Xristian cherkovlarining qudrati


Fransiyadagi diniy urushlar


Download 36 Kb.
bet5/7
Sana23.10.2023
Hajmi36 Kb.
#1717891
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-7 esse

Fransiyadagi diniy urushlar


1572-yilda Rim papasi Grigoriy XIII tantana bilan bayram uyushtirdi va Fransiya qiroliga tabriklar yo‘lladi. Chunki u Varfolomey tunida sodir etilgan gugenotlar qirg‘inidan juda xursand edi. “Bu qonli qirg‘in turklar ustidan qozonilgan ellikta g‘alabadan yaxshiroqdir” degandi o‘shanda Papa. “Daryo” Varfolomey kechasining tarixi va kelib chiqish sabablari haqida hikoya qiladi. 

Gugenotlar


Gugenotlar (nemis tilidan: Eidgenossen “hamrohlar”) – fransuz protestantlaridir. Katoliklar 1572-yilning Avliyo Varfolomey kechasida aynan ularning qatag‘onini amalga oshirgan. Fransiyada katoliklar va gugenotlar o‘rtasidagi urushlar uzoq yillar davom etgan, 1559-yildan gugenotlarning ta’limoti bo‘lgan Kalvinizm mamlakatning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismida keng tarqala boshlagan.
Kalvinistik ta’limot (kim jannatga kim do‘zaxga tushishini faqat Xudo hal qiladi, odam buni hech qanday tarzda o‘zgartira olmaydi) kalvinistlarni oxirat javobgarligidan ozod qildi va ularni do‘zax va jannatga tushish borasidagi doimiy tashvishlardan xalos qildi. Bundan tashqari, kalvinistlar cherkovga ushr to‘lashdan bosh tortdi. Natijada gugenotlar va zodagon gugenotlar soni tez suratlarda o‘sib bordi. Hatto 1534-yilda qirol Fransisk I o‘z xonalari eshiklarida katoliklikni masxara qiladigan varaqalarni uchrata boshladi. Shu paytdan boshlab gugenotlarni quvg‘in qilish boshlandi. Ko‘p o‘tmay qirol gugenotlarga o‘lim bilan tahdid qildi.

Sulolalar urushi


Kalvinistlar, avvalo, vijdon erkinligi uchun kurashgandi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu kurashlar asosan siyosiy klanlarning toj uchun kurashiga aylanib ketdi – bir tomondan, burbonlar (protestantlar), ikkinchi tomondan - valua va gizlar (katoliklar). Burbonlar valualardan keyin taxtga birinchi bo‘lib kelishlari kerak edi va bu ularning urushga tayyorgarligini kuchaytirdi. Ular o‘rtasida 1570-yilda bo‘lib o‘tgan urushdan keyin tinchlik sulhi o‘rnatilgandi. 1572-yil 23–24-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Avliyo Varfolomey tuni arafasida vaziyat shunday edi.
Gugenotlar birorta ham yirik jangda g‘alaba qozona olmagan bo‘lsalar ham, qirol urushni davom ettira olmadi: bu juda qimmat edi. U gugenotlarga katta imtiyozlar berishga majbur bo‘ldi. Gugenotlar Parijdan tashqari hamma joyda ibodat qilishlari mumkin edi va ularga davlat lavozimlarini egallashga ham ruxsat berilgandi. Gugenotlarga to‘rtta qal’a berildi. Bundan tashqari, ularning rahbari admiral de Kolini qirollik kengashiga kirdi va qirolga kuchli ta’sir o‘tkaza boshladi.
Qirolicha Yekaterina Medichi ham (qirolning onasi), gizlar ham bundan qattiq tashvishda edi. Tinchlikni mustahkamlash uchun Yekaterina o‘z qizi Margaritani, navaralik taniqli gugenot Genrix IV ga turmushga berishga qaror qildi. To‘yga guguenotlardan ham juda ko‘p mehmonlar keldi. Ammo oradan to‘rt kun o‘tgach, gersog Genrix de Gizning buyrug‘iga binoan admiral Kolinining hayotiga suiqasd uyushtirildi. De Gizbu ishi bilan 9 yil oldin admiralning buyrug‘iga binoan o‘ldirilgan Fransua de Giz uchun qasos olgandi.
Bundan tashqari, u malika Margarita unga berilmaganidan ham g‘azabda edi. Ammo qotilning qurolidan uzilgan o‘q Kolinini yarador qila oldi xolos. Protestantlar aybdorlarni jazolashni talab qila boshladi. Yig‘ilgan qirol kengashi Gugenotlar qasos olishga ulgurmaslaridan ularga oldindan zarba berib, darhol ularining barchasini yo‘q qilish haqida qirolga maslahat berdi.
1572-yilga kelib, oliy hokimiyat gugenotlardan nafratlanardi – hukmron Valua sulolasi o‘zlarining xavfsizligidan bezovtalanardi. Ushbu diniy urushlar tarixida gugenotlar ikki marotaba Valua sulolasidan chiqqan qiroli Karl IX va ona qirolicha Yekaterina Medichini o‘g‘irlashga harakat qilgan. Shuningdek, qirolga yaqin odamlar ichidagi yetakchi rolni ashaddiy katolik bo‘lgan Giz knyazlari o‘ynashlari muhim edi.

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling