Xotirani rivojlantirish metodikalar reja


Intellekt rivojlanishining orqada qolishi yoki ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik


Download 93 Kb.
bet6/8
Sana27.03.2023
Hajmi93 Kb.
#1300406
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XOTIRANI RIVOJLANTIRISH METODIKALAR

1.2.Intellekt rivojlanishining orqada qolishi yoki ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik
Intellekt rivojlanishining orqada qolishi yoki ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik muhitning spetsifik sharoiti bilan o’zaro bog’langandir, masalan, psixik kasal ota-onalarning farzandini tarbiyalash, izolyatsiya, normal ta’limdan mahrum bo’lish, masalan, iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida. Biroq aqli zaiflik va dementsiyadan farqli rivishda, tutib turilganda to’g’ri ta’lim natijasida intellekt “planka”ni tez yig’ib olish, shu jumladan real hayotga adaptatsiyaga yaxshi xususiyatlar qayd etiladi.
Shizofreniyada funktsional aqli zaiflik qayd etiladi. (Emotsional iroda defekti), u quyidagilarda ifodalanadi: faoliyatsizlik va yangi bilimlarni chetlab o’tishga qaramay, sovuqlik va hayol qochganlik, Bemorlar fantaziya va og’riqli kechinmalarni produtsirlash xususiyatiga egadirlar.

Xotira buzilishi sabablari ko‘p. Ular o‘tkazilgan bosh miya jarohatlari, spirtli ichimliklarni suistyemol qilish, ateroskleroz, tez-tez kuzatiladigan stress holatlari va h.k.
Ko‘p odamlar qisqa muddatli xotira buzilishidan aziyat chekadi. Masalan, kimdir kecha nima ovqat yegani, kim bilan uchrashgani yoki ishxonadan qanday topshiriq olganini eslay olmaydi. Ba’zilar kimga necha pul bergani, qayerga borish kerakligi, kimga nima va’da qilganini unutib qo‘yadi.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Biroq ushbu odamlardan bolalik davrida nima ishlar qilgani, qaysi ustozidan qanday maqtov eshitgani yoki dashnom olgani, opasi yoki akasi bilan qaysi masala ustida tortishganini yaxshi eslashadi. Demak, bir necha yillar oldin bo‘lib o‘tgan voqealar yaxshi eslab qolinsa-da, kechagi kundagi voqealar unutilishi ko‘p odamda uchraydi.
Tushdagi voqealarni eslab qola olmaslik ham xotira buzilishining bir turi bo‘lib, uning insonga ziyoni yo‘q. Yana shuni esda tutish lozimki, inson miyasi aslida zarur bo‘lmagan va ish faoliyatida ishlatilmagan ma’lumotlarni ham “xotira zahirasi” dan o‘chirib tashlaydi. Miya shu yo‘l bilan go‘yoki yangi ma’lumotlarga yo‘l ochadi.
Xotira buzilishlarini davolash va oldini olish uchun ko‘p asabiylashmaslik, zarur bo‘lmagan ma’lumotlar bilan miyani charchatmaslik, to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar ichmaslik, aqliy va jismoniy mehnat mutanosibligini saqlash muhim ahamiyatga ega. Agar xotira buzilishlari uzoqroq davom etsa nevropatologlar yoki neyropsixologga murojaat qilib davolanish tavsiya etiladi.
Xotira va fikrlashdagi o'zgarishlar qarishning tabiiy qismidir. Ammo yoshidan qat'i nazar, xotiraning sezilarli darajada tanazzulga uchrashi va yangi xotiralarni shakllantirish qobiliyati yo'qolganda, amneziya nima ekanligini bilish zarur.
Xotira shunchaki ma'lumotlar to'plami emas, balki insonning hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta'sir ko'rsatadigan murakkab funksiya. Xotiralar shaxsiyatni shakllantiradi, shuning uchun xotira buzilishi holatida (ameziya) nafaqat tashqi dunyo bilan o'zaro aloqada bo'lish qobiliyati, balki shaxsning aqliy muvozanati ham zarar ko'radi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling