, 7-14 yoshli bolalar va kattalarning ko’rish va eshitish xotirasini o’rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat (6-jadval).
- Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko’rish xotirasi o’rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o’qib bergan so’zlarni - predmetlarning nomlarini eshitib, esda olib qolish qobiliyati o’rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o’tkazilmaydi, bu esa xotiraning o’rganilayotgan xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi.
- Tajriba o’tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta so’zlar to’plami - 2 - qatorda kerak bo’ladi. Ko’rish xotirasi o’rganilayotganda quyidagi qo’llanma beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko’rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasizlar». Rasmlarning har biri 2 soniya kursatiladi. 10 soniya tanaffusdan so’ng sinaluvchi predmetlarni aytadi. Eksperimentator to’gri aytilgan predmetlarni ham, rasmda yo’q bo’lgan qo’shib qo’yilgan predmetlarning nomini ham yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasini boshqa kuni, so’zlar qatori bo’yicha tajribalar ham boshqa kunlari o’tkaziladi.
Eshitish xotirasini o’rganish bo’yicha tadqiqot ham shunday o’tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi qo’llanma beriladi: «Men hozir sizga so’zlar qatorini o’qib beraman, siz bo’lsa eshitib bo’lganingizdan so’ng, ularni istalgan tartibda menga aytib bera-siz». Tadqikotchi tadqiqot qaroriga sinaluvchi aytgan barcha so’zlarni takrorlaganlarni ham, yo’q so’zlarni qo’shib ko’yganlarini ham yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o’lchash orqali tahlil qilinishi mumkin. - Eshitish xotirasini o’rganish bo’yicha tadqiqot ham shunday o’tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi qo’llanma beriladi: «Men hozir sizga so’zlar qatorini o’qib beraman, siz bo’lsa eshitib bo’lganingizdan so’ng, ularni istalgan tartibda menga aytib bera-siz». Tadqikotchi tadqiqot qaroriga sinaluvchi aytgan barcha so’zlarni takrorlaganlarni ham, yo’q so’zlarni qo’shib ko’yganlarini ham yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o’lchash orqali tahlil qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |