Xotira (X) va kiritish-chiqarish tizimi
Download 31.53 Kb.
|
Xotira (X) va kiritish-chiqarish tizimi
bevosita xotiraga kirish” (BXK) deb nom berilgan rejimda ishlay oladi. Ushbu rejim amalga oshishi uchun CB ga qo’shimcha HOLD va HLDA signallari kiritiladi. CB boshqaruv shinasining kirish qismiga HOLD ning faol sathi etib kelganida mikroprotsessor o’z dasturi ishining ijrosini to’xtatadi, shinalarining chiqish qismlarini yuqori impedan holatga o’tkazib, chiqish qismidagi faol sathni HLDA ga havola etadi. Bu esa, o’z navbatida, magistral bo’ylab almashinish tsiklini boshlash mumkinligi haqida boshqa faol qurilma uchun signal xizmatini o’taydi. Ushbu qurilma o’z almashinish tsikllarini nihoyasiga etkazgach, HOLD signalini uloqtirib yuboradi. Shundan so’ng MzP o’zining odatiy holatiga o’tib, dastur ishini davom ettiradi.
MzPdan dastur ishining me’yoriy kechishini o’zgartirish talab etiladigan boshqa ish rejimi ham mavjud bo’lib, unga “uzilish” deb nom berilgan. Zamonaviy mikroprotsessorlarning deyarli hammasi bitta yoki bir nechta INT0, INT1 va h. k. nomlanadigan tashqaridan uzib qo’yadigan kirish qismlariga ega. Ushbu kirish qismlariga tizimda muayyan hodisalar ro’y berayotganligi haqida dalolat beruvchi signallar etib keladi. MzP esa, o’z navbatida, kelgan signallarga muayyan tarzda munosabat bildirishi lozim. Bunday kirish qismlaridan biriga faol sathli signal etib kelganida, mikroprotsessor, me’yoriy tarzda kechayotgan dastur ishi uzilib, ishni to’xtatishga sabab bo’lgan komanda manzilini xotiraga saqlaydi va muayyan manzil bo’ylab CSEGga yozilib qolgan “uzilishga ishlov berish kichik dasturi”ni (TQIKD) bajarishga kirishadi. Bunday kichik dastur manzili “uzilish vektori” deb nomlanadigan maxsus xotira uyasiga yozilgan. Dastur ishini uzgan har bir alohida manba o’z uzilish vektoriga ega. TQIKDni bajarib bo’lgach, protsessor, xotirada saqlangan manzil bo’yicha TQIKD ijrosi yakunlanadigan maxsus komandaga binoan ishi uzilgan dastur ijrosiga qaytadi. Dastur ishi uzilishiga sababchi bo’lgan manbalar jumlasiga ichki manbalar ham (ya’ni, mikrosxemaning “uzilish so’raladigan kirish qismlari” deb nomlanadigan kirish qismlaridan biriga kelishi), tashqi manbalar ham (ya’ni, muayyan sharoitlarga ko’ra protsessor ichida generatsiyalanishi) kirishi mumkin. Bir vaqtning o’zida bir nechta turlicha uzilish so’rovlari kelishi mumkinligi bois, bunday so’rovlarning har biriga alohida xizmat ko’rsatish izchilligini belgilaydigan muayyan tartib mavjud. Uning ishini MzP ichida yoki maxsus kontoller vositasida joriy etilgan “ Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling