Xotira (X) va kiritish-chiqarish tizimi
uzilishlarning ustuvor arbitraj
Download 31.53 Kb.
|
Xotira (X) va kiritish-chiqarish tizimi
uzilishlarning ustuvor arbitraj” tizimi ta’minlaydi. Mulohaza yuritilayotgan tizimga muvofiq dastur ishi uzilishiga sababchi bo’lgan har bir manba, unga xizmat ko’rsatilish navbatini belgilab beradigan o’z ustunligiga (doimiy yoki o’zgaruvchan ustunlikka) ega. Bir vaqtning o’zida bir nechta uzilish so’rovlari kelgan paytda dastavval ustunlik darajasi yuqori, shundan so’ng past darajali uzilish so’rovlariga xizmat ko’rsatiladi. Ustunlik darajasi yuqori so’rov asosiy dastur ishini qanday to’xtatib qo’ysa, ishi boshlangan past darajali uzilishga ishlov berish kichik dasturining ishini ham xuddi shu tariqa to’xtatib qo’yishi mumkin. Ayni paytda “kiritilgan uzilish” deb ataladigan uzilish vujudga keladi.
CSEG va DSEGdan tashqari deyarli barcha zamonaviy mikroprotsessorlar RSEG (ingl. Register Sgment) dasturiy-ochiq registrlar to’plami deb ataladigan atayin ajratib qo’yilgan kichik hajmli ma’lumotlar makoniga ega. CSEG va DSEGdan farqliroq RSEG registrlari MzP ichida, uning arifmetik-mantiqiy qurilmasining bevosita yaqinida joylashgan. Bu esa, o’z navbatida, ushbu registrlar ichidagi axborotga jismonan tez kirib borilishini ta’minlaydi. RSEG registrlari ichida, odatda, MzP tomonidan tez- tez ishlatib turiladigan hisoblarning oraliq natijalari saqlanadi. RSEG sohasi DSEGning ma’lumotlar makonidan to’liq ajratilgan bo’lishi yoki u bilan qisman kesishib o’tishi yoxud uning tarkibiy qismi sifatida kiritilgan bo’lishi mumkin. RSEGning ichki mantiqiy tuzilishi turlicha bo’lib, mikroprotsessorlarning arxitekturasini tasniflashda muhim o’rin egallaydi. Mikroprotsessor registrlari funktsional jihatdan bir xil bo’lmaydi, xususan: ularning bir turi ma’lumotlarni yoki manzilga oid axborotni saqlash uchun xizmat qilsa, boshqa turi – MzP ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunga muvofiq barcha registrlarni ma’lumotlar registrlari, ko’rsatkichlar va maxsus vazifalar bajaruvchi registrlarga farq qilish mumkin. Ma’lumotlar registrlari operandlar manbalari va natija qabul qilgichlar sifatida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarda ishtirok etadi, manzil registrlari yoki ko’rsatkichlar esa asosiy xotira qurilmasidagi ma’lumotlar va komandalarning manzillarini hisoblab chiqarishda qo’llaniladi. Maxsus registrlar MzPning joriy holatiga indeks berish va tarkibiy qismlarining ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunday arxitektura ham bo’lishi joizki, ayni bir registrlar ma’lumotlarni ham, manzillarga oid axborotni ham saqlash uchun qo’llaniladi. Bunday registrlar umummaqsadli registrlar (UMR) deb ataladi. Registrlarning u yoki bu turidan foydalanish usullari MP arxitekturasining muayyan xususiyatlarini belgilab beradi. Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling