Xotirani diagnostika qilish metodlari mundarija


Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari


Download 47.05 Kb.
bet10/11
Sana25.04.2023
Hajmi47.05 Kb.
#1397510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xotirani rivojlantirish Reja Xotirani rivojlantirish usullari

Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli tabiiy seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu odam uchun ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar); alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘langanlari; faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning ahamiyatliligi va mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash; so‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish; materialning mazmundorligi va hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi; materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning ma’lum sharoitlarda eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda qo‘llash imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish, masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi.
Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta bo‘g‘inli qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar oson esda qoladi, o‘rtadagilari esa unchalik esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V. Zeygarnik samarasi – tekshiriluvchilarga vazifalarni bajarish taklif etilib, ularga bir xillarini oxirigacha echishga imkon berilsa, boshqalari yakuniga etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar tugallanmagan vazifalarni to‘liq echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq eslay oladilar.[2]
XULOSA
Xotira faoliyat maqsadiga bog‘liqligiga ko‘raixtiyorsizvaixtiyoriy xotiralarga bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. Shunday maqsad ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z yuritiladi.
Axborot saqlashning vaqt bo‘yicha belgilanganligiga bog‘liq ravishda xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo‘lish mumkin. Chegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira qisqa muddatli xotira deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlarning faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan chegaralangan.[1] Anglanish darajasiga ko‘ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo‘linadi. Mantiqiy xotira – yod olinishi zarur bo‘lgan materialdagi mantiqiy aloqalarni o‘rnatish va tushunishga asoslangan xotira turi. Tafakkur va xotiraning aloqasi psixologiyada mavjud bo‘lgan tushunarli bo‘lgan narsa oson eslab qolinadi, degan aqidada qayd etiladi. Mexanik xotirao‘rganish va hayotiy tajriba orttirish qobiliyati shaklida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan xotira turlari alohida o‘zlari mavjud bo‘la olmaydi. Fikr va tushuncha xotirasi so‘z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy vaziyatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo‘ladi

.


Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling