Xristian cherkovlarining qudrati


XVII ars 1 yarimida fransiya


Download 36 Kb.
bet6/7
Sana23.10.2023
Hajmi36 Kb.
#1717891
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-7 esse

XVII ars 1 yarimida fransiya
XVII asrning ikkinchi yarmida parlamentlar burjuaziyadan ancha uzoqlashib, hukmron dvoryan doiralari bilan mahkam bog'langan bo'lsalar-da, parlamentlarning hukumat tomonidan o'tkazilayotgan u yoki bu tadbirlarga qarshi qaratilgan oppozitsiyasi absolyutizm siyosiy rejimidan burjuaziya ichidagi ayrim tabaqalar noroziligining namoyon bo'lishida hali ham jarchilik xizmatini o'tayotgan edi. Lyudovik XV hukmronligining oxirgi yillarida shu zaminda katta voqealar ro'y berdi, bu voqealar mamlakatda inqilobiy inqiroz yetilib kelayotganligini ko'rsatadigan alomat edi.
Parlament oppozitsiyasini bartaraf qilish maqsadida, saroy 1761-yilda Parij Parlamentini yo'qotishga harakat qilib ko'rdi, lekin oradan ko'p vaqt o'tmay, juda katta ijtimoiy g'alayonlar bo’lishidan qo'rqib, bu reformani bekor qilishga majbur bo'ldi. 1766-yilda Lyudovik XV Parij parlamentiga kelib, dahshatli bir nutq so'zladi: «Parlamentlar surbetlik bilan nojo’ya harakat qilib, o'zlarini millat organi deb ko'rsatmoqdalar ... Ular millatni alohida, monarxga tobe bo'lmagan, mustaqil, allaqanday alohida bir asos deb bilmoqchi bo'ladilar, holbuki, millatning manfaatlari va huquqlari - hamma narsa mana bunda, mening qo'limdadir». Kansler Mopu 1771-yilda parlament oppozitsiyasini bir urib yo'qotishga ahd qildi: Parij parlamenti a'zolarining ko'pchiligi qamoqqa olinib, badarg'a qilindi: Parij va Ruan parlamentlari o'rniga oddiy sud kameralari tashkil etilib, ularning a'zolari qirol tomonidan tayinlanadigan bo'ldi, boshqa viloyatlardagi parlamentlar qayta qurildi. Biroq, Mopu reformalari shu qadar ko'p qahr g'azab va mazaxga sabab bo'ldi-ki, 1774-yilda Lyudovik XVI taxtga o'tirayotgan vaqtda beobro' kanslerni ishdan olishga, parlamentlarni esa eski asoslarda tiklashga qaror qilindi. Lyudovik XVI hukmronligining dastlabki yillarida islohotlar qilindi. Bu islohotlar tezda bekor qilinmaganida kapitalizmning taraqqiy etishiga anchagina yordam bergan bo'lar edi. 1774-yilda moliya bosh nazoratchisi lavozimiga yirik davlat arbobi, va mashhur iqtisodchi - nazariyotchi, fiziokrat «Gurne madhiyalari» (1759), « g'alla savdosi erkinligi haqida maktublar» (1770) va boshqa ko'pgina asarlarning avtori Tyurgo chaqirilgan edi .[26] 1774-yildayoq Tyurgo g'alla savdosidagi cheklashlarni bekor qilgan edi: 1775-yilda shaharga keltiriladigan oziq-ovqat mollaridan olinadigan boj kamaytirildi va shu yilning o'zida bu soliqlar birinchi marta imtiyozli toifalardan ham olinadigan bo'ldi; bundan tashqari, 1775-yilda imtiyozli toifalardan, yo'l puli ham olinadigan bo`ldi, dehqonlarning natural majburiyati, yo'l barshchinasi tugatildi. 1776-yil erkin vino savdosi joriy qilindi, bu tadbir vinochi senorlarning eng muhim banralitet huquqlarini bekor qilgan edi; Shu bilan bir qatorda 1776-yilning boshlarida sex korporatsiyalar va gildiyalari ham tugatildi. Bu islohotlarning hammasi Tyurgo tuzib chiqqan juda keng davlat o'zgartirishlari programmasining dastlabki tadbirlari edi, xolos. Tyurgo islohot qilishiga kirishar ekan, qirolga: «Men o'zimni qirol qo'liga emas, balki sofdil kishi qo'liga topshiraman» - degan edi, «ham to'g'ri qilasiz» - deb javob qaytargandi «Sofdil kishi», ammo, u ikki yil o'tar-o'tmas islohotchi ministrni haydab yubordi. Antuanetta boshliq reaksion saroy a`yonlari Tyurgoning hamma islohotlari bekor qilindi.
1777-yilning iyun oyida moliya bosh nazoratchisi mahkamasining haqiqiy rahbari Nekker bo'lib qoldi. Nekker Shvetsariyalik yirik bankir edi, uning hamma rasmiy jihatdan Fransiyada oliy davlat lavozimini egallashga haqqi ham yo'q edi. Nekker islohotlari Tyurgo boshlagan davlat miqyosidagi o'zgartirishlarining karikaturasi bo'lib, bir-biriga zid yarim-yorti choralardan iborat edi. Nekker monarxiyani asosan ikki yo'l bilan : «tejamlik»va ichki zayomlar chiqarish yo`li bilan sinishdan saqlab qolmoqchi edi. Ammo «tejamlik» isrofgar qirolicha bilan saroydagi barcha tekinxo'rlarning qattiq noroziligiga sabab bo'ldi.
Nekker fransuz absolyutizmi tarixida birinchi marta moliya boshqarmasi to'g'risida qisman hisobot e'lon qilib, o'zining qulashini (1781) tezlashtirdi . [27] Hatto Nekkerning to'la bo'lmagan va soxtalashtirilgan shu hisoboti ham davlat xarajatlarida mutlaqo kontrol bo'lmasligidan manfaatdor saroy tekinxo'rlarini g'azabga keltirdi.



Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling