Xristianlik oqimlari


Katolik – yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi «umumjahon», «umumiy», «asosiy»


Download 448.35 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi448.35 Kb.
#1239027
1   2   3
Bog'liq
Xristianlikdagi оqimlar

Katolik – yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi «umumjahon», «umumiy», «asosiy»
demakdir.
Katolik cherkovi qat’iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Uning yagona jahon markazi – Vatikan davlatida joylashgan. Mazkur cherkovning bosh
ruhoniysi, yepiskopi, birdan bir boshlig‘i – Rim papasi sanaladi.
Rim papasiga Isoning yerdagi noibi, u din va axloq masalalarida mutloq gunohsiz,
uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan ham yuqori turadi deb qaraladi.
Katoliylik, xristian dinining asosiy aqida va marosimlarini e’tirof etadi. Jannat va
do‘zox bilan birga oxirzamonda hisob-kitob mashxar kunini bor deb hisoblaydi.
Muqaddas Ruh faqat Ota-Xudodan emas, balki O‘g‘il-Xudodan ham kelib chiqqan
deb qaraydi. Ruhoniylarga uylanish – nikohni ta’qiqlaydi. Injilni faqat ruhoniylar
sharhlashi mumkin deb hisoblaydi. Ruhoniylar odamlar bilan xudo o‘rtasida
vositachi deb qaraladi.
Katoliylik marosimiga ko‘ra chaqaloqni cho‘qintirayotganda suvga botirib olmaydilar, balki uning ustidan suv quyadilar. Cho‘qintirilgandan so‘ng suritiladigan xushbo‘y moy go‘daklikda emas, keyinchalik balog‘at yoshida suritilishi tayin etilgan. Diniy ibodat asosan lotin tilida olib borilishi, bu oqimga xos xususiyat sanaladi.
Provaslavie – ma’nosi chin e’tiqod demakdir. Provaslavie – oqimining katoliylikdan farqlaridan biri shuki, bu oqimda yagona diniy markaz, cherkovlarning yagona rahbari yo‘qligidir. Xozirgi vaqtda pravoslavieda 15 ta avtokafel (mustaqil) cherkov mavjud. Bular – Konstantinopol, Aleksandriya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Alban, Polyak, Chexiya, Amerika va boshqa cherkovlardir.
Pravoslavie – olamning yaratuvchisi va boshqaruvchisi muqaddas uchlikdan iborat Xudo ekanligi, narigi dunyo, ajr to‘g‘risidagi, dastlabki gunoh tufayli azob uqubatlarga duchor qilingan insoniyat najot topishga imkon beruvchi Iso
Masihning xaloskorlik faoliyati (missiyasi) haqidagi aqidalarni tan oladi. Bu oqimda 7 sirli marosim asosiy o‘rinni egallaydi. Bular cho‘qintirish, non va vino tortish, ruhoniylik unvonini berish, tavba-tazarru, miro surtish, muqaddas zaytun moyi surtish, nikoh marosimlaridir
Provaslaviening katoliylikdan farqlari shundaki, muqaddas ruh faqat Ota –Xudodan kelib chiqqanligi, cherkov boshliqlari emas, balki cherkovning o‘zi gunohsizligi va aqidalarning o‘zgarmasligi e’tirof etiladi. Ruhoniylarning uylanishlari va nikohdan o‘tishlari majburiy qilib belgilangan. Provaslavieda bayramlar nihoyatda ko‘p bo‘lib, ular – ulug‘, o‘rta va kichik bayramlarga bo‘linadi. Jumladan, Pasxa bayrami Xochga tortilgan Isoning mo‘jizaviy qayta tirilishi xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, bahorgi tengkunliklarda nishonlanadi. Rajdestvo Xristovo – Iso Masixning tug‘ilish bayrami, katoliylikda har yili 25 dekabrda, Pravoslavieda 7-yanvarda nishonlanadi va boshqalar.
Xristianlikdagi uchinchi oqim – Protestanizm bo‘lib, norozilik bildruvchi, kelishmaslik degan ma’noni bildiradi
1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuteranchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ammo, 1529 yilda 2 –Shpeyer reyxetagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi Germaniyaning bir qancha shaharlari va 5 knyazi norozilik – protest bildirdi. «Protestanizm» atamasi shu so‘zdan kelib chiqqan. Uning cherkovi esa protestanizm cherkovi deb yuritiladi.
Protestanizm ham xudoning borligini, uning uch qiyofada namoyon bo‘liishini, jonning o‘lmasligi, jannat va do‘zoh haqidagi umumxristian ta’limotini e’tirof etadi. Shu bilan birga protestanizm 3 ta yangi qoidani joriy etdi:
1. Shaxsiy e’tiqod bilan najot topish mumkinligi;
2. Dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligi;
3. Injilning oliy nufuzi.
Protestanizmdagi asosiy oqimlarga – babtizm, staroverlar, duxoborlar, molokonlar, mormonlar, adventistlar, Iegova shoxidlari va boshqalar kiradi.

Download 448.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling