Xozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fanining metodologik muammolari va metodlari
Download 52.49 Kb.
|
2 маъруза Хозирги замон ижтимоий психология фанининг мтодологик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Proyektiv metodlar
Ijtimoiy psixoiogik eksperiment –bu ijtimoiy hodisalarni o`rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o`rtasidagi maqsadga yo`naltirilgan muloqotdir. Bunday muloqotning yuzaga kelishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to`playdi. Umumiy psixologiyada bo`lgani singari, Ijtimoiy psixologiuada ham quyidagi turlari mavjud:
Ijtimoiy-psixologik eksperiment bunda tadqiqotni maxsus sharoit yaratadi va yana shu sharoitda aniq reja asosida ma’lumotlar to’playdi. Umumiy psixologiyada ham uning tabiiy va laboratoriya turlari farqlanadi. Laboratoriya eksperimenta odatda maxsus sharoitlarda alohida xonalarda, zarur asbob uskunalar yordamida o’tkaziladi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarni eksperimentni o’tkazisheksperimentatordan uni o’tkazish texnikasiga yuqori darajada ega bo’lish, uni to’g’ri rejalashtira olishni umumiy taxmini tuza olishni reprezentatish tekshiruvchilarni tanlay bilishni talab qiladi. Proyektiv metodlar. Ular test usullarining bir ko`rinishi hisoblanib ularda tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko`rinishga ega bo`lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirigi beriladi. Binobarin tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo`lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko`rinishi mavjud emas buyumlar, yog`ochlar berilishi yoki ularga qarab tekshiriluvchi o`zining hissiy kechinmalar qizikishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi. Lekin hozirgi davrda hayot fanidan tatbiqiy xususiyatga ega bo`lishini talab qilayotganligi tufayli bu qatorga bir turkum metodlarini kiritish lozimki, ular ijtimoiy psixologiyadagi faol tayyorgarlik metodlari deb ataladi. Ularga ijtimoiy psixologik treningning barcha shakllari kiritiladi. Ular o`z mohiyatiga ko`ra, shaxs va guruhning ma’lum sifatlarini shakllantiruvchi eksperimentni eslatadi. Lekin ularning faol metodlari toifasiga kiritilishiga asosiy sabab- bu usullar yordamida qisqa fursatda bevosita muloqot sharoitida kutilayotgan samaraga erishilishidir. Ya’ni tahlil qilib chiqilgan metodlardn farqli o`laroq, faol ijtimoiy psixologik metodlar shaxsda yoki guruhda shakllangan xususiyatlarni qayd qilish emas, balki tarkib toptirish lozim xislatlarni amaliyotchi psixolog yoki ijtimoiy xodimning faol aralashuvi orqali hosil qilishga qaratilgandir. Proektiv usullarga mashhur "Rorshaxning siyoh dog`lari" testini kiritish mumkin (1921 y). Bu dog`lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog`lardan iborat bo`lib, har bir dog` har xil bo`yoqli fonda ko`rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir "dog"ning nimani eslatayotganligini aytish so`raladi. Uning og`zidan chiqqan so`zlar, assotsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib), shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi. Y ana bir proektiv usul - bu S. Rozensveygning rasmli assotsisiyalar usulidir. Bunda hayotga tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo`sh kataklarda berilishi mumkin bo`lgan javobni yozishni so`raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yunalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya-jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o`xshash muhim faktlar to`planadi. "Tugatilmagan hikoyalar" ham guruhdagi va yakka shaxslarning qarashlari, ulardagi psixologik yo`nalishlarni o`rganishda ancha qo`l keladigan usuldir. Ularda shaxsning o`ziga, atrofdagilarga, jamoaga munosabatlari aniqlanadi. "Mening hayotiy intilishlarim...", "Mening kayfiyatimning buzilishiga sabab, odatda...." va shunga o`xshash iboralarning davomi yezilib, tugatilishi taklif etiladi. Download 52.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling