Xotirani rivojlantirish metodikalar reja
Download 93 Kb.
|
XOTIRANI RIVOJLANTIRISH METODIKALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixi, norma va evolyutsiyasi.
XOTIRANI RIVOJLANTIRISH METODIKALAR REJA: 1.1.Progressirlovchi amneziya 1.2.Intellekt rivojlanishining orqada qolishi yoki ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik 1.3.Amneziya haqida tushuncha Ta’rifi. Xotira – informatsiyalarni eslab qolish va to’plash (fiksatsiya), ushlab qolish (retentsiya) va qayta tiklash jarayoni. Dismneziyalar ajratiladi: gipermneziya, gipomneziya, amneziya, siqib chiqarish ko’rinishi; va paramneziya: konfabulyatsiyalar, psevdoreministsentsiyalar, kriptomneziyalar, exomneziyalar, palimpsestlar. Diqqat – ob’ektga va faoliyatga yo’nalganlik va to’planganlik darajasi. Diqqat patologiyasiga turg’un emasligi, sekinlashgan o’zgarish, kontsentratsiyaning etarli emasligi, diqqatning defitsiti kiradi. Tarixi, norma va evolyutsiyasi. Xotira faoliyatining jarayoni o’rganish va qayta o’rganish xususiyatlari bilan bog’liq. U yangi informatsiyalarni qabul qilish, ularni yig’ish, saqlab qolish va yangilashdan iborat. Xotiraning bu xususiyatlari butun tirik va tirik bo’lmagan tabiat uchun xarakterlidir. Xotira buyum olamida madaniyatda informatsiya tashuvchilarda, jumladan kitob va kompyuterda akkumulirlangan. Xotiraning o’lchov birligi bo’lib, bir bit (8 bit = 1 bayt) qabul qilingan, u 2 turdagi informatsiyani qabul qilishi mumkin: “xa” (1) va “yo’q” (0). XXI asrning boshlaridagi shaxsiy kompyuterlar 20 Gbayt ga teng informatsiyani qabul qiladilar. Xotiraning biologik ma’nosi bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo’linadi. Uzoq muddatli xotira DNK strukturasida qayd etiladi, qisqa muddatli esa – RNK strukturasida. Xotiraning miyaviy tashkiloti Papets aylanasi bilan bog’liq. Papets aylanasiga retikulyar formatsiya, mindalin va septuma qobiq, gippokamp, gipotalamus va talamus orasidagi qayta aloqa kiradi. Taalluqli ravishda, diqqat-e’tiborning buzilishi asosan retikulyar formatsiya bilan, xotiraning buzilishi – qobiq, gippokamp bilan bog’liq. Morfologik substrat sifatidagi neyronal “iz” akson-aksonli aloqa bilan taqdim etilgan, shu jumladan neyron tanalari orasidagi bog’liqlik bilan, ularning soni o’rganish natijasida olib boradi. Neyromorfologik va neyrofunktsional ko’rinishning izni engramma deyiladi, u bir lahzada aks ettirishning (imprintinga) ekstremal natijasida hosil bo’lishi mumkin. Bu ko’rinish K.Lorenz tomonidan birinchi bo’lib ochilgan, uning ta’kidlashicha, endigina tug’ilgan g’oz bolasi birinchi ko’ringan obrazni ota-onasidek qabul qiladi. Sut emizuvchilarda esa bolani qadrdondek tez qabul qilish oksitotsinga xos bo’lib, u tug’ishning oxirgi bosqichida matkaning qisilishi natijasida ishlab chiqiladi. Senson xotira ajratiladi, u vizual taktil, olfaktor va audial obrazlarni eslab qolish bilan bog’liq. Qisqa muddatli xotira uzoq muddatliga translyatsiya qilinadi, unga qaytarish jarayonlari, eslab qolishning emotsional e’tibori, shu jumladan boshqa ko’rinishlar orasidagi eslab qolingan pozitsiyalar yordam beradi. Transfer singari bunday psixologik fenomen tiklanishga yordam beradi, uning maqsadi shundaki, analogik ko’rinish yoki o’tgan davrdagi voqeani tiklashni assotsirlaydi. Bu shuni bildiradiki, bunda bolalikdagi o’qitish formasining turli xildaligi etuk va qarilik davrida tiklanayotgan informatsiyaning yanada erkin bo’lishiga yordam beradi. Biologiyada ham huddi shunday hotira turlari ajratiladi, u evolyutsiya vaqtida alohida genokomplekslarning uzatilishi asosida amalga oshiriladi, shu jumladan genokultur xotira, memamlar bilan belgilangan – yagona aloqa orasidagi genetik tizm va ularning madaniy birligi natijasidadir. O’ziga xos eydetik xotira mavjud, ular hayoliy avvalgi obrazlarni to’la-to’kis tiklanish imkonini beradi. Ongsiz xotira berkingan informatsiyani o’zida tutadi, u qarshilik engib o’tilgandan ong kengayganidan va psixologik himoya boshqa formalari blokirlangandan so’ng tiklanadi. Diqqat-e’tibor qiziqishga diqq-e’tibor va temperament ko’nikmalariga bog’liqdir. U chidamlik, diqqat-e’tiborning jalb etilganligi, o’zgaruvchanligi va hajmiga ega. Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling